Adabiyot-ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
Download 50.16 Kb.
|
7-Mavzu. Adabiyot-manaviyatni yuksaltiruvchi manba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Publitsistik uslub
- 4-tоpshiriq . A. Matnni o‘qing. Uning tili va uslubiy xususiyatlarini izohlang.
- B. Shu uslubda matnni davom ettiring va o‘z xulosangizni yozing. Uyga vazifa ”Ommaviy axborot bilan hamqadam”
Publisistik uslub
Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan uslub ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Ommabop uslubning radio televideniyada ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy – siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan maqol va hikmatli so‘zlardan foydalaniladi. Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslub-ning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulo haza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi. Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi. 2-mаshq. Aytaylik, siz teleboshlovchi yoki radioboshlovchisiz. “Maqsad va manzil” degan ko’rsatuv olib borishingiz kerak. Ommabop nutq uslubidan foydalanib ko’rsatuvda nimalar yoritishingizni daftarga yozib, so’ng muhokama qiling. 3-mаshq. Matnni o‘qing. Mazmunini yoritishda ommabop nutq uslubidan foydalaning. Bir kuni gazeta muharrirlaridan biri havaskor shoirdan xat oldi. Shoir o‘ta mazmunsiz she’r yozib, tagiga xat ham ilova qilib qo‘ygan ekan: — Tinish belgilarini qo‘ymadim, uzr, o‘zingiz qo‘yib olarsiz. Fig‘oni falakka chiqqan muharrir darhol havaskor shoirga javob xati yo‘lladi: — Kelgusi safar tinish belgilarining o‘zini qo‘yib yuboravering, so‘zlarini o‘zim topib qo‘yarman. ▲ 3-tоpshiriq. – Guruhlarga bo’lining. I-guruh suv, tabiiy gaz, elektr tarmoqlaridan foydalanish haqida, II-guruh esa ishlab chiqarishga doir reklama matnini tayyorlang. Ishtirokingiz va nutqingizda ommabop uslubidan keng foydalaning. ▲ 4-tоpshiriq. A. Matnni o‘qing. Uning tili va uslubiy xususiyatlarini izohlang. ... Hayot go‘zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun eng aziz bo‘lgan umr qisqa. Shu bois bo‘lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu dunyoning go‘zal-liklaridan ko‘proq bahra olishga, u in’om etgan lazzat-lardan tatishga intilib yashaydi. Bu istak esa ba’zida odamzodga baxt keltirsa, ba’zan shu kimsa umrini xazon ham qiladi. Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha. Zero, u amal qilayotgan ko‘plab zararli odatlarning oxir-oqibatini bilsa-da, uni takrorlashdan o‘zini tiyolmaydi. Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan che-kish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yoshlarimiz ruju qo‘yayotgan sigareta tutunlari yomg‘ir yog‘ishi oldidan qora bulutning ko‘m-ko‘k, beg‘ubor osmonni qoplagani singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o‘z iskanjasiga olmoqda. Yurtimizda sog‘lom avlod tarbiyasiga har qachongi-dan ko‘ra ko‘proq e’tibor berilayotgan bir paytda kela-jagimiz vorislari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning bu qadar o‘zlarini zaharlashlariga nima sabab bo‘lmoqda? Aytish joizki, farzandlarimizning har qanday illatga ruju qo‘yishlarida avvalo ota-ona, mahalla-ko‘y, bir so‘z bilan aytganda, o‘zimizning bilib-bilmay qilgan xatti-harakatimiz bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. «Ma’rifat» gazetasidan. B. Shu uslubda matnni davom ettiring va o‘z xulosangizni yozing. Uyga vazifa ”Ommaviy axborot bilan hamqadam” mavzusida mulohazali matn yaraish, unda ommabop nutq uslubini qo’llash Download 50.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling