Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba


Download 50.16 Kb.
bet4/7
Sana20.09.2023
Hajmi50.16 Kb.
#1683017
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu. Adabiyot-manaviyatni yuksaltiruvchi manba

Badiiy tasvir vositalari



Badiiy tasvir vositalari adabiyotda she’riy san’atlar deb ham yuritiladi. Ulardan namunalar keltirib o’tamiz:
Tashbeh- adabiyotda keng qo’llaniladigan she’riy san’atlardan biri. Uni o’zbekcha qilib o’xshatish desa ham bo’ladi. Tashbehda narsa, belgi, harakat kabilar boshqasiga o’xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o’sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani o’xshatishdir. Masalan, “Yuzing go’zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga o’xshatilgan.
Irsoli masal- “maqol kiritish” ma’nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun xlq maqollaridan foydalanish san’atidir. Masalan,
Har kishikim birovga qozg’ay choh
Tushgay ul choh aro o’zi nogoh
Tanosub- baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatdan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so’zlarni qo’llash orqali hosil qilinadi.
Talmeh- arabcha so’z bo’lib, ma’nosi “chaqmoq chaqilishi” , “bir nazar tashlash” demakdir. Badiiy san’at sifatida utarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham ifodalashdir. Masalan,
Sulaymon saltanatlik podshosen
Masih anfoslik, Yusuf liqosen.
Tajohil-ul orif- bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib o’zi bilgan narsani yana boshqalardan so’rab turgandek bo’ladi. Atoyining:
Mengiz ravzayi rizvonmudur bu?
Og’iz g’unchai xandonmidur bu?
Iyhom- so’zining lug’aviy ma’nosi shubhaga solish, adashtirishdir.
Husni ta’lil- fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo’lmasdan, aksincha xayoliy , shoirona bo’ladi.
………

 3-mashq. Chustiyning «Тilingdan» she’ridan olingan parchani o‘qing va ularda ilgari surilgan g‘oyalar haqida fikrlashing. Badiiy tasvir vositalarini toping va izohlang.


Yozdi Navoiy maqtab qancha asar tilingdan,
Halvochi qildi halvo balkim shakar tilingdan.
O‘zbek qizi chamanda so‘zla, yoqimli so‘zla,
Bulbul saboqlar olsin, ming-ming sahar tilingdan.
Lutfiy, Atoiy, Mashrab, Munis, Muqimiy, Furqat,
Тopdi o‘z e’tiborin shu mo‘tabar tilingdan.
Shunday shirin tiling bor, ochsa labing daxanin,
Qilg‘ay asal xaridin jumla bashar tilingdan....

 4-mashq. She’rni ko‘chiring. Badiiy tasvir vositalarini aniqlang.

Тuzdiyu Mirzo Ulug‘bek Mirzo Bobur – sen fig‘oning
Ko‘ragoniy jadvalin, Soldi olam uzra o‘t,
Sirli osmon toqiga ilk – Shoh Mashrab qoni senda
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim. Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga She’riyatning gulshanida


Aks sado berdi jahon, So‘ldi mahzun, Nodira,
She’riyat mulkida bo‘ldi Siymtanni yuvdi ko‘z yosh
Shohu sulton, o‘zbegim. Ko‘mdi armon, o‘zbegim !

Ilmu she’rda shohu sulton, Yig‘ladi g‘urbatda Furqat,


Lek taqdiriga qul, Ham muqimlikda Muqim.
O‘z elida chekdi g‘urbat Nolishingda Hindu, Afg‘on
Zor-u nolon, o‘zbegim. Qildi afg‘on, o‘zbegim.



Download 50.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling