Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

!
!


97
Magar Shom mulkida erdi bu hol
Ki, iki rafiqi mavaddat xisol.
Qazodin birov dastgiri bo‘lub,
Birov yo‘qki, kofir asiri bo‘lub.
Ko‘zidin oqar qonlaridin ikov,
Yudilar ilik jonlaridin ikov.
Tilab har biri aylamak ibtido
Ki, jonin yana birga qilg‘ay fido.
Bu holatda qotil chekib tig‘i qatl
Birisiga qildi ayon big‘i qatl.
Yana bir boshin ochib, etmay haros,
Ayon ayladi yolborib iltimos.
Ki: “Avval mening boshima tig‘ sur,
Chu men o‘ldum, ul dam aning 
bo‘ynin ur!”
Munga chunki mayl etti o‘lturgali,
Boshig‘a jafo tig‘i tekurgali.
Ochib boshin ul bir ham aylab havas,
Nekim erdi avvalg‘ig‘a multamas.
Bular har bir – ul bir uchun qayg‘uda,
Bu holatda Chingiz emish uyquda.
Tushiga kirar bu ikki yor ishi,
Muni ko‘rgach aytur anga bir kishi
Ki: “Kechgil xaloyiqqa ozordin,
Vafo o‘rgan ushbu iki yordin.
Sanga kinavar bo‘lsa Xorazmshoh,
Ul ishtin jahon ahlig‘a ne gunoh?”
Iki shoh kini jahonni buzub,
Iki zor mundoq vafo ko‘rguzub.
Chu uyg‘ondi uyqusidin qahramon,
O‘lumdin xaloyiqqa berdi amon.
Shom mamlakatida bo‘lsa ke-
rak, shunday bir voqea yuz berdi-
ki, do‘stlik fazilatiga ega bo‘lmish 
ikki o‘rtoq tasodifan birovga bandi 
bo‘lib, birov emas, kofir qo‘liga asir 
tushib qoldilar. Ikkovining ko‘zlari-
dan yosh o‘rniga qon oqar, ikkovlari 
ham jonlaridan umidlarini uzgan edi-
lar. Zero, zolim bularning har ikkisini 
qatl etmoqchi edi. Lekin biri ikkinchi-
sidan avvalroq qurbon bo‘lishni istar 
edi. Maqsad – jonni o‘z do‘stiga fido 
qilmoq edi. 
Bir mahal qotil tig‘ini qinidan 
sug‘urib, birinchisiga urmoqchi 
bo‘lgan edi, ikkinchisi boshini ya-
lang qilib, o‘limdan qo‘rqmay: “Av-
val mening boshimga tig‘ sol, meni 
o‘ldirgach, uning bo‘ynini chopar-
san!” – deb yolvordi. 
Ikkinchisini o‘ldirmoqchi bo‘lib, 
uning boshiga jafo tig‘ini ko‘targan 
edi, avvalgisi o‘limni havas qilgandek 
boshini ochib: “Avval meni o‘ldir!” 
deb yalina boshladi. Bularning har 
biri o‘z do‘sti uchun qayg‘uda ekani-
da Chingiz uyquda bo‘lib, yuqorida-
gi voqea uning tushiga kirdi. 
Shunda, voqea guvohi bo‘lgan bir 
kishi Chingizga:
– Ushbu ikki do‘stdan vafo o‘rganib, 
xaloyiqqa ozor berishdan voz kech! 
Xorazmshoh senga dushman bo‘lsa, 
buning uchun jahon xalqining nima 
gunohi bor? – dedi. 
Ikki shohning xusumati jahonni buzib 
turganda, darhaqiqat, bu ikki do‘st 
bir-biriga shu xilda vafo ko‘rsatdi.
Shu asnoda uyqusidan uyg‘ongan 
Chingiz xaloyiqqa o‘limdan omonlik 
berdi.


98

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling