Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRONTDAGI QAHRAMON O‘SARBOY OMONBOYEV (Said Ahmadning “To‘lqinlar” hikoyasi asosida) NO‘MONOV No‘monjon O‘zMU talabasi Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Said Ahmad. Qorako‘z majnun. Hikoyalar to‘plami. – Toshkent, O‘zbekiston, 2001. 2. Sobir Mirvaliyev. O‘zbek adiblari. (Xrestomatiya). – Toshkent, Fan, 1993. 3. Shukur Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. Hikoyalar. – Toshkent, 2003. 448- b FRONTDAGI QAHRAMON O‘SARBOY OMONBOYEV (Said Ahmadning “To‘lqinlar” hikoyasi asosida) NO‘MONOV No‘monjon O‘zMU talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Said Ahmadning “To‘lqinlar” hikoyasi qahramoni O‘sarboy Omonboyev tabiati talqin qilindi. Qahramonning front ortidagi jasorati, Vatan oldidagi burchi, yoriga sadoqati va muhabbati maqolada yoritib berishga harakat qilindi. Urushning insoniyat uchun keltirgan judoliklari qahramonlar taqdiri orqali tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Urush, muallifning badiiy g‘oyasi, psixologik tasvir, lakonizm, tasvir, falsafiy umumlashma, sadoqat, qahramon, inson, burch, nomus, saboq. Barchamizga ma’lumki, urush qanchadan qancha oilalarni baxtsizlikka mahkum etgan. Onadan farzandni, farzanddan otani, ayoldan erini ayro qilgani ayni haqiqatdir. Urush haqida ne-ne asarlar bitildi, dostonlar kuylandi. Uning o‘tkir tig‘i hali-hanuz kishilar qalbini o‘rtab kelmoqda. Ana shunday voqealar haqida hikoya qiluvchi asarlardan biri “To‘lqinlar” hikoyasidir. Bu asar qisqagina hikoya bo‘lsa-da, kitobxon qalbida o‘chmas iz qoldidi. Said Ahmad Husanxo‘jayev ana shunday betakror asarlar muallifidir. Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G‘afur G‘ulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir. Said Ahmad 240 serqirra ijodkor. Adib ko‘p yozsa-da, xo‘b yozganlardan edi. Darhaqiqat, Said Ahmad o‘zida uch bobokalon qalam ustasining ijodiy tajribasini saqlagan buyuk ijodkor edi. Said Ahmad – o‘tkir kulgi ustasi. Bu xususiyat uning barcha janrlardagi asarlariga ko‘chgan deyish mumkin. Said Ahmadning shaxsiy hayoti ancha murakkab bo‘lgan. U 1947-yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa olingan, bir necha yil qatag‘on jabrini tortgan edi. Shunga qaramay u chekinmadi. 1953-yildan so‘nggina oqlandi. Biroq bu azoblar sevimli yozuvchimiz ruhini, qaddini buka olmadi. Oradan yetti yil o‘tib, “To‘lqinlar” hikoyasini yaratadi. Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy priyomlarning xilma- xilligiga erishishga intildi. Shu sababli ham Said Ahmad O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori bo‘lgan.[1] Asarda O‘sarboy va Jo‘raxon sadoqati shunday tasvirlanaganki, yorga sadoqatni aynan shu asar qahramonlaridan o‘rganish insonlar uchun ibrat maktabi bo‘lsa arziydi. Jo‘raxon frontga ketgan turmush o‘rtog‘i O‘sarboyni intiq kutadi. Nafaqat o‘zini, balki butun qishloq ayollarini himoya qiladi, nomuslarini saqlaydi. Lekin taqdirda shunday qismatlar borki, insonlarga saboq bo‘lib qoladi. Insonlar bunday qismatlardan hayratlanadi, yuragi achishadi. Jo‘raxon vafo bilan O‘sarboy Omonboyevni kutdi. O‘sarboy Omonboyev dushmanning uch tankini mag‘lubiyatga uchratgan qahramon. Uning nomi juda mashhurdir. Said Ahmad O‘sarboy Omonboyev haqida ocherk yozishga qaror qilib uning qishlog‘iga boradi. O‘sarboy Omonboyev va Jo‘raxon haqidagi hikoyalarni tinglaydi. Qalbi ozorlanadi va “To‘lqinlar” hikoyasini yaratadi. Asar boshlanishidagi jumlalarning o‘ziyoq kitobxonni o‘ziga bog‘lab oladi: “...Yigitlar frontda jon olib, jon berayotgan og ʻir kunlar edi. Dala ishlari ayollarga qolib ketgan, hammasi tajang, hammasi asabiy edi. Ularning intizor ko’zlari front yo’lida, qo’llari mehnatda, frontchilarni zoriqtirmaslik, dushmanni tezroq yakson qilish uchun tinimsiz ishlar edilar. Stalingrad ostonalaridagi janglarda dushmanning uchta tankini yondirgan 241 qahramon O ʻsarboy Omonboev oilasi haqida ocherk yozish uchun xuddi shu yo ʻldan yurib qishloqqa kelgan edim…” Asarda tasvirlangan Jo‘raxonning fidoyiligi kishini hayratga soladi. Jo‘raxon qishloqdagi barcha ayollarning nomusini himoya qiladi. Lekin taqdirning izmi bilan u O‘sarboy Omonboyev bilan qayta uchrasha olmaydi. O‘sarboy Omonboyev frontdan kelishidan olti oy burun Jo‘raxon qazo qiladi. O‘sarboy Omonboyev esa bir umr uylanmaydi. Bu asarda haqiqiy muhabbat va haqiqiy vafoni his etadi inson. Bu asar bugungi kun uchun juda ahamiyatlidir. Kishining qalbini o‘rtaydi, iztirob chekishga undaydi. Kitobxon qalbida insoniylik, iymon, vafo, sadoqat tushunchalarini yodga solidi. Said Ahmad betakror iste’dod sohibidir. Adibning hikoyalari, romani yoki pyesasi bo‘ladimi hayotning barcha tomonlarini qamrab olganligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning asarlarida hayot haqiqati mavjud va bu yozuvchining badiiy g‘oyasi bilan qorishgan holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham Said Ahmad asarlari hamisha barhayotdir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling