Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba


Download 50.16 Kb.
bet1/7
Sana20.09.2023
Hajmi50.16 Kb.
#1683017
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu. Adabiyot-manaviyatni yuksaltiruvchi manba





Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
(Badiiy uslub va uning xususiyatlari)




Reja:
1. “Badiiy adabiyot” matnini o’rganish, tahlil qilish
2. Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlarini o’rganish
3. Mavzu bo’yicha mashq topshiriqlar ustida ishlash

1- tоpshiriq. Matnni o’qing, badiiy adabiyotning o’rni va ahamiyati borasida savollarga og’zaki javob bering.


Badiiy adabiyot
Badiiy adabiyot obrazli tafakkur hodisasidir. Bu esa voqelik, ijtimoiy turmush, inson, uning qalbi, o’y-maqsadlari, ruhiyati haqida o’ziga xos tarzda badiiy vosita va usullar bilan fikrlash demakdir.
Badiiy adabiyot dastlab alohida kishilar tomonidan yaratilib, sayqallanib borgan xalq og’zaki ijodi namunalari sifatida paydo bo’lgan. Yozuv kashf etilganidan buyon esa yozma adabiyot shaklida taraqqiy etib keladi.
Badiiy adabiyotning bosh maqsadi inson va uning ruhiyatidagi izlanish, shakllanish, o’zgarish, qiynalish hamda ziddiyat, murakkabliklarni aks ettirib, odamni ezgulikka, insonparvarlikka chorlash, shularni qaror toptirish va mustahkamlashga qaratilgandir.
Tabiiyki, bu maqsad uni tayin etuvchi muayyan vazifalardan kelib chiqadi.
Adabiyotning vazifalari boy va rang-barang. Biroq o’zaro kuchli aloqada bo’lgan asosiy vazifasi tarbiyaviy, estetik, ma’rifiy yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Badiiy adabiyotga faqat biror-bir g’oyani ilgari suruvchi mafkuraviy qurol sifatida ham qaramaslik kerak. U umuminsoniy, milliy maqsaddan kelib chiqib muayyan g’oyani badiiy suratda ifodalaydi, albatta. Buni inkor etmaligimiz kerak. Masalan, o’zbek adabiyoti, shubhasiz, istiqlol g’oyasini badiiy yoritadi, mustaqillik mafkurasini mustahkamlaydi. Lekin badiiy adabiyot mafkura va g’oyalarga zo’rma-zo’raki mute emas. U milliy orzularni, oddiy insoniy umidlarni, sevinch iztiroblarni, ruhiyatning poyonsiz iqlimlarini tasvirlashga qaratilgandagina o’zining asl maqsadiga erishadi.



Download 50.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling