Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

O‘ylab ko‘ring: 
Temuriylar davrida adabiyotning taraqqiy etishi faqat hukmdorlar­
ning san’atga xayrixohligi bilan bog‘liqmi yoki buning boshqa sabablari 
ham bor deb o‘ylaysizmi?
MUSTAQIL ISH
Tarix va boshqa fanlardan olgan bilimlaringiz asosida, Markaziy 
Osiyoning Temuriylardan keyin XIX asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan ta-
raqqiyotining eng muhim uch xususiyatini ajratib ko‘rsating. Nima uchun 
aynan shu xususiyatlarni muhim deb hisoblashingizni izohlang. 


88
!
XVI asr boshlariga kelib temuriylar davlati inqirozga yuz tutdi va ho-
kimiyat shayboniylar, keyinchalik ashtarxoniylar qo‘liga o‘tdi. Toj-taxt 
uchun kurashlar oqibatida yuzaga kelgan ziddiyatlar Markaziy Osiyo-
da xonliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu davrdagi siyosiy- ijtimoiy 
o‘zgarishlar, murosasiz kurashlarga qaramay, davr ziyolilari, ilm-fan eg-
alari, adabiyot va san’at vakillarining yangilikka intilishlari o‘lkada ma-
daniy hayotning to‘xtab qolishiga imkon bermadi, xususan, adabiyotda 
yangicha yoʻnalishdagi asarlar, yangi adabiy janrlar paydo bo‘ldi, mav-
judlari taraqqiy etdi.
Davrning ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayoti, xalqning tur-
mush tarzi, hukmdorlarning murakkab va ziddiyatli faoliyati haqida 
qimmatli ma’lumotlar beruvchi “Boburnoma” (Zahiriddin Muhammad 
Bobur, XVI asrning birinchi yarmi), “Shayboniynoma” (Muhammad So-
lih, XVI asrning birinchi yarmi), “Abdullanoma” (Hofiz Tanish Buxoriy, 
XVI asrning birinchi yarmi), “Ubaydullanoma” (Muhammad Amin Buxo-
riy, XVIII asr) kabi memuar va tarixiy-biografik asarlar yuzaga keldi. 
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari an’analari asosida tazki-
rachilik rivojlandi. 
Tahlil qiling:
Tarixiy, memuar asarlar va tazkiralar tarixiy jarayonlarni o‘rganish­
da qanday ahamiyat kasb etadi?
Bu davrda yaratilgan adabiyot namunalarida ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy, 
axloqiy mavzular aks etgan bo‘lsa-da, ishq, xususan, ilohiy ishq mad-
hi mumtoz adabiyotning asosiy mavzu mundarijasini tashkil etadi. Shu 
nuqtayi nazardan Alisher Navoiy, uning zamondoshlari va keyingi davr-
larda yashagan ijodkorlar asarlaridagi ramziy obrazlarning mazmun–mo-
hiyatini tasavvuf ilmisiz tushunib bo‘lmaydi.
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘, yashil,
Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil.
Alisher Navoiy
xil’at –
qimmatbaho toʻn
Tasavvufiy asarlarda oshiqning go‘zal yorga murojaati orqali Allohga 
bo‘lgan ilohiy ishq kuylanadi:
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lol-u ko‘zum giryon, soʻngaklarni nihon o‘rtar.
Mashrab
soʻngak –
suyak
Albatta, hamma g‘azallarni ham ilohiy ishq mavzusida yaratilgan deb 
bo‘lmaydi. Yor ishqida yozilgan, shuningdek, hasbi hol yoʻnalishidagi – 
tazkira – adiblar 
yoki badiiy ijod ga 
aloqador shaxslar-
ning hayoti va ijodi 
haqida ma’lu motlar 
beruvchi asar
tasavvuf – islom 
dinida insonni 
ruhiy va axloqiy 
jihatdan komillik sari 
yoʻllovchi taʼlimot, 
shariatga amal 
qilib nafsini poklab, 
axloqni tako mil-
lashtirib taqvodorlik 
bilan yashash


89
muallifning hayoti, kechinmalari, ruhiy holatini bayon qiluvchi go‘zal 
asarlar ham bizgacha yetib kelgan. 
Guliston ichra kirsam holima sarv-u suman yig‘lar,
Qilur bulbul fig‘on-u nolalar birla chaman yig‘lar.
Eshitsalar mani boshimga tushgan muncha savdoni,
Biyobonlarda Majnun, tog‘ ichinda Ko‘hkan yig‘lar.
 
Mujrim 
Obid
XVII asr va undan keyin o‘zbek adabiyotida siyosiy va ijtimoiy muam-
molarni tanqid ostiga olgan satira va yumor yoʻnalishi ham rivojlandi. 
Masalan, Turdi Farog‘iy o‘z asarlarida xalqning parokanda bo‘lishiga sa-
babchi beklarni tanqid ostiga oladi, ularni birlashishga chaqiradi:
Tor ко‘ngulluk beklar man-man demang, kenglik qiling, 
To‘qson ikki bovli о‘zbek yurtidir, tenglik qiling.
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir toʻngʻa kirib,
Bir oʻngurluk, bir tirizlik, yaqo, yenglik qiling.
yaqo – yoqa
oʻngur – chuqur
tiriz – tepa
Bu davrda didaktik adabiyot an’analari ham davom ettirildi. Xoja-
ning (XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmi) “Miftoh ul-adl” (“Adolat 
kaliti”), “Gulzor” asarlari, Xo‘janazar Huvaydoning (XVIII asr) “Rohati dil”, 
Gulxaniyning (XVIII asr oxiri – XIX asr boshi) “Zarbulmasal” singari asar-
lari bu davrda yaratilgan pandnoma asarlarga misol bo‘la oladi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling