Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAID AHMAD IJODI VA UNING ADABIYOT OLAMIDAGI AHAMIYATI
- Annotatsiya
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Normatov U. Ufqlarning chin oshig`i. – Toshkent.: Yurist-media markazi, 2008. 2. Said Ahmad. Tanlangan asarlar. Uch jildlik. 1-jild. – Toshkent.: Sharq, 2000. 3. O`ljaboyev U. Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi. – Toshkent.: O`zbekiston, 2012. 4. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – Toshkent.: Sharq, 2004. SAID AHMAD IJODI VA UNING ADABIYOT OLAMIDAGI AHAMIYATI SULTANOV Shoxruh Rahmon o‘g‘li Namangan davlat universiteti talabasi MAMATQOSIMOVA Nasiba Abdujabborovna Namangan viloyat Chortoq tumanidagi 21-maktab o‘qitvchisi 252 Annotatsiya: Ushbu maqolada yozuvchi Said Ahmad hayoti, uning rafiqasi Saida Zunnunovaning turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan sadoqati, adib asarlari haqidagi teran fikrlar, uning asarlaridagi ma’no va mazmunlar xususidagi fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Said Ahmad, Saida Zunnunova, “Ufq”, “Kelinlar qo‘zg‘aloni”. Adabiyot deya atalmish bir ulkan makon mavjuddirki, u makonda yashab o‘tgan insonning nomi bizning olamdagi insonlar qalbida mangu qolajak. Ya’ni ijod olamining ahllari butun umr davomida o‘zlarining bor hursandchiliklarini, qayg‘ularini, umumiy qilib aytganda butun vujudini ijod qilish, insonlarni ma’naviyatli bo‘lishlari uchun sarflagan siymolar haqida gap bormoqda. Bularga misol qilib turkiy adabiyotning asoschisi, so‘z mulkining siymosi Alisher Navoiydan tortib, Zahiriddin Muhammad Bobur, qolaversa, Cho‘lpon, Fitrat, Avloniy, G‘afur G‘ulom va hokazo minglab ajdodlarimizni misol etib keltirishimiz mumkin. Ana shu buyuklar ichida Said Ahmad nomi ham muhim o‘rinlardan birini egallab turadi. “O‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lmish Said Ahmad (to‘liq ism-sharifi Saidahmad Husanxo‘jayev) 1920-yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi.”[1] Said Ahmad butun umri davomida turli janrlardagi asarlar yaratib, kitobxon uchun sevimli inson sifatida iz qoldirdi. U 20 yoshidanoq o‘zining “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to‘plamini nashr ettiradi. Adabiyotlarda Said Ahmad ijodi mana shu to‘plamdan so‘ng gurkirab, birin-ketin o‘nlab asarlari nashr etilgani aytib o‘tiladi. Said Ahmad dunyodagi eng omadli inson ekanligi uning Saida Zunnunovadek turmush o‘rtoq nasib etganligidadir. Sababi shundaki, adibning boshiga og‘ir kulfat tushib “xalq dushmani” deya tuxmat bilan uni qamshganida ham o‘z jufti halolidan voz kechmadi. Kitoblarda Sovet hukumati tomonidan Saida Zunnunovaga eridan voz kechishlarini talab qilib, ko‘plab qistovlar qilishganida ham, matonatli ayol o‘z so‘zidan qaytmaganligi aytib o‘tiladi. Hatto buni biz sevib 253 tinglaydigan qo‘shiq she’ridagi: “Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum, Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay-hay” satrlarida ham shoiraning o‘z yorining vasliga intizor bo‘lib uni kutayotganligini bilib olishimiz mumkin. “Said Ahmad ham sadoqatli yori haqidagi xotiralaridan birida Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni O‘g‘irlik mol deyman, qilaman, hazar. Qalbimning parchasi singmasa, agar, Rozimasman, birov hadya etsa zar, - Misralarini keltirib: “Bu satrlar Saidaxonning she’rda chizilgan suratiga o‘xshaydi”, - degan edi”.[2] Bu orqali Said Ahmad hamda Saida Zunnunovaning muhabbatlari hozirgi yoshlarimiz uchun ham chinakkam o‘rnak bo‘la oladi, deya bemalol ayta olishimiz mumkin. Said Ahmad asarlari xususida so‘z borar ekan, u yozib qoldirgan yirik romanlardan tortib, kichik hikoyalargacha bugungi kun yoshlari, qolaversa, barcha kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi. Uning birgina “Ufq” nomli romani hamda “Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasi adibni shunchalik mashxur etadiki, hatto birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ushbu asar haqida quyidagi iliq fikrlarni bildirib o‘tgan: “Xalqimiz Sizni milliy madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan betakror so‘z san’atkori, zaxmatkash adib sifatida biladi va qadrlaydi… Sehrli qalamingizga mansub go‘zal romanlar, rang-barang qissa va hikoyalar, sahna asarlari kirib bormagan xonadon yo‘q. Ulardagi hayot manzaralar, insonning nozik qalb kechinmalari tasviri o‘zining milliyligi, xalqchil va teranligi bilan adabiyot muxlislarining mehriga sazovor bo‘lgan. Millatimiz ruhining badiiy ifodasi bo‘lmish “Ufq” romani jahonning turli mamlakatlarida namoyish etilayotgan “Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasi bu fikrning yorqin dalilidir”[3] Said Ahmad qalamiga mansub har bir asar kitobxon tomonidan sevib o‘qilgan va o‘qib kelinmoqda ham. Adabiyotshunoslarimiz Said Ahmadni Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulom yumori, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adib 254 sifatida ta’riflashgan. Bu bejizga emas, albatta. Yuqorida aytib o‘tilgan “Kelinlar qo‘zg‘aloni” asarining o‘zigina sahnalashtirilishi bilanoq, jamoatchilik olqishiga sabab bo‘lgan. Bunga asosiy sabab shundaki, asarda tasvirlangan o‘sha zamon qahramonlarining real hayot kechinmalari, undagi quvonchli kunlar-u, qayg‘ular ochiq oydin bayon etilgan. Said Ahmad yuqorida aytib o‘tganimizdek, “xalq dushmani” sifatida qamalib, juda ham qattiq qiynoqlarni boshidan o‘tkazadi. Lekin ushbu azoblar sevimli yozuvchimiz ruhini, qaddini buka olmadi. Hech bir yaxshi ish mukofotsiz qolmaydi. Xususan, Said Ahmadning barakali va mazmunli ijodiy faoliyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan. Qolaversa, xalqimiz ma’naviyatini boyitish hamda yuksak xizmatlari uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida ham adibning asarlarini o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida yaxshilik, mardlik hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish uchun maktab hamda oliygohlardagi darsliklarga kiritilgan. Bularda asosan, “Ufq” trilogiyasidagi “Qochoq” hikoyasi, mustaqillik yillarida yozilgan “Qorako‘z majnun” kabi chuqur ma’noli roman, qissa va hikoyalari o‘qitilib kelinmoqda. Yozuvchi, bir qancha mukofotlar sohibi, O‘zbekiston qahramoni Said Ahmad garchi bugun oramizda bo‘lmasa ham uning nomi, yozib qoldirgan bebaho asarlari bizlarning, qolaversa, kelgusi avlodning yodida mangu qolajak… Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling