Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


F - Bo‘rixon - qilmishlari yomon, o‘zbek degan nomga noloyiq o‘g’il.  S -


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

F - Bo‘rixon - qilmishlari yomon, o‘zbek degan nomga noloyiq o‘g’il. 
S - Bo‘rixon oltmish yettinchi yili armiyaga ketadi. Harbiy xizmati tugasa 
ham uyga qaytmaydi. O‘sha yoqlarda uylanib, bola-chaqali bo‘lib, qolib ketadi. 
Ba’zi-ba’zida undan «Ya zdorov» degan ikki enlikkina xat kelardi. Yaqin o‘n besh 
yildirki, adresni unutib qo‘yganmi, ishqilib, shu o‘rischagina xat ham kelmay 
qo‘ygan. Mushtipar ona har kuni bomdod nomozida uni eslab, ko‘z yosh tokardi.
M - Ona va bola uchrashuvi... Qiziq, bu jarayonda it negadir bezovta bo‘ladi, 
u nimanidir sezadi; shu bois «notanish odamga g‘ashlik qilib tinmay irillaydi». 
Ona bag‘rida Bo‘rixon begonaga o‘xshaydi. Chunki «undan aroq va sham yoqilgan 
uyning hidi kelardi». Xursandchilikdagi ona avval bunga e’tibor bermaydi. Sekin-
asta o‘g‘li Bo‘rixonning ota-bobolari e’tiqod qilgan islom dinidan qaytib, boshqa 
dinni qabul qilgani ma’lum bo‘ladi. Ona uchun din-diyonat, milliy-diniy 
qadriyatlar, el-yurtchilik har narsadan ustun turadi. Shuning uchun Bo‘rixondan 
ko‘ngli soviydi, uni yo‘qlikka topshiradi; ketar mahali undan yuz o‘giradi. Kampir 
ichidagi muz erimay osongina jon berdi. 
U - Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab 
tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag‘rida olib yotgan edi. Bo‘rixon 
do‘mboqqina bola bo‘lgandi. Uni yomon ko‘zdan asrasin, deb kiyimlariga tumor-u 


226 
ko‘zmunchoqlar taqib qo‘yardi. Sultonimga atab unga kokil qo‘ygandi. Olti yoshga 
to‘lganda uni er-xotin Turkistonga olib borib hazrat Yassaviy maqbarasi ning 
shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirishgan, qo‘y so‘yib xudoyi qilishgan edi. 
Mehmonlarni Abdumalik olib ketgach, kampir uyga kirib tugun ko‘tarib chiqdi. 
Undan Bo‘rixonning go‘dakligida, bolaligida kiygan kiyimlarini olib qaradi. Ilgari 
kampir ba’zi-ba’zida bu kiyimlarni hidlab yig‘lardi. Endi ko‘ksidagi muz uni 
yig‘lashga qo‘ymadi. U hovli o‘rtasiga xazon to‘plab gugurt chaqdi.
4
Gurillab 
yonayotgan gulxanda Bo‘rixonning bolaligi yonardi. Birovga so‘zini 
bermaydigan “errayim kampir” cho‘kdi. 
O‘qituvchi har bir guruhning ishini tinglagach, topshiriqqa yakun yasaydi. 
Aytilgan fikrlarga munosabat bildiradi. Bir xil bo‘lib qolgan javoblar chiqsa,
sababini izohlaydi. To‘ldiradi va Bo‘rixon kabi bitta qizga ergashib dinidan 
kechadigan farzand ota-ona, oila uchun qanchalar azobligini Saodat ayaning ruhiy 
holati misolida yaqqol tasvirlangani, Bo‘rixonning Qorako‘zchalik tug`gan onasiga 
mehr ko‘rsatolmagani nechog`li ayanchli ekanligini o‘quvchilar ongiga singdiradi.
Asarni ko‘z yosh to‘kmay o‘qish qiyin. Juda hayotiy detallar bilan yoritilgan 
voqealar o‘quvchilarga qanchalik ta’sir etganini bilish uchun topshiriqni individual 
bajarishga bersa ham maqsadga muvofiq bo`ladi. 
O‘quv mashg‘ulotlarida bunday usullardan foydalanish o‘quvchilarda
mustaqil mutolaa ko‘nikmasini oshirish, o‘zi bildirgan fikrning sabab – natijalarini 
isbotlay olish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, o‘zgalar fikrini hurmat
qilish tuyg`ularini o‘stirish bilan bir qatorda, darslar samaradorligini oshirishga 
yaqindan yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, Prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, “havas qilsa arzigudek kelajagimiz” 
bunyodkorlarining aqliy va jismoniy kamolotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling