Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab
Download 414.79 Kb.
|
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)
(Javobi: 36 ta. Ya'ni - 36+36+18+9+1=100)
ZAMONAVIY TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR Qizdirsang ishlar, Kiyim tekislar. Hunari ko'p ishlasa, Agar tokni tisWasa, Tekislanar har g'ijim, Chiziqli bo'ladi shim.
Bir ajoyib ishxona, !chi doim qishxona.
Po'lat qushim uchdi-ketdi, Bir zum o'tmay Qo'qon yetdi. (Samolyot) U bor senda va menda, Qo'y-chi, har bir insonda, Eng yaxshisi asal-qand, Y omoni -chi, berar pand.
Og'zi yo'g'-u tishi bor, Boshimizda ism bor. (Taroq) Hazil va o'yin so'roqlar Nima soqoli bilan tug'iladi? ( Echki) Nima hamma tilda ham gapiradi?
Nima doim o'z o'rnida turadi?' (Soat) Nimaning mo'ylovi oyog'idan uzun? ( Suvarak) Nimaning besh barmog'i bor-u, Lekin birorta ham timog'i yo'q?
Nimaga odam orqaga o'girilib qaraydi? (Orqasida ko 'zi yo 'q) Odamzodda nima ko'p? (Umid, reja) Dunyoda nima chaqqon? (Fikr) Yumuq ko'z bilan nimani ko'rish mumkin? ? (Tush) Qirg'oq bilan suv o'rtasida. nima bor?
Qaysi joyda daryolar suvsiz, Shaharlar uysiz bo'ladi?
Qaysi so'roqqa hech qachon «ha», deb to'g'ri javob berish mumkin emas? «< Uxlayapsanmi ?» degan
Sovuqda bir xiI kiyingan kishi va bola turibdi, bularning qaysi biri tezroq sovuq yeydi? . " (Ikkovi ham) --, Dengiz ostida qanday tosh bo'lmaydi?
Qanday soat bir sutkada vaqtni ikki bora to'g'ri ko'rsatadi?
Y omg'ir yog'ib turganda, qarg'a qanday daraxtga qo'nadi?
Sen-u, men-u, u-yu, biz, Nechta bo'ldik hammamiz? (Uchta) Nazariy ma '/umot MAQOL VA TOPISHMOQ TUSHUNCHALARI Qadrli bolalar, Siz avvalgi darslardan maqol va topishmoq nimaligi haqida muayyan tasa~ olgansiz. Bu ikki tushuncha inson tafakkurining shakllanishida katta' ahamiyatga ega. Maqollar insonni axloq-odobga o'rgatsa\ topishmoqlar uni mantiqiy fikrlashga, topqirlikka, hozir javoblikka undaydi. Maqol inson nutqini bezaydi (xalqimizda «So'z ko'rki maqol», deb bejiz aytilmagan), uning ta'sir kuchini oshiradi. Biror-bir fikrni uqtirishda ishlatilgan maqol uni chuqur o'zlashtirishga Xizmat qiladi. Maqollar pand-nasihatlar, tarbiyaviy suhbatlarda o'git sifatida ham keladi. Uni, biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, «Otalar so'zi» ham deyishadi. Buning boisi, har bir maqol ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib, bir necha mingyilliklar davomida sayqal topib kelayotgani, yaxshilik, ezgu ishlarga undaydigan bebaho ma'naviy boyligimiz ekanidir. Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda rayon bo'lib, unda ibratli '"''"'
fikr aytiladi. Bu fikr rad etib bo'lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. Masalan, «Ona\urting - oltin beshiging», «Kishi yurtida shoh bo'lguncha, o'z yurti,ngda gado bo'!» kabi maqollami hech bir e'tirozsiz qabul qilamiz. Awal ta'kidlaganimizdek, ko'plab maqollardagi yana bir xususiyat ularda so'zlaming qofiyadosh bo'lib kelishidir. Masalan, «Yuz ko'rki soqol, so'z ko'rki maqo!», «Aql - boshdan, odob - yoshdan». Shu xislati bilan maqollar topishmoqlarga o'xshab ketadi. «Bir parcha patir, olamga tatir» ( oy) topishmog'idagi «patir» va «tatir» so' zlaridek, maqoldagi «boshdan» va «yoshdan» so'zlari bir-biriga qofiyadoshdir. Biroq bu o'xshashlik tashqi shaklda ko'rinadi. Mazmunan ular o'zida boshqa-boshqa ma'nolarni tashiydi. Biri ibratli fikrni anglatsa, ikkinchisi, kishinijumboqda yashirilgan ma'noni topishga undaydi, idrokini sinaydi. Maqol va topishmoqlar, o'zlarining o'xshash va farqli jihatlaridan qat'i nazar, inson tarbiyasiga xizmat qiladi, uni ziyraklik va zukkolikka undaydi. Download 414.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling