Obrazli
OMON MATJON
(1943-YIL TUG`ILGAN)
1.“Men she’r yozsam,
Endi uni qog`ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o`tga yozaman”, deb kim aytgan?
Omon Matjon
2. Ilk she’rlari qachon, qaysi jurnalda chiqadi?
“Sharq yulduzi” jurnalining
1965-yil 5-sonida
3. She’riy to`plamlari?
“Ochiq derazalar”, “Karvon qo’ng`irog`i”, “Quyosh soati”, “Yonayotgan daraxt”, “Yarador chaqmoq”, “Haqqush qichqirig`i”, “Seni yaxshi ko`raman”, “Daraxtlar va giyohlar”, “Gaplashadigan vaqtlar”, “Ming bir yog`du”, “O`rtamizda birgina olma”, “Qush yo`li”, “Iymon yog`dusi”, “Saylanma”, “Ardaxiva”
4. “Hozirgina ulug` shoh Edip edi,
Endi fuqarodan battar fuqaro”
Kimni nazarda tutyapti?
Shukur Burhon
5. “Xalqmi shu, birovning haqini gizlab,
Besh-o`nni yulishni poylab turganlar?” misralari qaysi she’rdan olingan?
“Ko`rdim: Shukur Burhon…”
6. “Ey, husnda birinchim,
Ey tishlari dur-injum” misralari qaysi she’rdan olingan?
“Qo`shiq”
7.Qanday yerlarga o`lganlar xasmi deb, hech kim tegmagan?
Mozor va Vaqf yerlarga
8.Eng so`nggi va bebaho xazina…?
Milliy g`urur
9. “Ko`rdim: Shukur Burhon…” she’rida daho shaxsga kimlar qarama-qarshi qo`yilgan?
Faqat shaxsiy manfaat dardi bilan yashaydigan olomon
10. “Olomon” so`ziga matnda ma’nodosh bo`lib kelgan so`z va iboralar?
Tirsaklar, qorinlar, ko`krak, yelkalar
11. Qaysi she’ri ma’naviy va tabiiy ekologiya mavzusida?
“Qaysi yili ko`klamda…”
12. “Qaysi yili ko`klamda…” she’ridagi markaziy obraz va uning ramziy ma’nosi?
Turnalar – ma’naviyat va ezgulik timsoli
13. Qaysi she’rida turnalar qo`nishga bir parcha yer topa olmaydigan, Jayhunday asov daryosi nomi afsonalardagina qolgan, hatto mozorlargacha buzib, ekin ekishdan tortinmaydigan yurt halokatga yuz tutishini bashorat qiladi?
“Qaysi yili ko`klamda…”
14. Qaysi she’rida yomonlarning adovati tufayli ayriliqqa duch kelgan oshiq holati o`ta mayin ifodalangan?
“Qo`shiq” she’rida
Do'stlaringiz bilan baham: |