Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. [1] “Adabiyot” umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. G‘.G‘ulom nashriyoti, Toshkent – 2019, 185-bet 2. [2] “Adabiyot” umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik majmua. “Sharq” nashriyoti, Toshkent – 2017, 24-25-betlar 3. [3] “Adabiyot” Akademik litseylarning 3-bosqich o‘quvchilari uchun majmua. Toshkent 2018, 318-bet 255 SAID AHMAD SAODATI Nafisa KARIMOVA, ToshDO‘TAU magistranti Annotatsiya: maqolada Said Ahmadning ustozlaridan olgan saboqlari, maslakdoshlari haqidagi xotiralari tahlilga tortilgan. Maqola “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobiga asoslanib yozildi. G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor kabi ijodkorlar bilan bo‘lgan ijodiy suhbatlari, o‘zga ijodkorlarga bildirgan munosabati o‘rganilgan. Maqolada zaruriy adabiyotlardan foydalanilgan. Kalit so‘zlar: ijodkor, ijodiy mehnat, individuallik, xotiranoma, foydali ish koeffitsiyenti, ijodxona Har qanday ijodkor o‘z davrida o‘z safdoshlari, hamfikrlari davrasida bo‘ladi. Har qanday ijodiy suhbat ijodkorga ruhiy quvvat bag‘ishlaydi. Ijod jo‘sh urgan pallalardagi ijodiy kayfiyat va paydo bo‘lgan badiiy g‘oyadan tortib, ijodiy tushkunlikkacha bo‘lgan lahzalar ijodxona xotirasi bo‘lib qoladi. Bunday xotiralarni qayta tiklash yoki his qilish uchun bevosita bularga guvoh bo‘lgan shaxs yordamga keladi. U xotiranavisdir. Yozuvchilarning ijodiy individualligiga, shaxsiy kechinmalariga xotiralar orqali yaqinlashish mumkin. Ularning shaxs sifatidagi xarakter xususiyatlari barchadan ham ko‘proq zamondoshlariga yaxshi ma’lum bo‘ladi. Mashhur insonlarga do‘st, hamkasb, hammaslak bo‘lish ham bir baxt aslida. Ijodkorlarning hayotlik paytlarida ijodiy –ijtimoiy faolligini kuzatish, asarlarning ilk muhokamalarida, taqdimotlarida qatnashish ham yozuvchilikni maqsad aylagan yosh iste’dod uchun eng yaxshi imkoniyat sanaladi. Sevimli yozuvchimiz Said Ahmad mana shunday imkoniyatdan unumli foydalangan. Uning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobi orqali juda ko‘p ijodkorlarning hayot yo‘li bilan tanishish mumkin. Said Ahmad yozuvchiligini xotiranavisligi bilan ham baholash mumkin. “Biz yosh yozuvchilar G‘ofur G‘ulomdan, Oybekdan, Abdulla Qahhordan, Shayxzodadan ta’lim olganmiz. Ular bilan birga safarlarda bo‘lganmiz, ularning 256 ijodxonalariga kirganmiz. Suhbatlarida qatnashganmiz”, deb yozadi Said Ahmad [1.Said Ahmad, 2014:33]. Said Ahmad muxbir bo‘lib ishlagan paytlari G‘ofur G‘ulomdan tahririyat talabi bilan juda ko‘p she’rlarni yozdirib olgan. Shuning uchun G‘afur G‘ulom Said Ahmadni “ilhom parisi” [1. Said Ahmad, 2014:54], deb bilgan. Balki ustoz shoirga yosh, navqiron qalamkashning jo‘shqinligi kuch bag‘ishlagandir. Yoshlikning shiddatiga hali hanuz kattalar havas qilishi hech kimga sir emas. Kitobning eng katta bo‘limida G‘afur G‘ulom haqidagi xotiralar jonlanib turibdi. Bu ikki ijodkor oz emas, ko‘p emas, o‘ttiz besh yil birga ijodxonada vaqt o‘tkazishgan. She’r zavqi, deb shunga aytsalar kerak. Yozuvchi Abdulla Qahhor Said Ahmadning dastlabki hikoyalarini tanqid qilib bir jurnalda maqola e’lon qiladi. Ustoz yozuvchi Abdulla Qahhor yosh yozuvchiga tanqidiy maqola bosilib chiqqanidan so‘ng shunday deydi: “Birorta roman o‘qimay, adabiyot nazariyasini mutlaqo bilmay, atrofda bo‘layotgan voqealarni tahlil qilmay yozuvchi bo‘lmoqchimisiz? O‘qing, ko‘p o‘qing. Chexovni o‘qing, Mopassanni o‘qing, Shchedrinni o‘qing” [1.Said Ahmad, 2014: 96] Ustoz yozuvchining tanbehi faqatgina o‘sha davrdagi Said Ahmadgagina emas, xuddi bugungi kun yosh qalamkashlari, jumladan, ijodkorlik mavqeyini da’vo qilib yurgan yosh yigit-qizlarga qarata aytilgandek. Ijod qaysidir ma’noda amaliyot sanaladi. Uni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, uslubning, tajribaning shakllanishi nazariy bilimga bog‘liq, albatta . Nazariy bilimsiz yaratilgan asarlarning vazni ham yengil, xuddi yengil hazm bo‘ladigan, qorinni to‘ydirmaydigan taom kabi kishini ma’naviy ozuqa bilan ta’minlay olmaydi[2. N.Karimova, 2018: 27]. Said Ahmadning “yo‘qotganlari” ham, “topganlari” ham asl ijodkorlardir. Ijodkorlarning bir –biriga bildirgan munosabati, yozuvchi sifatida boshqa bir ijodkorning asariga bergan bahosi ijod laboratoriyasida shaxslararo munosabat sirasiga kiradi. Kitobxon shunchaki mazza qilib, estetik zavq olgani uchun, bosh qahramon xarakteridan o‘zini topa olgani uchun, o‘ziga o‘lchab, yozuvchidan minnatdor bo‘lishi mumkin. Lekin bir yozuvchi ikkinchi bir yozuvchiga badiiy talab, umuman olganda, xalq hayotini qamrab olish nuqtayi nazaridan, kompleks shaklda baho qo‘yadi. Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Shuhrat, Asqad Muxtor, 257 Turob To‘la, O‘lmas Umarbekovning asarlari haqida alohida, yozuvchilik mehnati, insoniylik xususiyatlari alohida e’tirof etilgan. “Yo‘qotganlarim” bobida Said Ahmad uchun ustozlik qilgan, shuningdek, u bilan teng jabhalarda ish olib borgan ijodkorlar kiritilgan. Said Ahmad O‘lmas Umarbekovning dastlabki yirik asarlari haqida shunday deydi: “Roman yangi olam, yangi to‘qnashuvlar, yangi taqdirlarga yozuvchini duch qiladi. Adibda jur’atsizlik, bir oz qo‘rqish tabiiy bir hol. O‘lmas ham bu xislatlardan holi emas, albatta. Boshida andak qo‘rqoqlik qilib turgan yosh adib sahifalar osha kuch yig‘adi, dadillashadi, yaratayotgan kishilarning qiyofasini aniq ko‘ra boshlaydi”[1. Said Ahmad, 2014: 234]. Yozuvchilik bilan shug‘ullanish aqliy mehnatning bir turi. Mehnat jarayonida foydali ish koeffitsiyenti oshib borishi bilan, matn va ijodkor o‘rtasidagi begonalik yo‘qolib boradi. Oxirida xuddi Said Ahmad to‘g‘ri ta’kidlaganidek, obrazlarning qiyofasi aniqlashib boraveradi. O‘lmas Umarbekov uchun asar yozishdagi dadillikni qo‘lga olish unchalik qiyin bo‘lmagan. Chunki “Odam bo‘lish qiyin” romaniga u do‘stlarini, kursdoshlarini prototip sifatida tanlagan edi. “Topganlarim” bobida ham Said Ahmad o‘sha davrdagi iste’dodli ijodkorlar haqida so‘z yuritadi. Jumladan, O‘tkir Hoshimovning so‘z qo‘llash mahorati, Nosir Fozilovning ikki xalq uchun birday sevimli ijodkor ekani, Tog‘ay Murodning chinakam o‘zbekona uslubi, Maqsud Qoriyevning o‘ta mas’uliyatli, o‘ta og‘ir mehnatlari, Ozod Sharofiddinovning kitobsevarligi haqida jonli xotira va teran mulohaza aralashuvi bilan yozilgan. Said Ahmadning bolalik tushunchasiga munosabati, bolalik sog‘inchlari-yu quvonchlari “Shum bola” va Hoshimjon haqida yozib o‘tgan o‘rinlarda yaqqol ko‘rinadi. Said Ahmad “Shum bola”ning davomi yozilishini istagan. Xudoyberdi To‘xtaboyev bolalar adabiyotiga qo‘l urganida muallifga emas, bosh qahramonga oq yo‘l tilagani e’tiborni tortadigan jihatlardir. Chunki Said Ahmad Hoshimjon obrazini uzoq kutgan edi. Inson necha yoshda bo‘lmasin, bolalik jozibasini qo‘msab yashaydi. Bolalarga bag‘ishlangan asarlar ko‘ngilga iliqlik olib kiradi. Mana shunday iliqlikka mualliflik qilgan Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida “Bolalar adabiyotiga, albatta, shunday bir yozuvchi keladi, deb intiqlik bilan kutgan edik. 258 Uning birinchi hikoyalaridanoq bolalar olamini yaxshi bilgan, ular psixologiyasini, o‘y- hayollarini, favqulodda ifodalarga boy biyron tilini, qiliqlarini, xullasi, simobdek beqaror hayotini sinchkovlik bilan o‘rgangan, o‘zi ham boladek narsaga qiziqadigan mehnatkash yozuvchi safimizga kelganidan quvondik”deb yozadi Said Ahmad [1.Said Ahmad, 2014: 272]. Ijod olami nihoyatda keng olam. Uning qaysi bir eshigidan kirmaylik sokinlik va jo‘shqinlik muvozanatiga duch kelasiz. Jo‘shqinlik yurakda so‘z qaynagan pallada, sokinlik esa so‘zni qog‘ozga uzatib berayotganda hukmronlik qiladi.[2. N.Karimova, 2018: 66] Said Ahmad XX asrdagi eng ko‘zga ko‘ringan ijodkorlarning mazkur muvozanatini kuzatib, guvohi bo‘la olgan omadli ijodkordir. Biz Oybekni ko‘rmaganmiz, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhorlarni faqat ijodi bilan tanishmiz xolos. Said Ahmadning xotiranomalari esa bizga ularni ancha yaqinlashtiradi. Sevib mutolaa qiladigan asarimiz nima munosabat bilan yozilgani, yozuvchilarning sarlavha bobidagi tanlovlaridan tortib, ish vaqtigacha barcha barchasi haqida aniq bir tasavvur bera oladi. Said Ahmadning yozuvchilar bilan kitobxonlar o‘rtasidagi bunday vositachiligini insoniy saodat deb atash mumkin. Uning saodatli kunlardan qolgan xotiralarini biror ilmiy ish uchun zaxira bo‘la oladigan nomalar deyish mumkin. Xotira har doim abadiydir. Ijod laboratoriyasi tarixi esa xotiranomalar, adabiy suhbatlar vositasida qayta jonlanadi.Said Ahmadning saodati esa ijod laboratoriyasi tarixida albatta, yashab qoladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling