Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAID AHMADNING URUSH MAVZUSIDAGI HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI MASALASI Hayitbek BILOLOV Guliston davlat univesiteti talabasi Annotatsiya.
- Kalit so`zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Jo'rayev T. Ong oqimi modern, Farg‘ona, 2009. 2. Umrzaqov R. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida obrazlar psixologiyasi. Filologiyaning dolzarb muammolari // ilmiy-nazariy anjuman materiallari. Farg‘ona, 2015. 3. Said Ahmad. Hikoyalar. www.ziyouz.com kutubxonasi. 245 4. Meliyeva U. Said Ahmad – hikoyanavis. Samarqand, 2012. SAID AHMADNING URUSH MAVZUSIDAGI HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI MASALASI Hayitbek BILOLOV Guliston davlat univesiteti talabasi Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Said Ahmadning urush mavzusidagi hikoyalarida inson taqdiri masalasi tahlilga tortiladi. Umumbashariy qadriyatlar takomillashuvida urush illatlarining inson taqdiriga bo`lgan salbiy ta’siri va uning oqibatlari xususida fikr yuritiladi. Kalit so`zlar: hikoya, qissa, hajviya, roman, dialog, ijod labaratoriyasi, tarixiy haqiqat, badiiy to`qima, insoniyat. O`zbek adabiyoti bo`stonining chamanzorini axtarsak, ijodkorlarning sohir qalami ostida yaratilgan ajib turfa “gullar”ni topa olamiz. Bu jarayonning borligi adabiyotimizning asrlar silsilasidan o`tib kelayotganligining inkishofidir. Ushbu holatdan bahramand olgisi kelgan har bir kitobxonning oldida ulkan vazifalarning qad rostlayotgani biz o`rganishga urinayotgan chinakam adabiyotning ochilishi lozim bo`lgan jihatlaridan biridir. Bu holatda adabiyot millat tanlamasligi bilan ham ajralib turadi. Ijodkorning o`tkir qalami ostida maydonga saf tortgan so`zlarning tizmasidan hosil bo`lgan ruhiy quvvat ma’lum bir asarining obrazlariga sezilarli ta’sir qiladi. Shuning uchun ham ijodkorning ayrim asarlari shaxsiyati o`laroq dunyo yuzini ko`radi. Bu holatda ushbu yozuvchining ijodini o`qigan kitobxonning ko`z o`ngida muallifning surati qayta chiziladi. Suratning o`tkir nigohi ila kitobxon bilan asar muallifi bevosita tillashadi. Ulardagi o`ziga xoslik uning badiiyatini belgilab beradi. Shunday asarlar bo`ladiki, ular davrni tan olmaydi. Davrning sinoviga bardosh berib, asrlar osha barhayot yashaydi. Sababi oddiy, bunday asarlarda 246 umuminsoniy qadriyatlar baland notaga ko`tarilgan bo`ladi. Ayrim ijodkorlar aynan shu narsani ko`zlab ijod qilsalar, boshqalarida bu holat ko`zga tashlanmaydi. Bundan tashqari asarda eng ezgu, eng pok, eng go`zal tuyg`ular taranumi mavjudlikka yuz tutsa bunday asarning umriboqiyligi kafolatlanadi. Ijodkor ijod qilish jarayonida o`ziga xos ijod labaratoriyasini quradi. Bu holatda u ma’lum bir asarini yozishdan oldin o`sha asar uchun materiallar to`playdi. Ularga kiritmoqchi bo`lgan voqealarni, joylarni belgilab oladi. Busiz asar yozish nihoyatda qiyin. Hayotdagi voqeaning badiiy asardagi to`qima bilan aralashuvi ajib bir badiiy adabiyot namunasini maydonga kelishiga zamin yaratadi. Aytib o`tganimdek, ijodkor asarga asos bo`luvchi ushbu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rib tahlildan o`tkazsa, unda bevosita ishtirok etsa, asarning saviyasi bir pog`ona ko`tariladi. Qahramonining ichki ruhiyati bilan yashash muallifning obraz yaratishdagi muhim qadami bo`lib xizmat qiladi. O`tmish – moziyga qarasak, insoniyatning yashagan, yashab o`tgan davrlari, ularning qilgan amallari-yu, kechirgan hodisotlari ko`z oldimizda gavdalanaveradi. Insoniyat necha ming yillar davomida o`zining haqiqiy ma’noda insoniyligini topish uchun juda ko`p izlangan. Birovlar o`z ijod namunalari orqali boshqalarning ko`ngillarida umid uchqunlarini yoritgan bo`lsalar, yana boshqalari esa bunday qalblarni qaytadan vayron qilishni istab qolishardi. Insoniyat ko`ngli – Allohning Ka’basi. Baytni buzib kirish insonni iztirobga solib qo`yadi. Uni vayron qilish esa o`sha insonni o`ldirish bilan barobar. O`tmishda shunday insonlar ham yashab o`tganki, ular qoldirgan ma’naviy meros necha asrlar oshsa-da, insoniyat tomonidan unutilmay keladi. Ayniqsa, bunday zotlar eslanganda odamzodning yuzida tabassumning jilvalanishi ularga nisbatan hurmatni ikki hissa orttiradi. “Guruch kurmaksiz bo`lmaydi”, - deganlaridek, yaxshi insonlar qatori ularning aksi bo`lgan yomon, g`alamis kishilar ham tarixga muhrlanish “harakatida bo`lishgan”. Qanaqa qilib deysizmi? Yomon, buzg`inchi ishlarni qilib, odamlarni ko`ngillariga nifoq solish nuqtayi nazaridan mana shu orzuda yashaganlar. 247 Urush... insoniyat boshiga iztirobli ohanglarni olib kelgan hodisa. Urush... necha yuzlab xalqlarning tinchini buzib, necha minglab oilalarni parokanda aylagan “dushman”. Urush... oilalar musibatini olamga ko`z-ko`z qilguvchi “oyna”. Urush... ota-onalarning so`ngsiz iztirobini o`zida jo qilgan “kitob”. Urush... necha yosh murg`aklarni yetim qilib belagan “belanchak”. Urush – necha millionlab bolalarning tarbiyasi vazifasini o`tagan “olovli o`choq”. Urush – oila faryodining mudhish “nolasi”. Urush – necha minglab oilalarning yostig`ini quritgan “jizg`anak olov”. Urush so`zini eslash har bir odamning yuragida “zilzila” paydo qiladi. “Motor” beixtiyor fig`on chekib uradi. Ayniqsa, bu nola ijodkor olamida vujudga kelsa, u “ajib” bir qo`shiqqa aylanadi. Ijodkorning tengsiz mahorati ila urushning asl ma’nosi boshqalarga badiiy bo`yoqlar vositasida singdiriladi. Ijodkor urush davrini o`z ko`zi bilan ko`rgan, uning ichida yashagan bo`lsa, uning ijodi yanada yorqinroq tusda namoyon bo`ladi. Urushning dahshatini urushga borib kelganlar his qila oladi, xolos. Biroq uning qanday musibatli ohangligini his qildirish, urushning insoniyat boshiga keltirgan balo-yu ofatlarini kitobxon ko`z oldida gavdalantirish ijodkorlarning gardaniga tushgan vazifalardan biridir. Ijodkor urush muhitida katta bo`lsa, u yozgan asarning qiymati sezilarli darajada bo`ladi. Chunki ijodkor bunday paytda hayotda mavjud bo`lgan har bir holatga real baho bera oladi. Uni asariga voqelantiradi. Unga dinamika va ruhiyat ko`chiradi. Bunday holatda u qahramon ruhiyati bilan o`z qalbini sug`oradi yoki, aksincha. Urush mavzusida o`tgan asrning juda ko`p yillari qalam tebratilgan. Bu mavzuda ijod qilish har bir ijodkor uchun juda katta bilim va mas’uliyatni talab etadi. O`zbek nasrida urush mavzusi juda ko`p yozuvchilarning asarlarida mavjud bo`lib, ular ijodkorning teran nigohi, davrni yaxshi his qilishi orqali har xil tusda badiiyatga ko`chadi. “Urush haqida o`sha davrning o`zida ham, urush tugaganidan so`ng ham asar bitgan adiblar bu davr ruhini chuqurroq aks ettirganliklarini qayd etish lozim. Bunday yozuvchilar adabiyotda butun boshli bir silsilani tashkil etadi. O`zbek prozasining rivojida yozuvchi Said Ahmadning xizmatlari alohidadir. U 248 o`zining o`nlab hikoyalarida urush davri bilan bog`liq voqealarga turli munosabatlar bilan murojaat etdi. Adib iste’dodining natijasi o`laroq o`zbek harbiy prozasi urushning inson uchun naqadar og`ir qismat ekanini hozirgi kitobxonga his qildirgan” [O`ljaboyev U., 2012, 108-bet]. Darhaqiqat, uning roman janrida yozilgan “Ufq” trilogiyasida, qolaversa, o`nlab hikoyalarida urushning eng chirkin, eng qora hodisalardan biri ekanligi, odamzodning boshiga tushgan musibatli ohanglari badiiy ifodalab berdi. Said Ahmad 60-yillargacha badiiy ijod bilan qizg`in shug`ullanib, ancha qalami o`tkirlashadi. Ayniqsa, yozuvchi “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinganidan so`ng uning ijodida yana o`sish kuzatiladi. Chunki u jamiyatning asl basharasini ko`zguda akslanganini ko`rib ulgurgan edi. Shunday bo`lsa ham u ijod qilishdan to`xtamadi. Ijodlarida o`ziga xos obrazlar tizimini yaratdi. Chunonchi, u “...qissalar, hajviyalar, hikoya va romanlar barpo etib, ularda odamlarning qalbiga kira oladigan, ularning yaqin do`stlariga, hamdardlariga aylanib, og`irini yengil qila oladigan, ruhiga madad beradigan jonli xarakterlar silsilasini yaratdi” [Sharafiddinov O., 2004, 356-bet]. Said Ahmadning “Turnalar” hikoyasi urush mavzusida yozilgan bo`lib, ana shunday xarakterlarni jonli yoritgani bilan ahamiyatga molik. Yozuvchi turnaning hayoti bilan insonning buguni va ertasini tenglashtirish asnosida hikoyaga shunday joylaganki, bular vositasida hikoyaning asosiy ma’nosini chuqurroq anglashga yordam beradi. Hikoyaning bosh qahramoni – Sobir amaki. Uning ikki o`g`li urushda o`lib ketgan. Lekin otaxon sabr qilib, o`z tirikchiligi bilan ovora. Uning yuragini dard kemiradi. Nima qilsin bechora? Ikki o`g`lining o`ligini ham ko`ma olmagan bo`lsa... Yozuvchi hikoyani boshlar ekan, turnaning ovoziga ahamiyat beradi. Hikoyachi qahramon esa turna vositasi o`laroq, Sobir amakiga duch keladi. Sobir amakining birdan-bir avaylab o`stirib turgani – mana shu turna. Hikoyani o`qir ekanmiz, Sobir amakining dardiga beixtiyor sherik bo`lamiz. Unga ich-ichimizdan achinamiz. Nasriy asarlarda lirik kechinmaning berilishi insonning ko`ngliga yo`l topishning birdan-bir yo`li. Sababi biz kuzatgan bunday 249 hodisa faqat she’riyatga xos. Lekin biz tahlilga tortishga urinayotgan hikoya ham aslida mana shu hodisa bilan badiiyati yuksak. Hikoyada dialoglar munosib o`rinni egallaydi. Asarda keltirilgan qahramonlarning suhbati bizni ham sherik qilib tinglashga majbur qiladi. Hikoyada turna majoziy ma’noda ishlatilgan bo`lib, yozuvchi bu orqali urushning dahshatini his qilishimizni ko`zlagan. Unda tasvirlanishicha, turna yarador ahvolda cholning chodiri oldida paydo bo`lgan. Demak, uni kimdir otgan yoki bo`lmasa turnalar orasida janjal chiqib shu ahvolga tushgan. Endi cholning o`g`illari tasviriga e’tibor beramiz. Ular ham o`zga yurtlarda jang olib borib halok bo`ldilar. Ular ham turnaning ahvoliga tushdilar. Biroq u yerlarda choldek mehribon insonlar mavjud emas. Insonning boshiga kulfat tushsa, iztirobdan qalbiga olov tushadi. Beixtiyor shu olov ta’sirida boshqalarni ham yondirishga harakat qiladi. Biroq cholda bu biroz yengil o`tadi. U chekinmaydi. Andryusha ismli bolani asrab oladi. Uni suyib erkalaydi, biroq u ota-onasining oldiga qaytishga intilaveradi, xuddi turna kabi. Jonivorlar o`z to`dasiga intilgani kabi inson ham o`z tug`ilgan oilasiga talpinaveradi. Yozuvchi o‘z hikoyasida urush atrofidagi insonlarni tasvirlash vositasi o`laroq, ko`nglidagi iztirobli, dardli nolasini qog`ozga to`kib solgan. Hikoyaning oxirida juda chiroyli jumlalar keltirilgan bo`lib, insonni o`yga toldiradi: “O`sha mayib turna cholning qo`lida shifo topib, yana o`z karvoniga qo`shilganini bilarmikan? Har ko`klam o`sha chayla ustidan o`tayotganda bobosini eslab qo`yarmikan? Eslasa kerak deyman! Men uning shu chayla ustidan chiroyli binafsha kokillarini silkib, boboga ta’zim qilib o`tishini juda-juda istardim” [Said Ahmad, 2000, 122-bet]. Darhaqiqat, chol farzandlar tarbiyalab, ularni voyaga yetkazib, uchirma qildi, biroq ular qaytib kelmadi. Mana urushning dahshati, mana urushning halokatli ohangi! Said Ahmadning urush mavzusidagi hikoyalarida inson taqdiri masalasi bosh mezon qilib olingan. Asarning qimmatini oshiruvchi jihatlardan biri ham ana shu insonlarning hayotini badiiylikka olib kirish vositasi o`laroq, uni qaytadan real voqelikka yoyishdir. Kitobxon ko`z o`ngida xuddi bo`lib o`tgan voqealardek asarni 250 jonlantira bilish asar muallifining tengsiz ist’edodidandir. Ayniqsa ayollar, ota-bola munosabati mavzusida yozilgan asarlarida bu holat yaqqol ko`zga tashlanadi. Said Ahmadning “Sarob” hikoyasi millatga xos bo`lgan qadriyatlarning urush tufayli “sarob”ga aylanishi tarannumidir. Sarobning ko`rinmaslik alomati esa boshqalarning nazdida xuddi oldin bo`lmagandek voqelanadi. Ijodkorning san’atkorona bezashi oqibatida bu holat juda chiroyli dalillangan. “Urush, uning oqibatlari inson taqdirida o`chmas izlari haqida ko`plab asarlar dunyoga kelgan bo`lib, ularni o`qigan kitobxonga ta’sir qilmay qolmaydi. Urush tufayli bola otadan, ota boladan, ma’shuqa oshig`idan judo bo`ladi. Urush to`zoni ota bilan bolani bir-biriga raqib etib qo`yadi, mushtipar ona nobop o`g`il qilmishi tufayli uyat, or-nomus iskanjasida olamdan o`tadi, boshqa bir ona jangda halok bo`lgan yolg`iz o`g`li dog`ida telba bo ʻlib qoladi” [Normatov U., 2008, 12-bet]. Darhaqiqat, ushbu fikrlarning tarannumi sifatida maydonga kelgan “Sarob” hikoyasida urush tufayli ota-bola o`rtasidagi munosabatning darz ketishi tasvirlangan. Hikoyadagi ota va bola munosabati bizga ayanchli davr uchun xuddi bo`lmagandek, taassurot uyg`otadi. Asarning bunday jonli chiqishi uchun muallifning davrga to`g`ri munosabati muhim. Asarda o`sha muhitning ikir- chikirlarigacha tasvir etilishi kitobxonning davr bilan hamnafas bo`lishini ta’minlaydi. Kitob o`qish jarayonida davrga to`g`ri baho bera oladi, yechim topa biladi. Yuqoridagi hikoyada ana shu omilga chuqur tayanilgan. Said Ahmad biz tahlilga tortgan ikki hikoyasi orqali urushning insoniyat boshiga ne-ne azob- uqubatlarni solishi mumkinligini uqtirgan. Badiiy asarni estetik jihatdan tahlil qilish san’atkorning shaxsiy estetik idealini ochishimizga birmuncha yordam beradi. Ushbu holatda uning zargarona so`z san’atkori ekanligini bilib olishimiz ham mumkin. Bunday tushishimizga, albatta, ijodkorning iste’dodi, izlanishlari sabab. Asarni badiiy talqin qilish juda muhim jihatlardan biri bo`lib, unda keltirilgan voqealar, qahramonlar, joy nomlari o`sha davr koloritini belgilab berishi bilan ahamiyatli bo`ladi. Bu holatda sinchi asarga to`g`ri baho bera olsa, asarning ruhiy quvvati oshib boraveradi. 251 Ijodkor olami – noyob gavhar. Ushbu gavharning ko`ngil tubida jilvalanishi odamlarni o`ziga tortadi. Asarlari asrlar osha barhayot bo`lishini istagan ijodkorlar o`quvchini o`yga toldiradigan mavzuda qalam tebratishni lozim biladilar. Inson taqdiri ijodida o`ziga xos jilvalanishda namoyon bo`lsa, bunday ijodkorlarning yozgan asarlari ham o`qimishli, ham o`yga solishi bilan kitobxonlar ommasini o`ziga jalb qilmasdan qolmaydi. “Yozuvchi asarlarida shunday obrazlar yaratilsinki, ular kitob sahifalaridan chiqib hayotdagi odamlar safiga qancha ko`p qo`shilsa, shuncha yaxshi, deydi ustoz A.Qahhor. Said Ahmad butun ijodi davomida ustozning bu o`gitiga qat’iy amal qilishga intildi” [Sharafiddinov O., 2004: 356-bet]. Obrazlarida bir umr o`ziga xosliklarni ifodalashga urindi. Uning “taqdirlar” aks etgan mana shunday asarlari kitobxonlar orasida o`ziga xos sur’atda keng quloch yozgan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling