Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

GURUHLARDA ISHLAYMIZ
Quyi sinflarda yoki mustaqil tarzda Navoiyning qaysi asarlarini 
o‘qigansiz? O‘qigan asarlaringiz haqidagi bilimlaringizni umumlashtiring 
va quyidagi jadvalni to‘ldiring. 
Asar nomi
Janri, yoʻnalishi
Ahamiyati
Alisher Navoiyning
“Lison ut-tayr”
(“Qushlar tili”) asarining 
xorijiy tillardagi nashrlari


92
“XAMSA”:
“SADDI ISKANDARIY” DOSTONI
Xamsachilik an’analari
Sharq xalqlari adabiyotida “Xamsa” (“Beshlik”) yaratish an’anasini 
XII asrda yashagan ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. 
Uning 30 yildan oshiq vaqt davomida fors tilida yozgan besh dostoni 
shoir vafotidan soʻng yaxlit to‘plamga birlashtirildi va “Panj ganj” (“Besh 
xazina”) deb yuritila boshlandi. Nizomiydan keyin Xusrav Dehlaviy, Ab-
durahmon Jomiy va boshqa ko‘plab ijodkorlar an’anani davom ettirib, 
o‘z “Xamsa”larini yaratdilar. 
An’anaga ko‘ra, “Xamsa”dagi birinchi doston falsafiy va axloqiy ma-
salalarni qamrab olishi, ikkinchi va uchinchi dostonlar Xusrav va Shirin 
hamda Layli va Majnun muhabbati haqida, soʻnggi ikki doston esa shoh 
Bahrom va Iskandar Zulqarnayn sarguzashtlari haqida bo‘lishi lozim edi. 
Mazkur an’anani davom ettirgan holda Alisher Navoiy 1483-1485-yillar-
da ilk marotaba turkiy tilda o‘z “Xamsa”sini yaratadi. Navoiy “Xamsa”si 
quyidagi dostonlarni o‘z ichiga oladi:
– “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) – pand-na-
sihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston bo‘lib, unda Navoiy dav-
ridagi xalq turmushi, urf-odatlari, mu-
allifning diniy va axloqiy qarashlari aks 
etgan;
– “Farhod va Shirin” – bu doston-
da Navoiy Chin shahzodasi Farhod-
ning go‘zal arman malikasi Shirin ishqi-
da ko‘rsatgan qahramonliklari bayoni 
orqali komil inson masalasini ko‘taradi;
– “Layli va Majnun” – arab yigiti 
Qaysning Layloga pok muhabbati, ishq 
yo‘lida majnun (devona) bo‘lishi orqali 
majoziy ishq sirlari aks ettiriladi;
– “Sab’ayi sayyor” (“Yetti sayyora”) 
– Sharqda keng tarqalgan shoh Ba-
hrom (Bahrom Go‘r) haqidagi afsona 
asosida yaratilgan ishqiy-sarguzasht 
xarakteridagi doston;
– “Saddi Iskandariy” (“Iskandar de-
vori”) – “Xamsa”ning yakunlovchi va 
hajm jihatdan eng yirik dostoni bo‘lib, 
unda ma’rifatli shoh Iskandar Zulqar-
naynning sarguzashtlari haqida hikoya 
qilinadi.


93

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling