Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKADEMIK LITSEYLARDA SAID AHMAD ASARLARINI O’RGANISHNING O’ZIGA XOSLIGI
- Kalit so’zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akademik litseylarda adabiyot fanining namunaviy o‘quv dasturi. Xorijiy fanlar yo‘nalishi. T.:-2016. 2. B. To‘xliyev va boshq. 10-sinf.Adabiyot. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 227 AKADEMIK LITSEYLARDA SAID AHMAD ASARLARINI O’RGANISHNING O’ZIGA XOSLIGI POLVONOVA Bashorat Mirobidjonovna TATU Farg’ona filiali akademik litseyi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Said Ahmad ijodini akademik litsey dars mashg’ulotlarida o’rganishdagi alohida ahamiyatga molik jihatlar yoritib berildi. Adib hayoti va ijodiy faoliyati, asarlarini o’rganishda o’ziga xos uslub tavsiya etiladi. Asar qahramonlarining o’quvchilar tomonida atroflicha tahlil qilinishining muhim vositalari ko’rsatib o’tildi. Kalit so’zlar: milliy qadriyatlar, davrning ziddiyati, chiroyli yumor, foto va videolavhalar, topshiriqli jadval Atoqli adib,katta jasorat egasi, O’zbekiston Qahramoni unvoniga ega bo’lgan iqtidorli yozuvchi Said Ahmad Husanxo’jayev bugungi kun yoshlariga nafaqat ta’sirli asarlari bilan , balki o’z hayot yo’li bilan ham ibratlidir. Uning bir qator hikoyalaridan tortib, umrining so‘ngi yillarida yozilgan “Yoqotganlarim va topganlarim”, “Kiprikdagi tong”, “Qorako’z Majnun” kitoblarida ham haqiqiy o’zbek yigitlariga xos mardona dangallik, chiroyli yumor, teranlik, e’tiqod, qadriyatlarning ulug‘lanishi o‘ziga xos badiiy usulda ifodalangan. O’quvchilarga akademik litseylarda Said Ahmadning hayot yo’li va adib ijodidagi “Ufq” va “Qorako’z Majnun”asarlarini o’rganish bo’yicha bir necha soatlik o’quv mashg’ulotlar dasturlashtirilgan. Darsda adibning hayoti va ijodi o’rganilganda, u yashagan davrning o’ziga xos ziddiyatlari, ijoddagi erksizliklar, mustamlakachilikning ziyoli kishilarga naqadar og’ir zarbalar yetkazgani misollar va iloji boricha zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda foto va videolavhalarda namoyish etilishi 228 o‘quvchilar ongi va qalbiga Said Ahmad shaxsining ulug’vorligini his qilishga yordam beradi. Adib tavalludining 100 yilligiga atab olingan, xalqimiz orasida mashhur bo’lib borayotgan “Sabr-u sadoqat” videofilmi ham endi bu darslarni yanada jonli va mazmunli bo’lishiga yordam beradi. Said Ahmad ijodi ortiqcha ta’rif-tavsiflarga, izohlashlarga muhtoj emas. Adib o’zining oltin qalami bilan hali hayotlik paytidayoq xalqimiz ko’nglidan joy olib bo’lgan, o’zining o’chmas izini minglab yuraklarga muhrlab qo’ygan edi. Yozuvchi vafotidan keyin ham bu jarayon davom etmoqda. Demak, u kishini yuragi kitoblari orasida urib turibdi. Zero u kishining ustozi Abdulla Qahhor aytganidek, adib asarlarida “odamga quvvat beradigan umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasi ” aks etadi [Adabiyot darsligi. 8-sinf .: - Toshkent, G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot, 2010, 263-bet]. Darslarda Said Ahmad ijodini o’rganishda adib haqidagi zamondoshlari fikrlarini va xotiralarini, shuningdek, adibning boshqalar haqidagi esdaliklarini o’rganish yanada maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, Abdulla Qahhor, O’tkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov kabilar bilan bo’lgan ijodiy, hayotiy muloqotlaridan lavhalar keltirish, sarguzashtlari zavqini tuyish adabiyot darslarini o’quvchi ongida bir umr qolishiga, har eslaganda olam-olam zavq berishiga erishish mumkin. Adib asarlari xoh katta trilogiyami, xoh hajviyami – barida chuqur hayotiy asosga ega bo’lgan teran falsafiy mushohadalar ba’zan mungli, ba’zan hajviy yo’sinda o’ziga xos chiroyli badiiy til bilan beriladi. “Ufq” trilogiyasining ikkinchi kitob “Hijron kunlarida” asaridagi qo’shnilar Ikromjon va Ummatali, ularning o’g’illari Tursunboy va Azizxonlarning munosabati, undagi o’zbeklarga xos xususiyatlar, qo’shni hurmati, farzand tarbiyasi, onalarning orzu-havaslari har qanday o’quvchini o’ylantirmay qo’ymaydi. 229 Asardagi obrazlarni yaxshi tushinish, ular haqidagi fikrlarni umumlashtirish uchun o’qituvchilar quyidagi jadvalni to’ldirishni o‘quvchilarga topshiriq sifatida berishlari mumkin: N Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling