Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab
Download 414.79 Kb.
|
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)
TOPISHMOQLAR
Barcha xalqlar og'zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o'ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba'zan «topmacha», < -"" 16
...~
--- - l1lantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo'lsa, ayni paytda ko'ngilochar (1yin, ham hisoblanadi. Topishmoqni aytilgan vaqtda yecha oll1lagan kishi «jazplanadi». Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» beradi.~ Topishmoqlar kishining tasavvuri va tafakkurini o'stiradi, ayniqsa, bolalami topag'on bo'lishga, hozirjavoblikka o'rgatadi. Topishmoqlar nasriy va she'riy shaklda ixcham, sodda va rayon, qofiyali uslubda to'qiladi. Ular o'zida yashiringan predmetlar miqdoriga qarab bir va bir necha misrali bo'lishi mumkin. Topishmoqlarda narsalarning sifati, belgilari, o'xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta'rif qilinadigan bo'lsa, ular ikki, uch, to'rt va undan ko'p misralarda ifodalanadi. Bulardan tashqari qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag'ali so'zlar ko'paygan sari topishmoqlar hajmi oshib boradi. Topishmoqlarda o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi. Topishmoqlar tuzilishiga ko'ra bir yoki bir necha predmetli bo'lishi mumkin. Masalan, «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum). Ushbu top ishmoqda bir predmet - tuxum o'zining rangiga ko'ra qorga, shaklijihatidan 0 'tkir uchli narsa «qoziq» ustida turolmaydigan suyri (ellips )ga o'xshatilyapti. «O'zi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna) topishmog'i ham bir predmetli bo'lib, ignani anglatadi. Undan o'tkazilgan uzun ip soqolga o'xshatilyapti. Topishmoqlaming bir necha predmet yashiringan turlari ham bo'ladi. Masalan, «Bir daraxtda o'n ikki shox, har shoxda o'ttiz yaproq - bir yog'i qora, bir yog'i oq» topishmog'ining javobi yil (daraxt), o'n ikki oy (shox), o'ttiz kun (o'ttiz yaproq), o'ttiz kecha va kunduz (bir yog'i qora, bir yog'i oq). Topishmoq shun day >ajoyib janrki, unda g'ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko'rib-bilib turgan narsa bo'lib chi qadi. «Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi» (lab) yoki . «Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo'ndi qushim, Tumshug'ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim». (Choynak) Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ulaming qiziqarliligini, o'qishliligini ta'minlaydi. ~
Agar esingizda bo'lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqii. va farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko'proq..-. ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo'ladi: -~ Birinchisi, topishmoqli ertak bo'lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo'ladi. Topishmoqlar mavzujihatdan rang-barang bo'lib, ular olam va odam bilan bog'liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar, hayvonot dunyosi, odam, uning a'zolari va xislatlari, mehnat va o'quv qurollari, cholg'u asboblari, turar joy, uy-xo'jalik asboblari, qurol-yarog'lar haqida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o'zining yaratilish davriga ko'ra an'anaviy topishmoqlar va yangi, zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-biridan farqlanadi. An'anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo'lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o'zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o'z ifodasini topgan. Qadrli bolalar, biz topishmoqlar haqidagi suhbatimizning avvalida «chiston» tushunchasiga ham to'xtalgan edik. Chiston asli forscha so'z bo'lib, topishmoq, jumboq ma'nosini anglatadi. Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib, savol-javob shaklida paydo bo'lgan. Undagi narsa-hodisalar majoziy tarzda tasvirlanib, fard, bayt, qit'a, ruboiy va g'azal shaklida yoziladi. Chiston ko'proq ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo'ladi. Adabiyotimiz tarixida ushbu janrning go'zal namunalarini Alisher Navoiy, Uvaysiy kabi shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkin. Siz mumtoz adabiyotimizdagi chiston janrini yuqori sinflarda o'rganasiz. TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR .. Bir parcha patir, Olamga tatir. Download 414.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling