Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
Download 50.16 Kb.
|
7-Mavzu. Adabiyot-manaviyatni yuksaltiruvchi manba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan ta’limiy o’yinlar
- Badiiy uslub va uning xususiyatlari Badiiy uslub
- 2- tоpshiriq
Mavzu yuzasidan savollar:
“Adabiyot” so’zining lug’aviy ma’nosini izohlang. O’zingizni yetarli darajada kitob o’qiyapman deb hisoblaysizmi? Nima uchun? Qaysi she’rni yoki asarni o’qiganingizda o’zingizda jiddiy o’zgarish his qildingiz? Sizningcha ilmiy asarlar bilan badiiy asarlar o’rtasida qanday farqlar bor? “Kitobdan kitobning farqi bor” deganda nimani tushunasiz? 1-mаshq. Quyidagi jumlaga diqqat qiling. Uning mantiqiy davomini topib daftaringizga ko’chiring. Adabiyot – hayotning in’ikosi. ……………. Shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi Unda hayotdagi voqealar aynan ko’rsatilib beriladi. Ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas. Faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi Biroq u hayotdagidan murakkabroqdir 2-mаshq. Quyidagi jumlalarni mustaqil davom ettirib, daftaringizga ko’chiring. Adabiyotning tarbiyaviy vazifasi………. Adabiyotning estetik vazifasi…………… Adabiyotning ma’rifiy vazifasi ………… Mavzu yuzasidan ta’limiy o’yinlar Quyidagi so’zlar ichiga sayr qiling, undagi so’zlarning birini qizil, birisini ko’k ruchkalar bilan o’zaro biriktirib, 2 ta adabiyot haqidagi jumlalarni tiklang va o’zaro sharhlang. “Mantiqan o’yla, izla va top” o’yini millat kuchli lekin Adabiyot atomdan yashasa uni yashar sarflamaslik Adabiyot o’tin yorishga kerak tuyg`usi bo’lmaydi Badiiy uslub va uning xususiyatlari Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabi-yot asarlari shu uslubda yaratiladi. ▲ 2- tоpshiriq. Matnni o’qing, badiiy adabiyotning o’rni va ahamiyati borasida savollarga og’zaki javob bering. Badiiy uslubda ijodiy ish yozing. Mavzu: ” Adabiyot-so’z san’ati” Eslatma: Ijodiy ishda ko’proq uslubiy xoslangan so’zlardan foydalaning. 3-mаshq. Quyidagi she’rni ifodali o‘qing. Badiiy nutqni shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni aniqlang. O‘zimni moziyning bag‘riga urdim Va shu on shukrona aytib qaytdim men. Kimdir ko‘rmay ketgan baxtni men ko‘rdim, Kimdir aytmay ketgan so‘zni aytdim men Meni kutayotir ajib kelajak, U mening iqbolim, mening baxtimdir Men ko‘rmagan baxtni kimdir ko‘rajak, Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir. (A.Oripov) 4-mаshq. Hikmatlarni qunt bilan o’qing. O’z tushunchangizni erkin turda bayon qiling. Shu mavzuda badiiy nutq uslubidan foydalanib kichik matn yarating. Download 50.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling