Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. [1] “Adabiyot” umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. 
G‘.G‘ulom nashriyoti, Toshkent – 2019, 185-bet 
2. [2] “Adabiyot” umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik 
majmua. “Sharq” nashriyoti, Toshkent – 2017, 24-25-betlar
3. [3] “Adabiyot” Akademik litseylarning 3-bosqich o‘quvchilari uchun 
majmua. Toshkent 2018, 318-bet 


255 
 
SAID AHMAD SAODATI 
Nafisa KARIMOVA,
ToshDO‘TAU magistranti 
Annotatsiya: maqolada Said Ahmadning ustozlaridan olgan saboqlari, 
maslakdoshlari haqidagi xotiralari tahlilga tortilgan. Maqola “Yo‘qotganlarim va 
topganlarim” kitobiga asoslanib yozildi. G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor kabi 
ijodkorlar bilan bo‘lgan ijodiy suhbatlari, o‘zga ijodkorlarga bildirgan munosabati 
o‘rganilgan. Maqolada zaruriy adabiyotlardan foydalanilgan. 
Kalit so‘zlar: ijodkor, ijodiy mehnat, individuallik, xotiranoma, foydali ish 
koeffitsiyenti, ijodxona 
Har qanday ijodkor o‘z davrida o‘z safdoshlari, hamfikrlari davrasida 
bo‘ladi. Har qanday ijodiy suhbat ijodkorga ruhiy quvvat bag‘ishlaydi. Ijod jo‘sh 
urgan pallalardagi ijodiy kayfiyat va paydo bo‘lgan badiiy g‘oyadan tortib, ijodiy 
tushkunlikkacha bo‘lgan lahzalar ijodxona xotirasi bo‘lib qoladi. Bunday 
xotiralarni qayta tiklash yoki his qilish uchun bevosita bularga guvoh bo‘lgan 
shaxs yordamga keladi. U xotiranavisdir. Yozuvchilarning ijodiy individualligiga
shaxsiy kechinmalariga xotiralar orqali yaqinlashish mumkin. Ularning shaxs 
sifatidagi xarakter xususiyatlari barchadan ham ko‘proq zamondoshlariga yaxshi 
ma’lum bo‘ladi. Mashhur insonlarga do‘st, hamkasb, hammaslak bo‘lish ham bir 
baxt aslida. Ijodkorlarning hayotlik paytlarida ijodiy –ijtimoiy faolligini kuzatish, 
asarlarning ilk muhokamalarida, taqdimotlarida qatnashish ham yozuvchilikni 
maqsad aylagan yosh iste’dod uchun eng yaxshi imkoniyat sanaladi. Sevimli 
yozuvchimiz Said Ahmad mana shunday imkoniyatdan unumli foydalangan. Uning 
“Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobi orqali juda ko‘p ijodkorlarning hayot yo‘li 
bilan tanishish mumkin. Said Ahmad yozuvchiligini xotiranavisligi bilan ham
baholash mumkin. 
“Biz yosh yozuvchilar G‘ofur G‘ulomdan, Oybekdan, Abdulla Qahhordan
Shayxzodadan ta’lim olganmiz. Ular bilan birga safarlarda bo‘lganmiz, ularning 


256 
ijodxonalariga kirganmiz. Suhbatlarida qatnashganmiz”, deb yozadi Said Ahmad 
[1.Said Ahmad, 2014:33]. Said Ahmad muxbir bo‘lib ishlagan paytlari G‘ofur 
G‘ulomdan tahririyat talabi bilan juda ko‘p she’rlarni yozdirib olgan. Shuning 
uchun G‘afur G‘ulom Said Ahmadni “ilhom parisi” [1. Said Ahmad, 2014:54], deb 
bilgan. Balki ustoz shoirga yosh, navqiron qalamkashning jo‘shqinligi kuch 
bag‘ishlagandir. Yoshlikning shiddatiga hali hanuz kattalar havas qilishi hech 
kimga sir emas. Kitobning eng katta bo‘limida G‘afur G‘ulom haqidagi xotiralar 
jonlanib turibdi. Bu ikki ijodkor oz emas, ko‘p emas, o‘ttiz besh yil birga 
ijodxonada vaqt o‘tkazishgan. She’r zavqi, deb shunga aytsalar kerak. 
Yozuvchi Abdulla Qahhor Said Ahmadning dastlabki hikoyalarini tanqid 
qilib bir jurnalda maqola e’lon qiladi. Ustoz yozuvchi Abdulla Qahhor yosh 
yozuvchiga tanqidiy maqola bosilib chiqqanidan so‘ng shunday deydi: “Birorta 
roman o‘qimay, adabiyot nazariyasini mutlaqo bilmay, atrofda bo‘layotgan 
voqealarni tahlil qilmay yozuvchi bo‘lmoqchimisiz? O‘qing, ko‘p o‘qing. 
Chexovni o‘qing, Mopassanni o‘qing, Shchedrinni o‘qing” [1.Said Ahmad, 2014: 
96] Ustoz yozuvchining tanbehi faqatgina o‘sha davrdagi Said Ahmadgagina 
emas, xuddi bugungi kun yosh qalamkashlari, jumladan, ijodkorlik mavqeyini 
da’vo qilib yurgan yosh yigit-qizlarga qarata aytilgandek. Ijod qaysidir ma’noda 
amaliyot sanaladi. Uni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, uslubning, tajribaning shakllanishi 
nazariy bilimga bog‘liq, albatta . Nazariy bilimsiz yaratilgan asarlarning vazni ham 
yengil, xuddi yengil hazm bo‘ladigan, qorinni to‘ydirmaydigan taom kabi kishini
ma’naviy ozuqa bilan ta’minlay olmaydi[2. N.Karimova, 2018: 27]. 
Said Ahmadning “yo‘qotganlari” ham, “topganlari” ham asl ijodkorlardir. 
Ijodkorlarning bir –biriga bildirgan munosabati, yozuvchi sifatida boshqa bir 
ijodkorning asariga bergan bahosi ijod laboratoriyasida shaxslararo munosabat 
sirasiga kiradi. Kitobxon shunchaki mazza qilib, estetik zavq olgani uchun, bosh 
qahramon xarakteridan o‘zini topa olgani uchun, o‘ziga o‘lchab, yozuvchidan 
minnatdor bo‘lishi mumkin. Lekin bir yozuvchi ikkinchi bir yozuvchiga badiiy 
talab, umuman olganda, xalq hayotini qamrab olish nuqtayi nazaridan, kompleks 
shaklda baho qo‘yadi. Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Shuhrat, Asqad Muxtor, 


257 
Turob To‘la, O‘lmas Umarbekovning asarlari haqida alohida, yozuvchilik mehnati, 
insoniylik xususiyatlari alohida e’tirof etilgan. “Yo‘qotganlarim” bobida Said 
Ahmad uchun ustozlik qilgan, shuningdek, u bilan teng jabhalarda ish olib borgan 
ijodkorlar kiritilgan. Said Ahmad O‘lmas Umarbekovning dastlabki yirik asarlari 
haqida shunday deydi: “Roman yangi olam, yangi to‘qnashuvlar, yangi taqdirlarga 
yozuvchini duch qiladi. Adibda jur’atsizlik, bir oz qo‘rqish tabiiy bir hol. O‘lmas 
ham bu xislatlardan holi emas, albatta. Boshida andak qo‘rqoqlik qilib turgan yosh 
adib sahifalar osha kuch yig‘adi, dadillashadi, yaratayotgan kishilarning qiyofasini 
aniq ko‘ra boshlaydi”[1. Said Ahmad, 2014: 234]. Yozuvchilik bilan shug‘ullanish 
aqliy mehnatning bir turi. Mehnat jarayonida foydali ish koeffitsiyenti oshib 
borishi bilan, matn va ijodkor o‘rtasidagi begonalik yo‘qolib boradi. Oxirida xuddi 
Said Ahmad to‘g‘ri ta’kidlaganidek, obrazlarning qiyofasi aniqlashib boraveradi. 
O‘lmas Umarbekov uchun asar yozishdagi dadillikni qo‘lga olish unchalik qiyin 
bo‘lmagan. Chunki “Odam bo‘lish qiyin” romaniga u do‘stlarini, kursdoshlarini 
prototip sifatida tanlagan edi. 
“Topganlarim” bobida ham Said Ahmad o‘sha davrdagi iste’dodli ijodkorlar 
haqida so‘z yuritadi. Jumladan, O‘tkir Hoshimovning so‘z qo‘llash mahorati, Nosir 
Fozilovning ikki xalq uchun birday sevimli ijodkor ekani, Tog‘ay Murodning 
chinakam o‘zbekona uslubi, Maqsud Qoriyevning o‘ta mas’uliyatli, o‘ta og‘ir 
mehnatlari, Ozod Sharofiddinovning kitobsevarligi haqida jonli xotira va teran 
mulohaza aralashuvi bilan yozilgan.
Said Ahmadning bolalik tushunchasiga munosabati, bolalik sog‘inchlari-yu 
quvonchlari “Shum bola” va Hoshimjon haqida yozib o‘tgan o‘rinlarda yaqqol 
ko‘rinadi. Said Ahmad “Shum bola”ning davomi yozilishini istagan. Xudoyberdi 
To‘xtaboyev bolalar adabiyotiga qo‘l urganida muallifga emas, bosh qahramonga 
oq yo‘l tilagani e’tiborni tortadigan jihatlardir. Chunki Said Ahmad Hoshimjon 
obrazini uzoq kutgan edi. Inson necha yoshda bo‘lmasin, bolalik jozibasini 
qo‘msab yashaydi. Bolalarga bag‘ishlangan asarlar ko‘ngilga iliqlik olib kiradi. 
Mana shunday iliqlikka mualliflik qilgan Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida “Bolalar 
adabiyotiga, albatta, shunday bir yozuvchi keladi, deb intiqlik bilan kutgan edik. 


258 
Uning birinchi hikoyalaridanoq bolalar olamini yaxshi bilgan, ular 
psixologiyasini, o‘y- hayollarini, favqulodda ifodalarga boy biyron tilini, 
qiliqlarini, xullasi, simobdek beqaror hayotini sinchkovlik bilan o‘rgangan, o‘zi 
ham boladek narsaga qiziqadigan mehnatkash yozuvchi safimizga kelganidan 
quvondik”deb yozadi Said Ahmad [1.Said Ahmad, 2014: 272]. 
Ijod olami nihoyatda keng olam. Uning qaysi bir eshigidan kirmaylik 
sokinlik va jo‘shqinlik muvozanatiga duch kelasiz. Jo‘shqinlik yurakda so‘z 
qaynagan pallada, sokinlik esa so‘zni qog‘ozga uzatib berayotganda hukmronlik 
qiladi.[2. N.Karimova, 2018: 66] Said Ahmad XX asrdagi eng ko‘zga ko‘ringan 
ijodkorlarning mazkur muvozanatini kuzatib, guvohi bo‘la olgan omadli 
ijodkordir. Biz Oybekni ko‘rmaganmiz, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhorlarni faqat 
ijodi bilan tanishmiz xolos. Said Ahmadning xotiranomalari esa bizga ularni ancha 
yaqinlashtiradi. Sevib mutolaa qiladigan asarimiz nima munosabat bilan yozilgani, 
yozuvchilarning sarlavha bobidagi tanlovlaridan tortib, ish vaqtigacha barcha 
barchasi haqida aniq bir tasavvur bera oladi. Said Ahmadning yozuvchilar bilan 
kitobxonlar o‘rtasidagi bunday vositachiligini insoniy saodat deb atash mumkin.
Uning saodatli kunlardan qolgan xotiralarini biror ilmiy ish uchun zaxira bo‘la 
oladigan nomalar deyish mumkin. Xotira har doim abadiydir. Ijod laboratoriyasi 
tarixi esa xotiranomalar, adabiy suhbatlar vositasida qayta jonlanadi.Said 
Ahmadning saodati esa ijod laboratoriyasi tarixida albatta, yashab qoladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling