Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Annotatsiya: Maqolada Said Ahmad qalamiga mansub “Kelinlar 
qo‘zg‘oloni” komediyasi yuzasidan mulohazalar o‘rin olgan.Ona va farzandlarning 
o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
Oiladagi ahillik va birdamlikning nechog‘lik muhim ekani, qaynona va kelin 
munosabatlari komik holatlar bilan yonma-yon tasvirlanishi ochib berilgan. 
Qahramonlar xarakterini tasvirlashdagi o‘zgacha uslub haqida to‘xtalib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: qaynona-kelin munosabati, oilaviy birdamlik, ahillik, 
o‘zbekona andisha, poklik va halollik 
Adabiyotning asosiy ta’sir maydoni ko‘ngil hisoblanadi. Qalban o‘qilgan har 
qanday asar inson xotirasida o‘chmas iz qoldiradi. Sevimli asarlarning qayta-qayta 
mutolaa qilinishining asosiy sababi ham shu hisoblanadi. O‘zgacha uslub 
yordamida mavzu atrofida yangi fikr ayta olish, hech kim ilg‘amagan tomonini 
ko‘rsata olish natijasida “dunyoga kelgan” ijod mevasi aslo vaqtga bo‘yin 
egmaydi. Ulardagi go‘zal ifodalar, qahramonlar xatti-harakati, personajlarning har 
bir gapi, har bir holati kitobxonning yodida saqlanib qoladi. Said Ahmad qalamiga 
mansub “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasi ham ana shunday asarlar sirasiga 
kiradi. Asar 3 pardadan iborat hazil-mutoyiba bo‘lib, 1976-yilda yozilgan. 
“Dramatik asarlarni janrlarga ajratishda ularning asosiy estеtik bеlgilariga 
tayaniladi. Tragеdiyaning asosiy estеtik bеlgisi — tragiklik, komеdiyaning asosiy 
estеtik bеlgisi — komiklik, dramaning asosiy estеtik bеlgisi dramatiklik sanaladi”
1



231 
Bundan ko‘rinadiki, komеdiyaning markazida komik xaraktеr turadi. Komik 
xaraktеr dеganda o`zida idеalga tamoman zid illatlarni jam etuvchi yoki ulardan 
ayrimlarini namoyon etuvchi pеrsonajlar nazarga olinadi. Bu janrda xaraktеr 
komikligi bilan holat komikligi ko`pincha uyg`unlashib kеladi, bir-birini to`ldiradi. 
Said Ahmad tabiatan hazil-mutoyibaga o‘ch, kulgini sevadigan kishi bo‘lgan. 
“Chamamda, meni ayni shu narsa – hazil-mutoyibaga o‘chlik, yumor hissining 
kuchliligi saqlab qoldi. “Yaratganning o‘zi dard-ofat bilan birga uning davosini 
ham beradi”,-deyishadi-ku! Agar menda ayni shu kulgiga o‘chlik bo‘lmaganida 
allaqachon kulfatlar quyuniga g‘arq bo‘lib ketardim. Ehtimol, shu g‘am-kulfatlarni 
unutish uchun ham xushchaqchaq narsalar yozgim kelgandir. Payti kelganda, aytib 
qo‘yay, kulgi orqali odam bolasi har qanday balo-qazolardan, hatto o‘limdan ham 
g‘olib kelganligiga ko‘p bor iqror bo‘lganman…”
1
. Said Ahmad ushbu san’at 
asarida o‘zbek xalqining o‘z “men”ini namoyon etishga urindi va bu ishni 
qoyilmaqom qilib bajardi. Natijada, o‘zbek komediyasining rivojiga ulkan hissa 
qo‘shdi, yangi ijodiy maktabga asos soldi. Shu sabab ham bu komediya yozuvchi 
uchun eng katta shuhrat olib keldi. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”ning o‘nlab tillarga 
tarjima qilingani, ko‘plab mamlakatlarning sahnalarida qo‘yilgani fikrimizning 
isbotidir. U asosida 1984-yilda suratga olingan kinokomediya yoki spektaklini 
yodga olsangiz ham yuzingizga yengil tabassum yuguradi. Bundan tashqari, asar 
1999-yilda Amerika sahnasida qo‘yilib, katta muvaffaqiyat qozongan. Ularning 
yaratilganiga ancha fursat o‘tgan bo‘lsa-da, hali-hanuz zangori ekranlardan 
tushmaydi. Qayt
25
a-qayta tomosha qilsangiz-da, g‘ashingizga tegmaydi. Sababi, 
unda birgina o‘zbek oilasi orqali butun bir millat hayoti qalamga olinadi 
Muallif bu asarga ham turli-tuman tajribalar, izlanishlar orqali uzoq yo‘l bosib 
keladi – uning komediyada markaziy o‘rin tutuvchi qahramoni avvallari qay bir 
qirralari bilan bir qator hikoyalar va hajviyalarida namoyon bo‘lgan edi. Keyin esa 
Farmonbibi haykalday qurama obraz sifatida “Kelinlar qozg‘oloni”da paydo 
bo‘lib, o‘zining g‘olibona yurishini boshlaydi. Bosh qahramonimiz bo‘lmish 
1
U.Normatov. Bedorlikda o‘tgan umr. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”gazetasi, 
2010-yil 48-son


232 
Farmonbibi 75 yoshni qarshilagan nuroniy ayol bo‘lib, 7 o‘gilning onasi, 7 
kelinning qaynonasi, 41 nabiraning sevimli buvijonisi hisoblanadi. Butun boshli 
katta bir oila shu ayol izmiga bo‘ysunib yashaydi: “Mamlakatimizning territoriyasi 
xuddi shu yerga kelganda tugaydi. U yog‘i boshqa mamlakat. Mana shu parda 
chegara. U yog‘i xotin poshshoning yurti. Bu poshsholikning o‘z qonuni, o‘z urf-
odatlari bor”. Qahramonimiz qattiqqo‘lligi, hammaga so‘zini o‘tkazishi bilan 
nafaqat oilada, balki butun shahar bo‘ylab mashhur qaynonalardan biri sanaladi. 
Shu sabab ham u mahallada “Marshal kampir”, shaharda esa “Genaral kampir” 
nomi bilan tanilgan: “Osmoni falakni guldiratib kelayotgan samolyot uyimiz 
tepasiga kelganda pidirpis qilib, ovozini chiqazmay o‘tadi…” 
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” badiiy asar, shuning uchun yozuvchi mubolag‘a qilish, 
xayolotiga erk berish huquqidan keng foydalanadi. Shuning natijasida o‘ziga xos 
Farmonbibi xarakteri yaratiladi. Farmonbibi kelinlarining oshini zahar-zaqqumga 
aylantiradigan zolim qaynona emas, balki talabchan, lekin adolatli, insofli, 
donishmand ayol sifatida gavdalanadi. U o‘z tajribasiga, yaxshilik haqidagi o‘z 
tushunchalariga tayanib, oilaviy hayot tizginini qattiq ushlab turadi. Shuning uchun 
tomoshabin bu bag‘ri keng, fikri teran, hayotga chuqur qaraydigan mehribon 
ayolni sevib qoladi. 
Farmonbibi ibo-hayo masalalariga ham jiddiy qaraydigan, bu yo‘lda hech 
kimni ayab o‘tirmaydigan oriyatli ayoldir. Xonadonga kelganiga endigina 10 kun 
bo‘lgan kenja kelin Nigoraning ochiq kiyimda mashg‘ulot qilishi, ishga kalta 
kiyimlarda otlanishi uning fig‘onini falakka chiqaradi. Axir necha ming yillardan 
buyon qadr topib kelayotgan qadriyatlar masalasi oilaning asosiy poydevoridir. 
Buni yaxshi anglagan dono qaynona kelinini xonadon qoidalariga rioya qilishga 
undaydi va ma’lum ma’noda bunga erishadi ham. Kenja kelinini yaxshi so‘zlar 
bilan maqtab, muloyim supurgiga aylantirib qo‘yadi. O‘g‘illar tomonidan bu holat 
quyidagicha izohlanadi: “Bu bir taktika. Oyim arslonga o‘xshab ish tutadilar. Bir 
qadam orqaga chekinib turib, sakrab hamla qiladilar”. Yana e’tibor berish kerakki, 
Farmonbibi nutqida shunday jumla ham uchraydi: “Men yaxshiga yaxshi, 
yomonga yomonman”. Bundan kelib chiqadiki, aytganlariga itoat etgan, unga iliq 


233 
munosabatda bo‘lganlarni hamisha yaxshi ko‘radi. Masalan, beshinchi kelini 
Muhayyoni erkalab, “g‘ildirak”, “ multfilm”, “qoqindiq”, “girgitton”, “o‘rgilay” 
deb chaqiradi. Chunki Muhayyo nihoyatda samimiy, xushchaqchaq kelinlaridan 
biri hisoblanadi.
“Kelinlar qo‘zg‘oloni”da, nafaqat qaynona-kelin muammosi, oilaviy 
kelishmovchiliklar, balki o‘g‘illarning onasiga bo‘lgan hurmati, sadoqati tarannum 
etilgan. Yettita o‘g‘il ham ishlab topgan pullarini har bir so‘migacha onasiga 
berishadi, onaga qattiq gapirish u yoqda tursin, ko‘ziga ham tik qarashmaydi. 
Xotinlarining yo‘lidan yurib, onasining so‘zini ikki qilishmaydi. Chunki 
qahramonimiz farzandlarini aynan shunday tarbiya bilan o‘stirgan. “Yetti oila 
yettiga bo‘linib ketsa, bir-biridan mehri qochadi. Bir biriga begona bo‘lib 
ketishadi”. Onaning qahr ortidagi so‘nmas mehr-muhabbati o‘g‘illarini hamisha 
ahil va hamjihat bo‘lishga undaydi.
Asarda halollik va poklik fazilatlari ham ulug‘lanadi. Birovning haqini 
yeyishga o‘rganmagan qaynona ikkinchi kelini Bo‘stonning farzandiga otasidan 
kelgan aliment pulini qaytargizib yuboradi: “Men bunaqa puldan hazar qilaman. 
Bolani o‘zim boqqanman. Bu yog‘iga ham qurbim yetadi. Velosipedni o‘zim olib 
beraman”. Bundan tashqari, qing‘ir ishlari sababli qamalib qolgan o‘g‘lini pora 
evaziga qutqarib olmoqchi bo‘lgan ayol bilan bo‘lgan suhbatda ham 
Farmonbibining nechog‘li halol ayol ekaniga guvoh bo‘lamiz: “ Bolalarim, 
sizlarga harom tomoq yedirganmanmi? Sizlarga o‘g‘irlik qilgin deb 
o‘rgatganmanmi? Men o‘rtaga tushsam, pora olasizlarmi?..” Bu savollariga 
o‘g‘illaridan o‘zi kutganidan-da ziyoda javob olgan onaning holatini tasavvur 
qiling-a… “ Rahmat sizlarga. Rahmat!” Haqiqiy tarbiya o‘chog‘i aynan shu 
jumalalar ichiga yashiringan, desak adashmaymiz. 
Shu sabab ham bu asar har bir inson uchun katta tarbiya maktabini o‘taydi, 
desak adashmaymiz. Ayniqsa, hayotning oila deb atalmish ostonasiga endina 
qadam qo‘yayotgan yoshlarimiz uchun bu asar tuganmas xazina misoli yangraydi. 
Asardagi o‘ta xalqchil, pishiq-puxta badiiy ifodaning, sehrli kulgining bosh omili, 
zamini ana shunda. Milliy komediyamizning “Maysaraning ishi”, “Shohi 


234 
so‘zana”dan keying namunasi, deya e’tirof e’tilgan “Keinlar qo‘zg‘olini” asari 
aynan shuning uchun ham barcha kitobxonning qalbidan joy olgan.
Said Ahmad esa yaratgan yetuk asarlari, ulardagi qahramonlar kabi o‘zining 
ibratli hayoti, Benazir shaxsiyati, bebaho suhbatlari bilan ham xalqimiz, 
adabiyotimiz tarixi, ham zamondoshlari xotirasida o‘chmas iz qoldirdi! 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling