Adabiyot kunlari”ni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar


Download 46.63 Kb.
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi46.63 Kb.
#1711426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Китобхонлар байрами 7 та тадбир

TAVSIYaLAR

“Bir farzandga - uch kitob” aktsiyasi maktablarda ota-onalar o’rtasida o’quvchilarning yoshi va o’quv dasturlarini inobatga olgan holda ularni badiiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligini hamda har bir oilada oilaviy kutubxona bo’lishini, bolalarning ayniqsa ta’til kunlarida ko’proq badiiy kitob o’qishlarini ota-onalar oilada nazorat qilishlari zarurligini targ’ib qilish, bu borada tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida tashkil etiladi.


Ta’lim muassasalarida “Bir farzandga - uch kitob” aktsiyasi maktabda “Kitoblar bayrami” tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan Tashkiliy guruh tomonidan har yili 10 martdan – 10 aprelga qadar bo’lgan muddatda bir kun davomida o’tkaziladi.
Aktsiya o’tkaziladigan aniq kun Tashkiliy guruh tomonidan belgilanadi.
Aktsiyani o’tkazish belgilangan kun, uning maqsad, vazifalari ertalabki saflanishda barcha o’quvchi va o’qituvchilarga yetkaziladi.
Aktsiya kuni barcha sinflarda (yoki umumiy) ota-onalar yig’ilishlari o’tkazilib, barcha ota-onalarga (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga) “Bir farzandga - uch kitob” aktsiyasi, uning maqsadi, kitobxonlikning bilim olishdagi, bolalar dunyoqarashining kengayishidagi, barkamol shaxs bo’lib yetishishdagi roli va ahamiyati, shuningdek, o’quvchilarning yoshi va o’quv dasturlarini inobatga olgan holda ularni badiiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi hamda har bir oilada oilaviy kutubxona bo’lishi, bolalarning ayniqsa ta’til kunlarida ko’proq badiiy kitob o’qishlarini ota-onalar oilada nazorat qilishlari zarurligi haqida qiziqarli misollar keltirgan holda tushuntirish ishlari olib boriladi.
Ushbu yig’ilishlarga yozuvchi-shoirlarni, el ardog’idagi hurmatli kishilarni, mahalla faollarini taklif etish, ular ishtirokida davra suhbatlari uyushtirish aktsiyaning mazmunli o’tishiga xizmat qiladi.
Ota-onalar yig’ilishlarida sinf rahbarlari, adabiyot fani o’qituvchisi va kutubxonachi hamkorligida, o’quvchilarning yoshi va ular o’qiyotgan sinfning o’quv dasturlari inobatga olingan holda tayyorlangan badiiy, ilmiy-ommabop, entsiklopedik yo’nalishlardagi adabiyotlar ro’yxati, shuningdek, foydali internet saytlari (www.ziyonet.uz, www.uzedu.uz, www.kitob.uz, www.odob.uz va boshqa ma’rifiy saytlar) haqidagi ma’lumotlar ota-onalarga tarqatiladi va o’quvchi-farzandlariga ro’yxatdagi kitoblardan kamida 3 tasini olib berish tavsiya etiladi.
Ro’yxat bilan birga kitobxonlikning o’quvchi-yoshlar tarbiyasidagi o’rni haqidagi ma’lumotlar yoki allomalarning kitoblar haqida aytgan so’zlarining (“Donolar bisotidan” mavzusi bilan) aktsiya ishtirokchilariga tarqatilishi ham samarali usullardan hisoblanadi.
Aktsiyada o’quvchilar va ota-onalarga qulaylik yaratish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxati asosida maktabda o’rnatilgan tartibda kitob do’konlari bilan hamkorlikda kitoblar savdosini ham tashkil etish mumkin.

“Kitobxonlar bayrami”ni o’tkazish


Nizomiga 5- ilova

Maktab – kutubxona – oila – jamoat tashkilotlari”



Download 46.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling