Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/85
Sana19.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1609517
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
s.akhmad konf. tuplami 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. Normatov U. Ufqlarning chin oshig`i. – Toshkent.: Yurist-media markazi
2008. 
2. Said Ahmad. Tanlangan asarlar. Uch jildlik. 1-jild. – Toshkent.: Sharq, 
2000.
3. O`ljaboyev U. Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi. – Toshkent.:
O`zbekiston, 2012.
4. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – Toshkent.: Sharq, 2004.
SAID AHMAD IJODI VA UNING ADABIYOT OLAMIDAGI AHAMIYATI 
SULTANOV Shoxruh Rahmon o‘g‘li 
Namangan davlat universiteti talabasi 
MAMATQOSIMOVA Nasiba Abdujabborovna 
Namangan viloyat Chortoq tumanidagi
21-maktab o‘qitvchisi 


252 
Annotatsiya: Ushbu maqolada yozuvchi Said Ahmad hayoti, uning rafiqasi 
Saida Zunnunovaning turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan sadoqati, adib asarlari haqidagi 
teran fikrlar, uning asarlaridagi ma’no va mazmunlar xususidagi fikrlar bayon 
etilgan. 
Kalit so‘zlar: Said Ahmad, Saida Zunnunova, “Ufq”, “Kelinlar
qo‘zg‘aloni”. 
 
Adabiyot deya atalmish bir ulkan makon mavjuddirki, u makonda yashab 
o‘tgan insonning nomi bizning olamdagi insonlar qalbida mangu qolajak. Ya’ni 
ijod olamining ahllari butun umr davomida o‘zlarining bor hursandchiliklarini
qayg‘ularini, umumiy qilib aytganda butun vujudini ijod qilish, insonlarni 
ma’naviyatli bo‘lishlari uchun sarflagan siymolar haqida gap bormoqda. Bularga 
misol qilib turkiy adabiyotning asoschisi, so‘z mulkining siymosi Alisher 
Navoiydan tortib, Zahiriddin Muhammad Bobur, qolaversa, Cho‘lpon, Fitrat, 
Avloniy, G‘afur G‘ulom va hokazo minglab ajdodlarimizni misol etib keltirishimiz 
mumkin. Ana shu buyuklar ichida Said Ahmad nomi ham muhim o‘rinlardan birini 
egallab turadi. 
“O‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lmish Said Ahmad 
(to‘liq ism-sharifi Saidahmad Husanxo‘jayev) 1920-yilda Toshkentning 
Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi.”[1] Said Ahmad butun umri 
davomida turli janrlardagi asarlar yaratib, kitobxon uchun sevimli inson sifatida iz 
qoldirdi. U 20 yoshidanoq o‘zining “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to‘plamini 
nashr ettiradi. Adabiyotlarda Said Ahmad ijodi mana shu to‘plamdan so‘ng 
gurkirab, birin-ketin o‘nlab asarlari nashr etilgani aytib o‘tiladi.
Said Ahmad dunyodagi eng omadli inson ekanligi uning Saida 
Zunnunovadek turmush o‘rtoq nasib etganligidadir. Sababi shundaki, adibning 
boshiga og‘ir kulfat tushib “xalq dushmani” deya tuxmat bilan uni qamshganida 
ham o‘z jufti halolidan voz kechmadi. Kitoblarda Sovet hukumati tomonidan Saida 
Zunnunovaga eridan voz kechishlarini talab qilib, ko‘plab qistovlar qilishganida 
ham, matonatli ayol o‘z so‘zidan qaytmaganligi aytib o‘tiladi. Hatto buni biz sevib 


253 
tinglaydigan qo‘shiq she’ridagi: “Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum, 
Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay-hay” satrlarida ham shoiraning o‘z yorining 
vasliga intizor bo‘lib uni kutayotganligini bilib olishimiz mumkin. “Said Ahmad 
ham sadoqatli yori haqidagi xotiralaridan birida 
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni 
O‘g‘irlik mol deyman, qilaman, hazar. 
Qalbimning parchasi singmasa, agar, 
Rozimasman, birov hadya etsa zar, -
Misralarini keltirib: “Bu satrlar Saidaxonning she’rda chizilgan suratiga 
o‘xshaydi”, - degan edi”.[2] Bu orqali Said Ahmad hamda Saida Zunnunovaning 
muhabbatlari hozirgi yoshlarimiz uchun ham chinakkam o‘rnak bo‘la oladi, deya 
bemalol ayta olishimiz mumkin.
Said Ahmad asarlari xususida so‘z borar ekan, u yozib qoldirgan yirik 
romanlardan tortib, kichik hikoyalargacha bugungi kun yoshlari, qolaversa, barcha 
kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi. Uning birgina “Ufq” nomli romani hamda 
“Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasi adibni shunchalik mashxur etadiki, hatto birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov ushbu asar haqida quyidagi iliq fikrlarni bildirib 
o‘tgan: “Xalqimiz Sizni milliy madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan 
betakror so‘z san’atkori, zaxmatkash adib sifatida biladi va qadrlaydi… Sehrli 
qalamingizga mansub go‘zal romanlar, rang-barang qissa va hikoyalar, sahna 
asarlari kirib bormagan xonadon yo‘q. Ulardagi hayot manzaralar, insonning nozik 
qalb kechinmalari tasviri o‘zining milliyligi, xalqchil va teranligi bilan adabiyot 
muxlislarining mehriga sazovor bo‘lgan.
Millatimiz ruhining badiiy ifodasi bo‘lmish “Ufq” romani jahonning turli 
mamlakatlarida namoyish etilayotgan “Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasi bu fikrning 
yorqin dalilidir”[3] 
Said Ahmad qalamiga mansub har bir asar kitobxon tomonidan sevib 
o‘qilgan va o‘qib kelinmoqda ham. Adabiyotshunoslarimiz Said Ahmadni 
Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulom yumori, Abdulla 
Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adib 


254 
sifatida ta’riflashgan. Bu bejizga emas, albatta. Yuqorida aytib o‘tilgan “Kelinlar 
qo‘zg‘aloni” asarining o‘zigina sahnalashtirilishi bilanoq, jamoatchilik olqishiga 
sabab bo‘lgan. Bunga asosiy sabab shundaki, asarda tasvirlangan o‘sha zamon 
qahramonlarining real hayot kechinmalari, undagi quvonchli kunlar-u, qayg‘ular 
ochiq oydin bayon etilgan.
Said Ahmad yuqorida aytib o‘tganimizdek, “xalq dushmani” sifatida 
qamalib, juda ham qattiq qiynoqlarni boshidan o‘tkazadi. Lekin ushbu azoblar 
sevimli yozuvchimiz ruhini, qaddini buka olmadi. Hech bir yaxshi ish mukofotsiz 
qolmaydi. Xususan, Said Ahmadning barakali va mazmunli ijodiy faoliyati 
davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” 
unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, 
“Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan. Qolaversa, xalqimiz ma’naviyatini 
boyitish hamda yuksak xizmatlari uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan 
taqdirlangan.
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida ham adibning asarlarini o‘sib 
kelayotgan yosh avlod ongida yaxshilik, mardlik hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini 
shakllantirish uchun maktab hamda oliygohlardagi darsliklarga kiritilgan. Bularda 
asosan, “Ufq” trilogiyasidagi “Qochoq” hikoyasi, mustaqillik yillarida yozilgan 
“Qorako‘z majnun” kabi chuqur ma’noli roman, qissa va hikoyalari o‘qitilib 
kelinmoqda. 
Yozuvchi, bir qancha mukofotlar sohibi, O‘zbekiston qahramoni Said 
Ahmad garchi bugun oramizda bo‘lmasa ham uning nomi, yozib qoldirgan bebaho 
asarlari bizlarning, qolaversa, kelgusi avlodning yodida mangu qolajak… 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling