Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008 
2. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. 1- kitob. –T.: O‘zbekiston, 
2008. 
3. Muhammadiyev R. Askiya. –T.: 1970 
4. Muqimov R. Badiiy adabiyotda satira va satirik obraz masalalari. –Sam.: 
1975. 
5. Normatov U. Said Ahmad. –T.: 1978. 
6. Normatov U. Ufqlarning chin oshig‘i. –T.: 2008. 
7. Said Ahmad. Uch tomlik.–T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyoti, 1981. 
 


222 
 
SAID AHMADNING “QORAKO‘Z MAJNUN”HIKOYAINI 
O‘RGANISHDA FSMU TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH 
RAHMONOVA Matluba Usmonovna 
NamDU akademik litseyi o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Maqolada adabiyot darslari jarayonida o‘quvchilarning 
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullaridan bo‘lgan FSMU ta’lim 
texno-logiyasidan foydalanishning samarasi haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: “Qorako‘z majnun” hikoyasi, FSMU texnologiyasi, 1-bosqich-
fikringizni bayon eting, 2-bosqich - fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating, 3-bosqich 
- sababni isbot qiluvchi misol keltiring, 4-bosqich- fikringizni umumlashtiring.
Yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, vatanparvar, keng 
mushohadali, ijodkor va faol qilib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb 
vazifalaridandir. Ana shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan ta’lim tizimini 
tubdan isloh qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Xorijiy tajribalarni yaqindan
o‘rganib, tayanch o‘quv rejalari va unga muvofiq ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirish 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan oliy 
ta’limning barcha yo‘nalishlarida 2020-2021-o‘quv yilidan ona tili va adabiyot fani 
o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish ham bu borada katta qadam bo‘ladi. 
Yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish hozirgi ta’lim tizimining bosh 
maqsadidir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz o‘z vaqtida agar bola erkin fikrlashni 
o‘rganmasa, berilgan ta’limning samarasi past bo‘lishi muqarrarligini, mustaqil 
fikrlash ham katta boylik ekanligini ta’kidlagan edilar. Bu vazifalarni bajarishda 
umumta’lim maktablari va akademik litseylarda o‘qitilayotgan adabiyot 
darslarining o‘rni beqiyos. Adabiyotni tushunish, idrok etish bir qator o‘ziga 
xosliklarga ega. Ayniqsa, badiiy so‘z sehrini, so‘zning mo‘jizaviy qudratini, ta’sir 
kuchini sezish, his etish o‘zicha yuzaga kelmaydi. O‘quvchi tomonidan ma’nosiga 
yetilmagan, mag`zini chaqish qiyin bo‘lgan bir so‘z, bir ibora, bir jumla bo’lar 


223 
ekan, uning badiiy matnni, demakki, umuman, asarni tushunishida g`ov paydo
bo‘ladi. To ana shu g`ov olib tashlanmas ekan, bundan keying ravon yo‘llar haqida 
gapirish ham mumkin bo‘lmaydi.

Shunga
ko‘ra so‘z ustida ishlash, so‘zdagi 
ma’no nozikliklari va tovlanishlarni kuzatib borish kundalik qiziqarli yumushga
aniqrog‘i, odatga aylantirilmog‘i kerak. Darslarni o‘quvchilarning qiziqishlari va 
yosh xususiyatlarini hisobga olib tashkil qilar ekan, o‘qituvchi o‘zi mustaqil 
mutolaa qilishga, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga, o‘quv 
mehnatiga mas’uliyat hissi bilan yondashishga, har bir daqiqani g`animat bilishga, 
faollik ko‘rsata olishga, ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli 
foydalanishni maqsad qilib olishga o‘rgatmog‘i zarur. Bunga darslarni zamonaviy
usuldagi juftlikda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, karusel, akvarium, 
tugallanmagan gaplar, aqliy hujum, insho darslari, o‘z nomimdan so‘zlayman, 
fuqarolar eshituvchi, rolli o‘yinlar, press metod, o‘z pozitsiyasini egallash, 
munozara, FSMU, klaster kabi ko‘rinishlarda tashkil qilish orqali erishish mumkin. 
Akademik litseyda Said Ahmad hayoti va ijodini o‘rganish uchun 1-
bosqichda 2 soat “Qorako‘z majnun” hikoyasi uchun, 2-bosqichda 4 soat “Ufq” 
romani uchun jami 6 soat vaqt ajratilgan. Bu 2 soat ichida adibning hayot yo‘li,
o‘zbek milliy hikoyachiligi rivojiga qo‘shgan hissasi, uning hikoyalarida
hajviy, yumoristik pafosning o‘rni, ”Qorako‘z majnun” hikoyasi ham o‘rganilishi 
kerak. Shularni hisobga olgan holda, o‘qituvchi asarni avvalgi darsda uyga vazifa 
sifatida o‘qib kelishga bergan bo‘lishi zarur. Dars jarayonida FSMU
texnologiyasini qo‘llash maqsadga muvofiq. FSMU texnologiyasi o‘z fikrini 
himoya qilish, erkin fikrlash, ta‘lim jarayonida egallagan bilimlarni tahlil etish, 
bilimlarni qay darajada egallaganliklarini baholash madaniyatiga o‘rganish
imkoniyatini beradi.
Ushbu texnologiyani yakka tartibda ham, kichik guruhlarda ham qo‘llash 
mumkin. O‘qituvchi FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘ozlar 
tarqatadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling