Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’NAVIY MUSHTARAKLIK Ismigul NIZOMOVA ToshDO‘TAU 2-kurs talabasi Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.D.Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug’ati, -Toshkent: Akademnashr, 2020. 2.S.Ahmad. Kelinlar qo‘zg‘oloni. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh tahri bosh tahririyati. Toshkent - 2000. 3. U.Normatov. Bedorlikda o‘tgan umr. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”gazetasi, 2010-yil 48-son. MA’NAVIY MUSHTARAKLIK Ismigul NIZOMOVA ToshDO‘TAU 2-kurs talabasi Annotatsiya. O‘zbek adabiyoti va madaniyati ravnaqiga hissa qo‘shgan betakror so‘z san‘atkori Said Ahmad asarlaridagi hayot manzaralari, insonning nozik qalb kechinmalari tasviri o‘zining milliyligi, xalqchil va teranligi bilan adabiyot muxlislarining mehriga sazovor bo‘lgan. Mazkur maqolada ikki buyuk yozuvchi Said Ahmad va Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub “Qorako‘z majnun” va “Ko‘kboy” hikoyasi qiyosiy o‘rganilgan. Har ikki asardagi mavzu, qahramonlar xarakteriga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan. Hikoyalar o‘rtasidagi o‘zaro farqli va umumiy jihatlar ochib berildi. Kalit so‘zlar: hikoya, din, farzand, vafo, davr, sadoqat, oila, mehr-muhabbat. O‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan adib Said Ahmadning badiiy mahorat ila yozgan novella, hajviy hikoya va romanlari milliy 235 adabiyotimiz rivojiga munosib tuhfa sifatida qo‘shilgan. Uning mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari, qolaversa, “Ufq” romani o‘zining mavzu dolzarbligi, urush va urush payti voqealarini bekam-u ko‘st va haqqoniy tasvirlaganligi bilan kitobxonni o‘ziga tortadi. Adib hikoyalarida tasvirlangan voqealarda esa siz-u bizga tanish bo‘lgan odamlar orasida kuzatiladigan nuqson va kamchiliklar hajv qilinadi. Adib yaratgan hikoyalari: “Ko‘zlaringda o‘t bor edi”, “To‘lqinlar”, “Tuynuk”, “Paypoq”, “Gul haqida”, “Lochin” o‘zining nihoyatda sodda va ixchamligi bilan alohida ajralib turadi. Adib hikoyalarini mutolaa qilish jarayonida hikoya qahromonlarining xarakteri, ularda ko‘zga tashlanadigan insoniylikka zid qusurlarni adib o‘zining mohirona so‘z qo‘llash san‘ati bilan ochib berganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Adibning zamonaviy hikoyalaridan biri “Qorako‘z majnun” hikoyasida keltirilgan voqealarda ifodalangan sadoqat, diyonat, iymon, adolat, mehr-shafqat, e‘tiqod kabi fazilatlarning qaysidir ma‘noda sustlashishi, ularni odamlardan emas, balki jonivorlardan kutilgan fazilatdek qaralgani bejiz emas. Chexov ta‘biri bilan aytganda: “Sadoqat- bu odamlar yo‘qotgan, ammo itlar tomonidan saqlanib qolgan fazilatdir”. Hikoyaning e‘tiborga molik jihatlarini tahlilga olamiz: “Kichkinagina, belida belbog‘dek ikkita-biri qora, biri jigarrang chizig‘i bor. Xuddi kimdir ataylab bo‘yab qo‘yganga o‘xshab ko‘rinadi. Tumshug‘i bilan ikki ko‘zi qop-qora. Bir ko‘zining tepasida to‘mtoq qoshi ham bor”- deya tasvirlangan bu it Saodat ayaning birdan-bir ovunchog‘i va hamrohi. U Saodat aya bilan doimo bir xil kayfiyatda: xafagarchilik-u xursandchilikda birga. Adib Qorako‘z majnunni mehr bilan tasvirlashi bejiz emas. Chunki hikoyada inson zotidan kutiladigan ba‘zi fidoyiliklarni it o‘z egasiga ko‘rsatadi. Birgina Saodat aya kasalxonada yotganida farzandlari haftada bir keladi yo kelmaydi. Qorako‘z esa ko‘kragini qorga berib hovlida, bir oy deraza tagida yotadi [Said A., 2001; 91-b]. Bir oydan beri o‘g‘li surunkasiga kampirning tushiga kiradi. Na yotishida, na turishida halovat bor. O‘g‘lini o‘ylagani-o‘ylagan. Yoshi saksonga yaqinlashib, 236 kuch-quvvatdan qola boshlagan kampir, bolamni ko‘rmay o‘lib ketamanmi, deb kuyib yonadi. Bir kuni farzandlarining uyidan qaytayotganida u yoqdan bu yoqqa shoshib yurayotgan odamlarni ko‘rib, yuragi hapqirib ketgan ona, nihoyat, yo‘lida intizor bo‘lgan farzandini uyga qaytganini ko‘rib shodlanadi. Farzand diydoriga oshiqib quchoqlashadi. Kampir o‘g‘liga nazar solib, ezilib ketadi. Qarib, adoyi tamom bo‘pti. Basharasiga ham o‘sha tomonlarning tafti urib, o‘zbekligi qolmabdi. Ellik bir yoshda yetmish yashar chol bo‘lib qo‘ya qopti, deb ko‘nglidan o‘tkazadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib ota-bobolari e‘tiqod qilgan islom dinidan qaytib, boshqa dinni qabul qilgani ma‘lum bo‘ladi. Ona uchun din, diyonat, milliy qadriyatlar, el-yurtchilik hamma narsadan ustun turadi. Shuning uchun Bo‘rixondan ko‘ngli soviydi, bu bola meniki emas, bo‘ri tuqqan deb, farzandidan voz kechadi. Qizining iztiroblari,o‘g‘lining o‘z dinidan, e’tiqodidan qaytganligi, ota-bobolari qadriyatlari va dinini toptaganligi mushtipar onaning ko‘zidan yoshini oqizadi va umrining oxirgi kunlari iztirob bilan tugashini ko‘rsatadi. Imom xatib Saodat ayaning “Hoji badal” bo‘lganligi haqidagi hujjatni topshirganda, o‘zingga shukur, Allohim, deya oladi, xalos. Bu xushxabar uning tugab borayotgan umriga umr ulagan edi. Bu hol shamning o‘chish oldidan bir lop etishiga o‘xshardi. Hikoyada Qur‘oni karimning “Baqara” surasidan oyat hamda Hadisi sharifdan bir hadis epigraf sifatida keltiriladi. Bu ko‘chirmalar Bo‘rixon va Qorako‘z majnunni qiyofasini ro‘yi- rost ochib beradi. Itning vafosi bir o‘g‘ilning ona ko‘nglini vayron qilishiga nisbatan yuksak ma‘naviy martabalarda turishi hamma vaqt ulug‘vorlik kasb etadi. Bu kabi ulug‘vorlik fazilatini zamonaviy adabiyotimiz namoyondasi Shukur Xolmirzayevning “Ko‘kboy” nomli hikoyasida ham ko‘rsak bo‘ladi. Ikki hikoyadagi o‘xshashlik va farqli jihatlarni umumiy jihatdan qiyoslaganda, adibning hikoyasiga singdirilgan va yuklatilgan ma‘no va mazmunni uqish va o‘quvchiga yetkazish bilan samaradorlikka erishsa bo‘ladi. 237 “Ko‘kboy” hikoyasida birinchi hikoyadagi kabi vafodor it va uning egasiga sadoqati haqida yozilsa ham mavzularni qamrab olish jihatidan “Qorako‘z majnun” ushbu hikoyadan farq qiladi. “Dumi uzun, quloqlari qalin jun orasiga yashirinib ketgan, oyoqlari ingichka ko‘k rangli it”- deya tasvirlangan Ko‘kboy yoshligidan ovchi it sifatida tarbiyalanadi va egasi bilan birga bir nechta ovlarga qatnashadi. Qish kunlarining birida, ov paytida, egasi juda uzoqqa tinimsiz yugurgani natijasida oyoqlari ishlamay, tomirlari tortishib hushini yo‘qotadi. Shu paytdagi itning holatini yozuvchi kitobxon ko‘z o‘ngida jonlantiradi. “Ko‘kboy egasining tevaragida g‘inshir, hurar edi. Keyin uni choponi baridan tortqilay boshladi. U egasini hech mahal bunday ahvolda ko‘rmagan edi. Nihoyat, ovchining boshida cho‘nqayib o‘tirdi-da, tumshug‘ini osmonga ko‘tarib ingichka uvladi. So‘ng yalinib egasiga yana qaradi. Yana uni tortqilashga tushdi. Egasi qo‘zg‘almas, lekin uning burni tegib turgan qor asta-sekin sarg‘ayib borardi”. Yoki bo‘lmasa “… chiqib borarkan, qordagi qorayib yotgan jasad yonida bir- biri bilan talashayotgan ikkita hamjinsini ko‘radi. Otilib borib, ularga o‘zini urdi. Bunday bo‘lishini kutmagan bo‘rilar ikki tarafga qarab qochdi. It ovchini gir aylanib hidladi va shahd bilan bo‘rilarning biriga otildi. Jasad ustiga kelib qolgan ikkinchi bo‘ri tishlarini taqillatib uni qarshi oldi. Lekin Ko‘kboy hozir tap tortadigan emas edi. U ashaddiy yirtqichga aylangan, ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasdi” [Shukur X., 27-b]. Hikoyalardagi ushbu sadoqat va vafoning mushtarakligini qiyoslaymiz: “Magnitafondan kampirning ovozini eshitgan Qorako‘z majnun akkillar, yerni timdalab, orqasiga tuproq otardi. U odamlarni jonidan bezor qilib, tinmay vovullar, u yoqdan- bu yoqqa yugurib akkillagani akkillagan edi. Shu payt to‘rtinchi qavatdan kimdir varanglatib o‘q uzdi. Qorako‘z vangillab yonboshiga ag‘darildi. Orqa oyog‘ini bir-ikki silkitib jimib qoldi.Qorako‘z kampirning ovozi kelayotgan bolaxona tomonga yuzini burgancha jonsiz yotardi” [Said A. Qorako‘z majnun. Hikoyalar to‘plami.– Toshkent: O‘zbekiston, 2001, 107-b]. “Kechki payt Salqin opa itni izlab keldi. It hamon ertalabgi alfozda yotardi. Opa o‘kirib yig‘ladi va itning bo‘ynidan quchoqladi. It paxmoq dumini qimirlatib, 238 ayolning qo‘lini yaladi. So‘ng, Salqin opa itning bo‘ynidan tortdi, ammo it qo‘zg‘almadi. Kesak bilan urdi, turmadi. Uning bag‘ri go‘rga yopishib qolganga o‘xshardi. Opa yana yig‘ladi va uyga qaytib, non bilan bir hovuch oqqand olib kelib, itning oldiga qo‘ydi. It ularga sovuqqina qaradi-yu, ammo hidlab ham ko‘rmadi. Ayol tag‘in uyiga olib ketmoqchi bo‘ldi. It tag‘in jilmadi. Ko‘kboy yana ikki kun shu ko‘yi yotdi. Uchinchi kuni odamlar uning muzlab qolgan jasadini ko‘rdilar” [Shukur Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. Hikoyalar. – Toshkent.: 2003, 28-b]. Yuqorida qayd etilgan mulohaza va fikrlarni jamlab adiblarning hikoyaga singdirgan falsafasi va dunyoqarashiga e‘tibor bersak, ulardagi xilma-xillik, o‘ziga xos yondashuv bilan bir qatorda umumiy o‘xshash jihatlariga ham guvohi bo‘lamiz. Said Ahmad “Qorako‘z majnun” hikoyasi orqali ichki dunyosi o‘ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e‘tiqodidan qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan qahramonga, ya’ni Saodat ayaga, Qorako‘z majnundek vafodor, egasiga sodiq bir itni doimiy hamroh qiladi va farzandlaridan kutadigan nimaiki fazilat bo‘lsa, it obrazi orqali ushbu fazilatlarni mujassamlashuvini ochib beradi. Shukur Xolmirzayev hikoyasida ham quruq nasihatgo‘ylik, qolibga solingan iboralarni deyarli uchratmaymiz. Adib hikoyasida yangi obraz yaratishga va insondagi fazilat-u nuqsonlarni borligicha ko‘rsatishga urinadi. Uning qahramonlari o‘zga yozuvchilarning qahramonlariga o‘xshamagan: goh do‘lvor, goh to‘pori, goh dag‘al va chapani kishilar. Adib “Ko‘kboy” hikoyasida asar g‘oyasini, badiiy topilmalarini ochiq aytavermagan. Kitobxon hikoyani o‘qish jarayonida xulosani o‘zi chiqaradi. Hikoyani oddiy va ravon uslubda bayon qilib, qahramonlar va ularning fe‘l-atvori, sadoqati, mehr-muhabbatini his qilishni kitobxon zimmasiga yuklaydi. Ikkala hikoyani o‘qigan kitobxon qalbida ikki asosiy obraz it va uning vafosi, mehr-muhabbati ba‘zida insonlarnikidan ham yuksakroq xislat sifatida namoyon bo‘lishi mumkinligini yaqqol sezadi. Har ikkala hikoya so‘ngida egasi vafot etgandan so‘ng yashashni istamagan, hayotdan umidini uzgan sadoqatli itlarning o‘limi fojiali tarzda yakun topgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling