Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirvaliyev S. O‘zbek adiblari. – Toshkent.: Fan, 1993. 68-69-b. 2.Said Ahmad. Tanlangan asarlar. I jild. – Toshkent.: Sharq, 2000. “SAROB” HIKOYASIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIYASI Gavharoy MURODOVA Sayfiddin qizi FarDu talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Said Ahmad asarlaridagi qahramonlar psixologiyasi haqida fikr yuritilgan. Aynan “Sarob” hikoyasidagi obrazlar psixologiyasi badiiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Bosh qahramonlar hisoblangan obrazlarning ruhiy kechinmalari, boshidan o‘tkazgan ko‘rguliklari asardagi hayotiy misollar asosida yoritib berilgan. 242 Kalit so‘zlar: hikoya, obraz, psixologiya, badiiy asar, ruhiyat, xarakter, ijtimoiy muammo. Badiiy asarda ruhiyat muhim o‘rin tutadi. Xoh nasriy asar, xoh nazmiy, xoh dramatik asar bo‘lsin, asar qahramonlarining ruhiyati asosiy masala hisoblanadi. Chunki badiiy so‘z ham, inson ham ruhiyatsiz mavjud emas. Obrazlar psixologiyasi ustida ishlash dastlab Yevropada paydo bo‘lib, taraqqiy etdi. O‘zbek adabiyotida psixologizm XX asrning birinchi yarmidan keyin keng tadqiq etila boshlandi. Dastlab bu holat she`riyatda namoyon bo‘ldi. “Nasrda esa jo‘n, yuzaki realizmdan qoniqmaslik, adabiyot tasvir maydoni hududlarini “buzib”, inson ruhiy qatlariga “sayohat qilish” 80-yillar adabiyotida kuzatilmoqda” [1. 52-bet]. 80-yillar qissachilikda ko‘tarilish davri bo‘ldi. Bu nafaqat qissalarga , balki butun nasriy janrlar qatori hikoyachilikka ham xosdir. “Bunday sifat o‘zgarishining yuz berishi esa badiiy asardagi ruhiyat tasviri bilan bog‘liqdir. Bu davr ijodkorlari inson ruhiy olamini turli psixologik vositalar orqali tasvirlay boshladilar. Natijada kitobxon ruhiyatini rom etuvchi milliy xarakterlar shakllana boshladi” [2. 175- 176-betlar]. Milliy xarakterlarni shakllantirishda Said Ahmad ijodi alohida ahamiyatga ega. Ijodkor qaysi janrda ijod qilmasin, obrazlar psixologiyasini ochishda juda mahoratli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, badiiy asarda inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi ma`lum. Jumladan, Said Ahmadning “Sarob” hikoyasida ham azaliy ijtimoiy muammolarga xos avlodlar silsilasi, otalar va bolalar muammosi hamda ijtimoiy ruh alohida o‘rin tutadi. Ushbu hikoyada ota va o‘g‘il o‘rtasidagi keskin munosabat ildizi asr fojiasi, mustabid tuzum siyosati, mafkurasi, axloqiy aqidalarga borib tutashadi. Ya`ni jamiki ko‘rguliklar, fojialar mash`um siyosatning mudhish oqibati tarzida ko‘rsatiladi. Muallif hikoyalarining o‘ziga xos tomoni ham uning muhim hayotiy masalalarni hajman kichik bo‘lgan hikoyaga moslab kirita olishi bilan xarakterlanadi. 243 “Sarob” hikoyasi mavzusi asar epigrifidayoq mohiyatini namoyon qiladi. Ya`ni hikoya epigrafi sifatida buxorolik 100 yil yashagan temirchi Usto Amin bobo o‘gitlaridan deya izohlangan “Ota qarg‘ishi misoli o‘q-u u oxiratda emas, shu dunyoning o‘zida nishonga tegadi” degan jumla keltiriladi. Hikoyada fojeaviy voqea o‘g‘il bilan ota o‘rtasidagi mudhish munosabatlar bu yorug‘ dunyoning naq do‘zaxi ichida mustabid tuzum qurbonlari- mahbuslar jam bo‘lgan jezqozon legeralaridan birida o‘z nihoyasiga yetadi. O‘sha davr tuzumining millatga qarshi qaratilgan ikkiyuzlamachi siyosati shunda ediki, hukumat tepasidagilar norasida o‘g‘londan zamon ramziga aylangan Pavlik Marozov izdoshini yasashib, millatvar, ziyoli insonga qarshi kurashga soladilar, otasi haqida kerakli ma`lumot yig‘ishga erishadilar. Shundan so‘ng otani xalq dushmaniga chiqarib qamoqqa olishadi. Tabiiyki, o‘g‘li esa qahramonga aylanib shon-shuhratga erishadi. O‘sha paytdagi tuzum o‘yini oqibatiga nazar soladigan bo‘lsak, “Vatanparvar” deya ulug‘langan o‘g‘il lagerda otasi bilan yuzma-yuz ko‘rishadi. Tuhmatlar va jabr-zulmlardan ota yurak oldirib qo‘ygan bo‘lsada, ammo vijdoniga hech qachon gard yuqtirmagan. Farzand juda ayanchli, telba holida. Lagerda ham yoshligidagi ishi - sotqinlikni davom ettiradi. Buning natijasida qo‘li sinib qiyshiq bitib qolgan, yurganida boshi u yoq-buyoqqa og‘ib ketaveradigan bo‘lib qolgan. Lagerda ota o‘g‘lini tanigan bo‘lsada, o‘g‘il otani tanimaydi, taniy olmasdi ham. O‘g‘lini bu holatda ko‘rish esa ota uchun naqadar og‘ir ekanligini hamda otaning xayolidan nimalar kechganini hikoyani o‘qigan har bir o‘zbek otasi yaxshi his qiladi. Eng daxshatlisi esa o‘g‘il ota ko‘z o‘ngida azoblanib jon beradi va janozasiz bekafan ko‘miladi. Aynan shu joyda otasiga tuhmat toshlarini otgan paytda o‘g‘liga qarata aytgan Olimjon Rahmonovning qilgan “duo”sini keltirib o‘tsak: “E-e, attang, attang!- deya o‘g‘lining betiga qarab: - Iloyo, juvonmarg bo‘l! Umring xor-zorlikda o‘tsin!- deb yuziga fotiha tortdi” [3. 10-bet ]. Ushbu jumlalar asar epigrafi sifatida keltirilgan jumlaga naqadar mos tushgani va bu hayot haqiqati ekanligini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da, farzandining ahvolini lagerda yuqorida ta`riflangan holda ko‘rish ota uchun juda 244 ayanchli holdir. Farzandini qarg‘agan bo‘lsa-da, lagerda uni ko‘rish qalbini iztirobga solganligi tayin. Mana uning farzandini qamoqda ko‘rgandagi holati: “Boya oftobda yotgan mahbuslarga qarab yum-yum yig‘laydi… … Olimjon domla oldimga kelib, orqa o‘girib tizzaladi-da, yelkasini tutdi. Yangilar kelgandan beri domla ozib ketdi. Yana besh-olti yosh qarigandek edi. -Domla, yaxshi yuribsizmi? – dedim yelkasiga raqam yozarkanman. - Xudoga shukur, o‘lmagan qul yashayverarkan [4. 31-bet]. O‘sha paytda otaning xayollaridan nimalar kechganini tasavvur qilish juda mushkul. Ushbu mudhish hodisalarni, fojeaviy qismatlar haqida yozish asar muallifiga oson bo‘lmagan, albatta. “ Hikoya adibning lager hayotidan olib yozgan ilk asari, hikoyadagi roviy – mahbus rassom yozuvchining o‘zi. Muallif 50- yillar boshlarida hikoyada tasvir etilgan lagerda bo‘lgan va bu hayotni u ichdan biladi. Shunday bo‘la turib, nega bu haqida uzoq yillar yozmadi. Ehtimol qo‘rquv saltanati bunga yo‘l bermagandir, ehtimol, mudhish hodisalar haqida yozish azob- iztirobi uni qiynagandir. Har ikki tahminda ham asos bor. Faqat mustaqillik yillaridagina vujudidagi qo‘rquv chekinib, lager hayotidan dadil so‘z ochishga jur`at eta oldi. O‘zi uchun qanchalik azob bo‘lmasin, lager hayotiga oid xotiralarni, o‘sha mudhish voqealarni qog‘ozga tushirishga jazm etdi” [5. 10-bet]. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Said Ahmad mustaqillik davrida ham samarali ijod qildi. Uning har bir janrda yaratgan ijodi asarlarini o‘qigan o‘quvchi yuragiga singib boradi. Jumaladan, deyarli barcha hikoyalari badiiy mustahkamligi bilan adabiyotshunoslar e`tiborini o‘ziga jalb etadi. Undagi qahramonlar ruhiyati tasvirining berilishi, obrazlar psixologiyasini ochib berishi adibning o‘ziga xos asar yaratish mahoratidan hisoblanadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling