Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “XAMSA”: “SADDI ISKANDARIY” DOSTONI Xamsachilik an’analari
GURUHLARDA ISHLAYMIZ
Quyi sinflarda yoki mustaqil tarzda Navoiyning qaysi asarlarini o‘qigansiz? O‘qigan asarlaringiz haqidagi bilimlaringizni umumlashtiring va quyidagi jadvalni to‘ldiring. Asar nomi Janri, yoʻnalishi Ahamiyati Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” (“Qushlar tili”) asarining xorijiy tillardagi nashrlari 92 “XAMSA”: “SADDI ISKANDARIY” DOSTONI Xamsachilik an’analari Sharq xalqlari adabiyotida “Xamsa” (“Beshlik”) yaratish an’anasini XII asrda yashagan ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Uning 30 yildan oshiq vaqt davomida fors tilida yozgan besh dostoni shoir vafotidan soʻng yaxlit to‘plamga birlashtirildi va “Panj ganj” (“Besh xazina”) deb yuritila boshlandi. Nizomiydan keyin Xusrav Dehlaviy, Ab- durahmon Jomiy va boshqa ko‘plab ijodkorlar an’anani davom ettirib, o‘z “Xamsa”larini yaratdilar. An’anaga ko‘ra, “Xamsa”dagi birinchi doston falsafiy va axloqiy ma- salalarni qamrab olishi, ikkinchi va uchinchi dostonlar Xusrav va Shirin hamda Layli va Majnun muhabbati haqida, soʻnggi ikki doston esa shoh Bahrom va Iskandar Zulqarnayn sarguzashtlari haqida bo‘lishi lozim edi. Mazkur an’anani davom ettirgan holda Alisher Navoiy 1483-1485-yillar- da ilk marotaba turkiy tilda o‘z “Xamsa”sini yaratadi. Navoiy “Xamsa”si quyidagi dostonlarni o‘z ichiga oladi: – “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) – pand-na- sihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston bo‘lib, unda Navoiy dav- ridagi xalq turmushi, urf-odatlari, mu- allifning diniy va axloqiy qarashlari aks etgan; – “Farhod va Shirin” – bu doston- da Navoiy Chin shahzodasi Farhod- ning go‘zal arman malikasi Shirin ishqi- da ko‘rsatgan qahramonliklari bayoni orqali komil inson masalasini ko‘taradi; – “Layli va Majnun” – arab yigiti Qaysning Layloga pok muhabbati, ishq yo‘lida majnun (devona) bo‘lishi orqali majoziy ishq sirlari aks ettiriladi; – “Sab’ayi sayyor” (“Yetti sayyora”) – Sharqda keng tarqalgan shoh Ba- hrom (Bahrom Go‘r) haqidagi afsona asosida yaratilgan ishqiy-sarguzasht xarakteridagi doston; – “Saddi Iskandariy” (“Iskandar de- vori”) – “Xamsa”ning yakunlovchi va hajm jihatdan eng yirik dostoni bo‘lib, unda ma’rifatli shoh Iskandar Zulqar- naynning sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling