Adabiyot kunlari”ni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar


III. Tanlovni baholash mezoni va shartlari


Download 46.63 Kb.
bet6/6
Sana20.10.2023
Hajmi46.63 Kb.
#1711426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Китобхонлар байрами 7 та тадбир

III. Tanlovni baholash mezoni va shartlari

3.1. Tanlov ishtirokchilari hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.


3.2. Tanlov ishtirokchilari o’zi o’qigan kitob va mualliflari nomlari ko’rsatilgan ota-onasi (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxs) tomonidan tasdiqlangan ro’yxatini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.
3.3. Tanlov shartlari va baholash mezonlari.
A) Tanishtirish.
Bu shartga 3 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi o’zi, ta’lim-tarbiya olayotgan maktabi va maktab kutubxonasi haqida ma’lumot beradi. Ushbu shartga 15 ballgacha baho qo’yiladi.
V) O’zbek adabiyoti bilimdoni.
Bu shartga 5 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi hakamlar tomonidan berilgan biletda ko’rsatilgan o’zbek yozuvchisi yoki shoirining hayoti va asarlari haqida ma’lumot beradi. Ushbu shartga 30 ballgacha baho qo’yiladi.
S) Kitobxon savodxonligi.
Bu shartga 10 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi hakamlar tomonidan kitobxon o’qigan asarlar ro’yxatidan saylanma tarzda tanlangan asar haqida ma’lumot beradi. Asarda ilgari surilgan g’oyaning dolzarbligi, mazmun-mohiyati va o’quvchi-yoshlarning tarbiyasidagi o’rni haqida gapirib beradi. Ushbu shartga 40 ballgacha baho qo’yiladi.
D) Kitobxonlikni targ’ib qilish.
Bu shartga 5 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi bolalarga kitobning afzalliklarini, kitobxonlikni targ’ib qiluvchi fikrlarini aytadi. Bolalarning qalbida kitobga nisbatan mehr va muhabbat uyg’otish darajasida kitobxonlikni targ’ib qilishga harakat qiladi. Ushbu shartga 15 ballgacha baho qo’yiladi.


IV. G’oliblarni taqdirlash

Tanlov shartlari bo’yicha yuqori ball to’plagan 3 nafar o’quvchi (ballariga mos ravishda 1-2-3-o’rin) g’olib deb e’lon qilinadi. G’olib o’quvchilar va ularning o’qituvchilari tashkilotchilarning “Faxriy yorliq”lari hamda homiylarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.


G’olib o’quvchilar va ularning sinf rahbarlari, o’qituvchilari taqdirlash marosimidan tashqari ertalabki saflanishda ham maktab jamoasi oldida yana bir bor e’lon qilinadi.
Download 46.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling