Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab
Download 414.79 Kb.
|
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)
(Dy)
Bolasi mingta.
~ Bir otasi, bir onasi, N echa yuz ming bolasi. (Quyosh, oy, yulduzlar) Zar gilam, zar-zar gilam, Ko'taray desam, og'ir gilam. (Yer) Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi. Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi.
Boshi taroq, Dumi o'roq. (Xo (roz) Otasi uzun xo'ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin -shakar. (Tok, bargi, uzumi) Kichkina dekcha, Ichi to'la mixcha.
* * *
Qo'shnimning arqoni devordan oshib tushdi. ( Oshqovoq) Yer tagida oltin qoziq.
Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo'ndi qushim. Tumshug'ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim. (Choynak) Otdan baland, Itdan past. (Egar) Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamonda bir podsho bo'lgan ekan. Uning Sohibjamol degan bir qizi bor ekan. Uning bir she'riy topishmog'i bor bo'lib, kimki topishmog'imning mazmunini aytib bersa o'shanga tegaman, kimki topolmasa, jallodga kallasini oldiraman, der ekan. Rar tomondan shahzodalar, bekzodalar, boyvachchalar kelib uning topishmog'ini topolmay kallalaridan judo bo' laveribdilar. O'sha mamlakat kunchiqar tomonidan bir xaroba kulbada bitta yigit qari onasi bilan yashar ekan. U bu xabami eshitib: - O'sha qizning topishmog'iga men javob be raman, - debdi. Onasi qo'rqib, uni yuborishga unamabdi. - Qanchadan qancha shahzodalar, bekvachchalar va boyvachchalar topolmaganini sen toparmiding, - deb qarg'ab beribdi. Yigit oxiri onasini unatibdi. Onasi o'g'liga ko'mochl qilib beribdi. Shundan keyin u podshoning saroyi tomon boribdi. Yigit podshoning taxti tagiga borib uch kun yotibdi. Shunda malikaning kanizaklaridan biri uni ko'rib qolib, so'rabdi: 1 Ko'moch - issiq kulga ko'mib pishiriladigan non. ~ - Sen bu yerda nega yotibsan? Senga bu yerdan boshqa yotadiganjoy yo'qmi?.......... Shunda yigit: - Men malikaning topishmog'ini topgani keldim, - debdi. Kanizak malikaga uning gapini aytibdi. Malika: «Olib kelinglar!» - debdi. Yigitni uning huzuriga olib kiribdilar. Malika unga topishmoqni aytibdi: Uzoq yerda o't ko'yur-o, Ani toping, Axlantoz. Sassiq soyda it hurar-o, Ani toping, Axlantoz. Chorbog'imdajuft chinor-o, Ani toping, Axlantoz. Eshigimda qo'sh munguz-o, Ani toping, Axlantoz. Qora tolim butoqsiz-o, Ani toping, Axlantoz. Shunda yigit malikaning she'riy topishmog'iga shu javobni aytibdi: Uzoq yerda o't ko'yur-o, Bo'ri ko'zi, oyimqiz. Sassiq soyda it hurar-o, Qurbaqalar, oyimqiz. 'Chorbog ingda juft chinor-o, Ota -onang, oyimqiz. Eshigingda qo'sh munguz-o, Ini-og'ang, oyimqiz, Qora toling butoqsiz-o, Qora soching, oyimqiz. Shunda malika, shu yigit topishmog'imning javobini topdi, deb kanizaklarga aytibdi. Kanizaklar darrov choparlarga xabar qilibdi. Choparlar tezda podshoga xabar qilibdilar. Podsho choparlarga suyunchi beribdi. Podsho qirq kecha-yu qirq kunduz to'y qilib, malikani yigitga beribdi va uni o'ziga o'ng qo'l vazir qilib olibdi. Topqir yigit malika bilan murod - u maqsadiga yetibdi. ". ~ * * * Bir to'da..-g'oz uchib borar ekan. Bir g'oz kelib: «Ey yuz g'oz, salomat bormisiz?» debdi. Shunda ulardan biri aytibdi: «Biz yuz g'oz emasmiz, yanibbz miqdori g'oz bo'lsa va yana bizning yarmimiz miqdori va yarmimizning yarmi bo'lsa, u vaqtda sen qo'shilsang yuz g'oz bo'lamiz», debdi. Osmondagi g'ozlar,qancha ekan? Download 414.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling