Adabiyot toshkent – 2022 10
LOYIHA Guruhlarda ishlang
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil qiling
- Navoiy merosi
LOYIHA
Guruhlarda ishlang. Markaziy Osiyoning XIV–XIX asrning ikkinchi yarmidagi taraqqiyoti tendensiyalaridan birini ajratib oling va uning ada- biyotga ta’sirini misollar yordamida ochib bering. 90 ! ! ALISHER NAVOIY (1441–1501): “XAMSA”. “SADDI ISKANDARIY” DOSTONI Mavzuni oʻrganish jarayonida: – “Saddi Iskandar” dostonidagi asosiy obrazlar va ramzlarni tahlil qilamiz; – Alisher Navoiy haqidagi bilimlarimizni umumlashtiramiz. Eslang: Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday asarlarni o‘qigansiz yoki to mosha qilgansiz? Bu asarlarda Navoiy qanday inson sifatida gavdalangan? Tahlil qiling: Yuqoridagi iqtiboslarni o‘qing. Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tili, adabiyoti va madaniyati ravnaqi uchun qilgan xizmati nimalarda ko‘ri nadi? Husayn Boyqaro nega Alisher Navoiyni Masihga o‘xshatmoqda? * * * “Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam”. Alisher Navoiy * * * “Alisherbek naziri yo‘q kishi edi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. ... Ahli fazl va ahli hunarg‘a Alisherbek- cha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay”. Zahiriddin Muhammad Bobur * * * “Mir Alisher turk tilining o‘lgan jasadig‘a Masih anfosi bila ruh kiyurdi”. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning rassom Mahmud Muzahhib ishlagan portreti, XVI asr 91 Navoiy merosi Alisher Navoiy o‘zidan ulkan adabiy va ilmiy meros qoldirgan. Uning jami 22 ming baytdan ziyod g‘azal, ruboiy, qit’a, tuyuq va boshqa jan- rlardagi lirik asarlari Navoiyning o‘zi tartib bergan to‘rt kitobdan iborat “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) majmuasiga jamlangan. De- vonning har bir kitobiga inson umrining fasllariga mos ravishda nom be- rilgan. Navoiyning fors tilida Foniy taxallusi bilan yozgan she’rlari alohida “Devoni Foniy”ga yig‘ilgan. Navoiyning eng yirik epik asari – “Xamsa” besh dostonni o‘z ichiga oladi. Navoiyning tasavvufiy qarashlari, inson, tabiat va hayot haqidagi fik- rlari qushlar tili va sarguzashtlari orqali majoziy tarzda “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) dostonida bayon qilingan. “Arba’in” (“Qirq hadis”) asarida esa Muhammad (s.a.v.) hadislari she’riy yo‘l bilan sharhlangan. Mutafakkir o‘zigacha yashagan va zamonasining mashhur kishilari hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni, hayotiy kuzatishlari va tajribasi- ni “Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar”) asarida umumlashtirilgan. Uning tilshunoslik, adabiyotshunoslik hamda tarixga oid asarlari ham adabiy san’at, milliy madaniyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling