Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Jo'rayev T. Ong oqimi modern, Farg‘ona, 2009. 
2. Umrzaqov R. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida obrazlar psixologiyasi. 
Filologiyaning dolzarb muammolari // ilmiy-nazariy anjuman materiallari. 
Farg‘ona, 2015. 
3. Said Ahmad. Hikoyalar. 
www.ziyouz.com
kutubxonasi.


245 
4. Meliyeva U. Said Ahmad – hikoyanavis. Samarqand, 2012. 
SAID AHMADNING URUSH MAVZUSIDAGI HIKOYALARIDA 
INSON TAQDIRI MASALASI 
Hayitbek BILOLOV
Guliston davlat univesiteti talabasi 
 
Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Said Ahmadning urush mavzusidagi 
hikoyalarida inson taqdiri masalasi tahlilga tortiladi. Umumbashariy qadriyatlar 
takomillashuvida urush illatlarining inson taqdiriga bo`lgan salbiy ta’siri va uning 
oqibatlari xususida fikr yuritiladi. 
Kalit so`zlar: hikoya, qissa, hajviya, roman, dialog, ijod labaratoriyasi, 
tarixiy haqiqat, badiiy to`qima, insoniyat.
 
O`zbek adabiyoti bo`stonining chamanzorini axtarsak, ijodkorlarning sohir 
qalami ostida yaratilgan ajib turfa “gullar”ni topa olamiz. Bu jarayonning borligi 
adabiyotimizning asrlar silsilasidan o`tib kelayotganligining inkishofidir. Ushbu 
holatdan bahramand olgisi kelgan har bir kitobxonning oldida ulkan vazifalarning 
qad rostlayotgani biz o`rganishga urinayotgan chinakam adabiyotning ochilishi 
lozim bo`lgan jihatlaridan biridir. Bu holatda adabiyot millat tanlamasligi bilan 
ham ajralib turadi.
Ijodkorning o`tkir qalami ostida maydonga saf tortgan so`zlarning tizmasidan 
hosil bo`lgan ruhiy quvvat ma’lum bir asarining obrazlariga sezilarli ta’sir qiladi. 
Shuning uchun ham ijodkorning ayrim asarlari shaxsiyati o`laroq dunyo yuzini 
ko`radi. Bu holatda ushbu yozuvchining ijodini o`qigan kitobxonning ko`z o`ngida 
muallifning surati qayta chiziladi. Suratning o`tkir nigohi ila kitobxon bilan asar 
muallifi bevosita tillashadi. Ulardagi o`ziga xoslik uning badiiyatini belgilab 
beradi. Shunday asarlar bo`ladiki, ular davrni tan olmaydi. Davrning sinoviga 
bardosh berib, asrlar osha barhayot yashaydi. Sababi oddiy, bunday asarlarda 


246 
umuminsoniy qadriyatlar baland notaga ko`tarilgan bo`ladi. Ayrim ijodkorlar 
aynan shu narsani ko`zlab ijod qilsalar, boshqalarida bu holat ko`zga tashlanmaydi. 
Bundan tashqari asarda eng ezgu, eng pok, eng go`zal tuyg`ular taranumi 
mavjudlikka yuz tutsa bunday asarning umriboqiyligi kafolatlanadi.
Ijodkor ijod qilish jarayonida o`ziga xos ijod labaratoriyasini quradi. Bu 
holatda u ma’lum bir asarini yozishdan oldin o`sha asar uchun materiallar 
to`playdi. Ularga kiritmoqchi bo`lgan voqealarni, joylarni belgilab oladi. Busiz 
asar yozish nihoyatda qiyin. Hayotdagi voqeaning badiiy asardagi to`qima bilan 
aralashuvi ajib bir badiiy adabiyot namunasini maydonga kelishiga zamin yaratadi. 
Aytib o`tganimdek, ijodkor asarga asos bo`luvchi ushbu voqealarni o`z ko`zi bilan 
ko`rib tahlildan o`tkazsa, unda bevosita ishtirok etsa, asarning saviyasi bir pog`ona 
ko`tariladi. Qahramonining ichki ruhiyati bilan yashash muallifning obraz 
yaratishdagi muhim qadami bo`lib xizmat qiladi.
O`tmish – moziyga qarasak, insoniyatning yashagan, yashab o`tgan davrlari
ularning qilgan amallari-yu, kechirgan hodisotlari ko`z oldimizda gavdalanaveradi. 
Insoniyat necha ming yillar davomida o`zining haqiqiy ma’noda insoniyligini 
topish uchun juda ko`p izlangan. Birovlar o`z ijod namunalari orqali boshqalarning 
ko`ngillarida umid uchqunlarini yoritgan bo`lsalar, yana boshqalari esa bunday 
qalblarni qaytadan vayron qilishni istab qolishardi. Insoniyat ko`ngli – Allohning 
Ka’basi. Baytni buzib kirish insonni iztirobga solib qo`yadi. Uni vayron qilish esa 
o`sha insonni o`ldirish bilan barobar.
O`tmishda shunday insonlar ham yashab o`tganki, ular qoldirgan ma’naviy 
meros necha asrlar oshsa-da, insoniyat tomonidan unutilmay keladi. Ayniqsa, 
bunday zotlar eslanganda odamzodning yuzida tabassumning jilvalanishi ularga 
nisbatan hurmatni ikki hissa orttiradi. “Guruch kurmaksiz bo`lmaydi”, - 
deganlaridek, yaxshi insonlar qatori ularning aksi bo`lgan yomon, g`alamis kishilar 
ham tarixga muhrlanish “harakatida bo`lishgan”. Qanaqa qilib deysizmi? Yomon, 
buzg`inchi ishlarni qilib, odamlarni ko`ngillariga nifoq solish nuqtayi nazaridan 
mana shu orzuda yashaganlar.


247 
Urush... insoniyat boshiga iztirobli ohanglarni olib kelgan hodisa. Urush... 
necha yuzlab xalqlarning tinchini buzib, necha minglab oilalarni parokanda 
aylagan “dushman”. Urush... oilalar musibatini olamga ko`z-ko`z qilguvchi 
“oyna”. Urush... ota-onalarning so`ngsiz iztirobini o`zida jo qilgan “kitob”. 
Urush... necha yosh murg`aklarni yetim qilib belagan “belanchak”. Urush – necha 
millionlab bolalarning tarbiyasi vazifasini o`tagan “olovli o`choq”. Urush – oila 
faryodining mudhish “nolasi”. Urush – necha minglab oilalarning yostig`ini 
quritgan “jizg`anak olov”. 
Urush so`zini eslash har bir odamning yuragida “zilzila” paydo qiladi. 
“Motor” beixtiyor fig`on chekib uradi. Ayniqsa, bu nola ijodkor olamida vujudga 
kelsa, u “ajib” bir qo`shiqqa aylanadi. Ijodkorning tengsiz mahorati ila urushning 
asl ma’nosi boshqalarga badiiy bo`yoqlar vositasida singdiriladi. Ijodkor urush 
davrini o`z ko`zi bilan ko`rgan, uning ichida yashagan bo`lsa, uning ijodi yanada 
yorqinroq tusda namoyon bo`ladi.
Urushning dahshatini urushga borib kelganlar his qila oladi, xolos. Biroq 
uning qanday musibatli ohangligini his qildirish, urushning insoniyat boshiga 
keltirgan balo-yu ofatlarini kitobxon ko`z oldida gavdalantirish ijodkorlarning 
gardaniga tushgan vazifalardan biridir. Ijodkor urush muhitida katta bo`lsa, u 
yozgan asarning qiymati sezilarli darajada bo`ladi. Chunki ijodkor bunday paytda 
hayotda mavjud bo`lgan har bir holatga real baho bera oladi. Uni asariga 
voqelantiradi. Unga dinamika va ruhiyat ko`chiradi. Bunday holatda u qahramon 
ruhiyati bilan o`z qalbini sug`oradi yoki, aksincha. Urush mavzusida o`tgan 
asrning juda ko`p yillari qalam tebratilgan. Bu mavzuda ijod qilish har bir ijodkor 
uchun juda katta bilim va mas’uliyatni talab etadi.
O`zbek nasrida urush mavzusi juda ko`p yozuvchilarning asarlarida mavjud 
bo`lib, ular ijodkorning teran nigohi, davrni yaxshi his qilishi orqali har xil tusda 
badiiyatga ko`chadi. “Urush haqida o`sha davrning o`zida ham, urush tugaganidan 
so`ng ham asar bitgan adiblar bu davr ruhini chuqurroq aks ettirganliklarini qayd 
etish lozim. Bunday yozuvchilar adabiyotda butun boshli bir silsilani tashkil etadi. 
O`zbek prozasining rivojida yozuvchi Said Ahmadning xizmatlari alohidadir. U 


248 
o`zining o`nlab hikoyalarida urush davri bilan bog`liq voqealarga turli 
munosabatlar bilan murojaat etdi. Adib iste’dodining natijasi o`laroq o`zbek harbiy 
prozasi urushning inson uchun naqadar og`ir qismat ekanini hozirgi kitobxonga his 
qildirgan” [O`ljaboyev U., 2012, 108-bet]. Darhaqiqat, uning roman janrida 
yozilgan “Ufq” trilogiyasida, qolaversa, o`nlab hikoyalarida urushning eng chirkin, 
eng qora hodisalardan biri ekanligi, odamzodning boshiga tushgan musibatli 
ohanglari badiiy ifodalab berdi.
Said Ahmad 60-yillargacha badiiy ijod bilan qizg`in shug`ullanib, ancha 
qalami o`tkirlashadi. Ayniqsa, yozuvchi “xalq dushmani” sifatida qamoqqa 
olinganidan so`ng uning ijodida yana o`sish kuzatiladi. Chunki u jamiyatning asl 
basharasini ko`zguda akslanganini ko`rib ulgurgan edi. Shunday bo`lsa ham u ijod 
qilishdan to`xtamadi. Ijodlarida o`ziga xos obrazlar tizimini yaratdi. Chunonchi, u 
“...qissalar, hajviyalar, hikoya va romanlar barpo etib, ularda odamlarning qalbiga 
kira oladigan, ularning yaqin do`stlariga, hamdardlariga aylanib, og`irini yengil 
qila oladigan, ruhiga madad beradigan jonli xarakterlar silsilasini yaratdi” 
[Sharafiddinov O., 2004, 356-bet].
Said Ahmadning “Turnalar” hikoyasi urush mavzusida yozilgan bo`lib, ana 
shunday xarakterlarni jonli yoritgani bilan ahamiyatga molik. Yozuvchi turnaning 
hayoti bilan insonning buguni va ertasini tenglashtirish asnosida hikoyaga shunday 
joylaganki, bular vositasida hikoyaning asosiy ma’nosini chuqurroq anglashga 
yordam beradi.
Hikoyaning bosh qahramoni – Sobir amaki. Uning ikki o`g`li urushda o`lib 
ketgan. Lekin otaxon sabr qilib, o`z tirikchiligi bilan ovora. Uning yuragini dard 
kemiradi. Nima qilsin bechora? Ikki o`g`lining o`ligini ham ko`ma olmagan 
bo`lsa... Yozuvchi hikoyani boshlar ekan, turnaning ovoziga ahamiyat beradi. 
Hikoyachi qahramon esa turna vositasi o`laroq, Sobir amakiga duch keladi. Sobir 
amakining birdan-bir avaylab o`stirib turgani – mana shu turna.
Hikoyani o`qir ekanmiz, Sobir amakining dardiga beixtiyor sherik bo`lamiz. 
Unga ich-ichimizdan achinamiz. Nasriy asarlarda lirik kechinmaning berilishi 
insonning ko`ngliga yo`l topishning birdan-bir yo`li. Sababi biz kuzatgan bunday 


249 
hodisa faqat she’riyatga xos. Lekin biz tahlilga tortishga urinayotgan hikoya ham 
aslida mana shu hodisa bilan badiiyati yuksak.
Hikoyada 
dialoglar 
munosib 
o`rinni 
egallaydi. 
Asarda 
keltirilgan 
qahramonlarning suhbati bizni ham sherik qilib tinglashga majbur qiladi.
Hikoyada turna majoziy ma’noda ishlatilgan bo`lib, yozuvchi bu orqali 
urushning dahshatini his qilishimizni ko`zlagan. Unda tasvirlanishicha, turna 
yarador ahvolda cholning chodiri oldida paydo bo`lgan. Demak, uni kimdir otgan 
yoki bo`lmasa turnalar orasida janjal chiqib shu ahvolga tushgan.
Endi cholning o`g`illari tasviriga e’tibor beramiz. Ular ham o`zga yurtlarda 
jang olib borib halok bo`ldilar. Ular ham turnaning ahvoliga tushdilar. Biroq u 
yerlarda choldek mehribon insonlar mavjud emas. Insonning boshiga kulfat tushsa, 
iztirobdan qalbiga olov tushadi. Beixtiyor shu olov ta’sirida boshqalarni ham 
yondirishga harakat qiladi. Biroq cholda bu biroz yengil o`tadi. U chekinmaydi. 
Andryusha ismli bolani asrab oladi. Uni suyib erkalaydi, biroq u ota-onasining 
oldiga qaytishga intilaveradi, xuddi turna kabi. Jonivorlar o`z to`dasiga intilgani 
kabi inson ham o`z tug`ilgan oilasiga talpinaveradi.
Yozuvchi o‘z hikoyasida urush atrofidagi insonlarni tasvirlash vositasi 
o`laroq, ko`nglidagi iztirobli, dardli nolasini qog`ozga to`kib solgan. Hikoyaning 
oxirida juda chiroyli jumlalar keltirilgan bo`lib, insonni o`yga toldiradi: “O`sha 
mayib turna cholning qo`lida shifo topib, yana o`z karvoniga qo`shilganini 
bilarmikan? Har ko`klam o`sha chayla ustidan o`tayotganda bobosini eslab 
qo`yarmikan? Eslasa kerak deyman! Men uning shu chayla ustidan chiroyli 
binafsha kokillarini silkib, boboga ta’zim qilib o`tishini juda-juda istardim” [Said 
Ahmad, 2000, 122-bet]. Darhaqiqat, chol farzandlar tarbiyalab, ularni voyaga 
yetkazib, uchirma qildi, biroq ular qaytib kelmadi. Mana urushning dahshati, mana 
urushning halokatli ohangi!
Said Ahmadning urush mavzusidagi hikoyalarida inson taqdiri masalasi bosh 
mezon qilib olingan. Asarning qimmatini oshiruvchi jihatlardan biri ham ana shu 
insonlarning hayotini badiiylikka olib kirish vositasi o`laroq, uni qaytadan real 
voqelikka yoyishdir. Kitobxon ko`z o`ngida xuddi bo`lib o`tgan voqealardek asarni 


250 
jonlantira bilish asar muallifining tengsiz ist’edodidandir. Ayniqsa ayollar, ota-bola 
munosabati mavzusida yozilgan asarlarida bu holat yaqqol ko`zga tashlanadi.
Said Ahmadning “Sarob” hikoyasi millatga xos bo`lgan qadriyatlarning urush 
tufayli “sarob”ga aylanishi tarannumidir. Sarobning ko`rinmaslik alomati esa 
boshqalarning nazdida xuddi oldin bo`lmagandek voqelanadi. Ijodkorning 
san’atkorona bezashi oqibatida bu holat juda chiroyli dalillangan.
“Urush, uning oqibatlari inson taqdirida o`chmas izlari haqida ko`plab asarlar 
dunyoga kelgan bo`lib, ularni o`qigan kitobxonga ta’sir qilmay qolmaydi. Urush 
tufayli bola otadan, ota boladan, ma’shuqa oshig`idan judo bo`ladi. Urush to`zoni 
ota bilan bolani bir-biriga raqib etib qo`yadi, mushtipar ona nobop o`g`il qilmishi 
tufayli uyat, or-nomus iskanjasida olamdan o`tadi, boshqa bir ona jangda halok 
bo`lgan yolg`iz o`g`li dog`ida telba bo
ʻlib qoladi” [Normatov U., 2008, 12-bet]. 
Darhaqiqat, ushbu fikrlarning tarannumi sifatida maydonga kelgan “Sarob” 
hikoyasida urush tufayli ota-bola o`rtasidagi munosabatning darz ketishi 
tasvirlangan. Hikoyadagi ota va bola munosabati bizga ayanchli davr uchun xuddi 
bo`lmagandek, taassurot uyg`otadi. Asarning bunday jonli chiqishi uchun 
muallifning davrga to`g`ri munosabati muhim. Asarda o`sha muhitning ikir-
chikirlarigacha tasvir etilishi kitobxonning davr bilan hamnafas bo`lishini 
ta’minlaydi. Kitob o`qish jarayonida davrga to`g`ri baho bera oladi, yechim topa 
biladi. Yuqoridagi hikoyada ana shu omilga chuqur tayanilgan. Said Ahmad biz 
tahlilga tortgan ikki hikoyasi orqali urushning insoniyat boshiga ne-ne azob-
uqubatlarni solishi mumkinligini uqtirgan. 
Badiiy asarni estetik jihatdan tahlil qilish san’atkorning shaxsiy estetik 
idealini ochishimizga birmuncha yordam beradi. Ushbu holatda uning zargarona 
so`z san’atkori ekanligini bilib olishimiz ham mumkin. Bunday tushishimizga
albatta, ijodkorning iste’dodi, izlanishlari sabab. Asarni badiiy talqin qilish juda 
muhim jihatlardan biri bo`lib, unda keltirilgan voqealar, qahramonlar, joy nomlari 
o`sha davr koloritini belgilab berishi bilan ahamiyatli bo`ladi. Bu holatda sinchi 
asarga to`g`ri baho bera olsa, asarning ruhiy quvvati oshib boraveradi. 


251 
Ijodkor olami – noyob gavhar. Ushbu gavharning ko`ngil tubida jilvalanishi 
odamlarni o`ziga tortadi. Asarlari asrlar osha barhayot bo`lishini istagan ijodkorlar 
o`quvchini o`yga toldiradigan mavzuda qalam tebratishni lozim biladilar. Inson 
taqdiri ijodida o`ziga xos jilvalanishda namoyon bo`lsa, bunday ijodkorlarning 
yozgan asarlari ham o`qimishli, ham o`yga solishi bilan kitobxonlar ommasini 
o`ziga jalb qilmasdan qolmaydi. “Yozuvchi asarlarida shunday obrazlar 
yaratilsinki, ular kitob sahifalaridan chiqib hayotdagi odamlar safiga qancha ko`p 
qo`shilsa, shuncha yaxshi, deydi ustoz A.Qahhor. Said Ahmad butun ijodi 
davomida ustozning bu o`gitiga qat’iy amal qilishga intildi” [Sharafiddinov O., 
2004: 356-bet]. Obrazlarida bir umr o`ziga xosliklarni ifodalashga urindi. Uning 
“taqdirlar” aks etgan mana shunday asarlari kitobxonlar orasida o`ziga xos sur’atda 
keng quloch yozgan.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling