Adabiyot so`z san`ati. Darsning ma
II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
Download 0.54 Mb.
|
5 adabiyot dars konspektlar
II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1.Sharq adabiyotidagi majoziy shaklda yozilgan asarlar haqida so'zlab bering. 2.Alisher Navoiyning qaysi asarlarida masallar, ibratli hikoyatlar ko'p keltirilgan? 3.O'zbek masalnavis shoirlaridan kimlarni bilasiz III. YANGI MAVZU BAYONI. «UCH OG'A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA Ertak xalq og'zaki ljodming eng qadimiy, ommaviy turlaridan bi- ridir. Ertakning paydo bo'lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o'rin tutgan. Ertak atamasi Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk», («Turkiy so'zlar to'plami») asarida uchraydi va biror voqeani og'zaki hikoya qilish ma'nosini bildiradi. Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba'zi bir viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, Farg'onada - matal, Buxoro atrofidagi ba'zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho'pchak atamasi ham ishlatiladi. Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o'rinni egallaydi. Ular o'ziga xos qurilishi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar ri- voji, tugallanmadan tashkil topadi. Ba'zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir podshoh (yoki cho'pon) bo'lgan ekan», «Sizga bog' bo'lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, ba'zi boshlamalar ancha uzun bo'ladi. Masalan, mana bu boshlamaga e'tibor bering: «Ertagiyo ertagi, echkilarning bo'rtagi, qirg'ovul qizil ekan, quyrug'i uzun ekan, ko'k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, ola qarg'a azonchi, qora qarg'a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to'rg'ay to'qimchi ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning sheri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo'ri bor. Bir bor ekan, bir yo'q ekan...» Ertaklar «Qirq kecha-yu qirq kunduz to'y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetdilar», «Shu bilan Ayoz podshoh bo'lib, o'zining donoligidan xalqni odillik bilan so'rab, mamlakatda adolat o'rnatgan ekan» kabi tugallanmalar bilan yakun- lanadi. Siz o'tgan darslardan ertaklarning bir necha turlarga bo'linishini bilib olgan edingiz. «Uch og'a-ini botirlar» turiga ko'ra maishiy ertaklarga kiradi. Ertakning voqealari juda qiziqarli bo'lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o'rtahol bir kishi yashagan ekan. Uning uch o'g'li bo'ladi. O'g'illarini safarga kuzatib qo'yish- dan oldin ularga shunday pand-nasihatlar qiladiki, biz bu pand- nasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. «0'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim», - deydi u. Haqiqatan ham o'qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo'lmaydi. Bu kishi o'g'illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Birinchidan, sog'lom qilib tarbiyalaydi, natijada o'g'illari baquwat bo'lib o'sadi. Ikkinchidan, qurol-yarog' bilan tanishtiradi, natijada o'g'illari yarog' ishlatishga usta bo'lishadi. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stiradi, natijada o'g'illari botir, dovyurak bo'lib voyaga yetishadi. Endi bularning ustiga ilmli ekanligini ham qo'shsak, ular naqadar barkamol yigitlar ekanligining guvohi bo'lamiz. Biroq ularning otasi bu bilan kifoyalanib qolmaydi. U o'g'illarini yanada mukammal bo'lishlarini istaydi. Shu sababli ularga yana uch narsani uqtiradi: «To'g'ri bo'ling - bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz». O'g'illari otalarining bu o'gitlariga amal qilganlari uchun ham barcha xatarlardan omon chiqdilar. Hatto podshoh o'zining uch qizini ularga berib, og'a-inilarni o'ziga kuyov qilib oldi. Endi ular saroyda qolib, faqat yeb-ichib yashasalar ham bo'lardi. Podshohning o'zi ularga shuni taklif qiladi. Biroq og'a-inilar bunga rozi bo'lmaydilar. Nega? Ertakni o'qib chiqsangiz, buni o'zingiz bilib olasiz. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling