Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
Download 50,16 Kb.
|
7-Mavzu. Adabiyot-manaviyatni yuksaltiruvchi manba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa “Adabiyot – ma’naviyat xazinasi”
- 1- tоpshiriq
HIKMAТ — AQL CHIROG‘I
Sabr suhbati zeriktirarli o‘rtoqdir, ammo maqsadga olib boradi. U sekin yuradigan ulovdir, biroq manzilga eltadi. Sabr achitib gapiradigan nasihatgo‘y, kishi tabiati undan ozor chekadi, lekin unga amal qilgan oxirda so‘zsiz murodiga yetadi. U bamisoli tabib, badxo‘r dori, bemor undan azob tortadi, ammo so‘ngida sog‘likka erishadi. Ishqqa mubtalo oshiqlar sabr so‘zini eshitganda cho‘chiydilar, biroq uning sharofati bilan yor vasliga yetishadilar. Hajr azobidagi kishilar sabr so‘zini eslashni ham istamaydilar, ammo oxirida sabr tufayli diydor ko‘rishadilar. («Hikmatlar xazinasi»dan) Uyga vazifa “Adabiyot – ma’naviyat xazinasi” mavzusida matn tayyorlash, unda badiiy uslubdan foydalanish Men sevgan asar (Badiiy tasvir vositalari) Reja: “ Adabiyot –ma’naviyat xazinasi” matni bilan tanishish, tahlil qilish Badiiy tasvir vositalarini o’rganish Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash ▲ 1- tоpshiriq. Mаtnni o’qing, mazmuni bo’yicha batafsil suhbatlashing. Adabiyot –ma’naviyat xazinasi Inson har doim ongi va ma’naviyatini takomillashtirishga intiladi. Shu ma’noda, shaxs kamolida umuman obrazli tafakkurning o’rni beqiyosdir. Lekin obrazli fikrlash faqat badiiy adabiyot uchungina emas, san’atning barcha turlari uchun ham daxldordir. Obrazlilik badiiy adabiyotda so’z, musiqaga ohang, rassomchilikda rang-bo’yoq, haykaltaroshlikda tosh, raqsda harakat orqali amalga oshiriladi. Inson ruhini, ma’naviyatini shakllantirishda badiiy adabiyotning alohida o’rni bor. “Alpomish” dostonini o’qigan kishida qahramonlik, muhabbat, adolat, insonparvarlik tuyg’ulari uyg’onadi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni ta’sirida vafo va sadoqat tuyg’ulari tarbiya topadi. Cho’lponning istiqlol g’oyalariga yo’g’rilgan she’rlari insondagi millatparvarlik hissini yanada mustahkamlaydi. Erkin Vohidovning “O’zbegim”, Abdulla Oripovning “O’zbekiston” she’rlari qalbimizda g’urur, vatanparvarlik tuyg’usini kamol toptiradi. Umuman komil shaxsni shakllantirishda hissiyot tarbiyasining mavqei katta. Hissiyot tarbiyasi esa ma’naviyatni takomillashtirish demakdir. 1-mashq. Xohlagan bir mutolaa qilgan asaringizning tarbiyaviy ahamiyati haqida daftarga qayd eting. 2-mashq. Quyidagi savollarga yozma javob bering. “Adabiyot” so’zining lug’aviy ma’nosini izohlang. O’zingizni yetarli darajada kitob o’qiyapman deb hisoblaysizmi? Nima uchun? Qaysi she’rni yoki asarni o’qiganingizda o’zingizda jiddiy o’zgarish his qildingiz? Sizningcha ilmiy asarlar bilan badiiy asarlar o’rtasida qanday farqlar bor? “Kitobdan kitobning farqi bor” deganda nimani tushunasiz? Download 50,16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling