Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab
Download 414.79 Kb.
|
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)
RUBOIYLAR
Yod etmas emish kishini g'urbatda I kishi, Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda2 kishi. Ko'nglum bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh, G'urbatda sevinmas emish albatta kishi. ***
- Ko'pdin berikim yor-u diyorim yo'qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo'qtur. Keldim bu soril o'z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur. ***
Hijron qafasida jon qush dam qiladur, G'urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nay bitay firoq-u g'urbat sharhin, Kim ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur. *** Xush ulki, ko'zum tushti sening ko'zungga, Bevosita holimni desam o'zungga, Bermay so'zuma javob achig'lanasen , Qilding meni muhtoj chuchuk so'zungga. * * *
Dushmanniki, bu dahr5 zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur . G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur. * * * Ishlar bori ko'nguldagidek bo'lg'usidur! In' om - u vazifa - bori buyrulg'usidur! Ul g'alla-yu mahmilki6, deb erding, bildim, Mahmilg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur! * * *
Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur, Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur. Rar ikkalasi g'amim bila sabrimdek, Borg'on sori qu ortadur, ul kam bo'ladur. I , * * * Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur! Sarrishtai ayshdin1 ko'ngulni zinhor Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur! * * *
Ey bodi sabo2, ayla Xurosong'a guzar3, Mendin degil ul yori parishong'a xabar. Necha safar o'z ko'nglung uchun qilg'aysen, Emdi bizing uchun ayla bu yong'a safar. * * * Ahbob4, yig'ilmoqni farog'at tutungiz! Jam'iyatingiz borini davlat tutungiz! Ch un gardishi charx bu durur, Tangri uchun, Bir-biri necha kun g'animat tutungiz! * * *
Bu xasta ko'ngul erdi visoling bila xush, Jonim ham erur sening jamoling bila xush. Rijron g'ami garchi asru noxushtur, lek, Fikring bila shodmen, xayoling bila - xush. ... * * *
Kim bor anga ilm tolibi - ilm kerak. O'rgangani ilm tolibi ilm kerak! Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo'q, Men bormen ilm tolibi - ilm kerak. I Sarrishtai aysh - maishat. 2 Bodi sabo - tong shamoli, mayin shabada. 3 Guzar - o'tish, kechish. 4 Ahbob - do'stlar, yorlar. * * *
Boburni burun mahrami asrorI etting, Vaslingga be rib yo'l, o'zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Rijron alami birla giriftor etting. * * * Rar yerda gul bo'lsa - tikon bo'lsa, ne tong?! Rar qandaki may durdidan bo'lsa, ne tong?! She'rimda agar hazl, agar jid, kechurung, yaxshi borida agar yomon bo'lsa, ne tong?! * * * Yo qahr-u g'azab birla meni tufroq qil! Y 0 bahri inoyatingda mustag'roq2 qil! Y 0 rab, sengadur yuzum qaro gar oq qil, Rar nay' sening rizong erur andoq qil! . * * * Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil ! Rar kim meni bilsa bu payomimnP degil! Mendin demagil gar unutulg'on bo'lsam, Rar kimki, meni so'rsa, salomimni degil! * * * Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, F arxunda4 hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bir taraf etmak mushkil, Boshni olibon bir sari ketmak mushkil. * * * Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen, ul shu'lag'a men kuldurmen. I Mahrami asror - sirdosh, ulfat, hamdam. 2 Mustag'roq - g'arq bo'lgan, cho'mgan. 3 Payom - xabar, darak. 4 Farxunda - qutlug', saodatli, baxtli, quvonchli. Nisbat yo'qdur, deb ijtinobl aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen! * * * Jonimda mening hayoti jonim sensen, Jismimda mening ruh-u ravonim sensen. Boburni seningdek o'zga yo'q yori azizi, Alqissaki, umri jovidonim2 sensen. * * * Davron meni o'tkardi sar-u somondin, Oyirdi meni bir yo'li xonumondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta'na, Nelarki boshimg'a kelmadi davrondin. * * * Ey, oy yuzung olida quyosh sharmanda, Shirin so'z-u yaxshi xulqungga men banda, Hijronda necha noma bila so'zlashaling, Y 0 sen beri kel, yo men borayin anda. * * *
Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi, Vaslingg'a yetishmadim jihat bu erdi: Ohim tutuni birla ko'zumning yoshidin, Yo'l ba1chiq edi, kecha qorong'u erdi. Download 414.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling