!
!
Iskandar kim?
Eslang:
Iskandar Zulqarnayn haqida nimalarni
o‘qigansiz yoki eshitgansiz?
Quyida ensiklopediyadan olingan ma’lumot
bilan tanishib chiqing.
Zulqarnayn (arab. – “ikki shoxli”) – musul-
monlar orasida tarqalgan qadimiy rivoyatlarga
ko‘ra, dunyoning Chin(Xitoy)ga qadar yerlarini
zabt etib, u yerda yaʼjuj va maʼjuj yoʻliga ulkan
to‘siq qurgan podshoh. Ayni vaqtda ham Sharq,
ham Gʻarb hukmdori ekani yoki tojining ikki che-
ti shoxsimon boʻlganidan shunday deb atalgan,
deb taxmin qilinadi. Qurʼoni Karimda Zulqarnay-
nning yer yuzida haqni qaror toptirish uchun qil-
gan saʼy-harakatlari bayon etilgan (18:83-102).
Ba’zi islom tadqiqotchilari Qur’oni Karimda zikr
qilingan Zulqarnaynni Makedoniyalik Aleksand-
rning o‘zi deb va ba’zilari Hazrat Ibrohim alayhissalomdan ilgari
yashab oʻtgan butunlay boshqa bir shaxs deb talqin etishadi.
“O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”dan
Asarni o‘qish davomida o‘ylab ko‘ring:
Alisher Navoiy nega bu syujetga murojaat qilib, o‘z talqinini yaratgan bo‘
li shi mumkin? Asarni o‘qib bo‘lgach, sinfda shu savolni muhokama qiling.
Zulqarnaynning devor qurdirishi.
XVI asr Eron miniatyurasi.
Darbant
qal’asi devori
(Dog‘iston,
Rossiya).
Ayrimlar
shu devorni
Zulqarnayn
devori deb
hisoblashgan.
94
“Saddi Iskandariy” dostonining tuzilishi
Muqaddima
(1–14-boblar)
Asosiy qism
(15–83-boblar)
Xotima
(84–89-boblar)
– Allohga hamd;
– Muhammad (s.a.v)
vasfi (na’t);
– “Xamsa”ning
yozilish tarixi;
– ustozlar madhi;
– Sulton Husayn
Boyqaro va uning
o‘g‘li shahzoda
Badiuzzamon ta’rifi;
– qadimgi Eron
shohlari tarixi.
– Iskandar voqealari
bayoni. Tuzilishi:
– Iskandar hayotidan
bir voqea;
– voqeada ko‘tarilgan
axloqiy muammoga
oid mulohazalar;
– hikoyat;
– Arastu va Iskandar
suhbati.
– Husayn Boyqaro
va uning farzandlari
ta’rifi;
– hakimlar
(donishmandlar)
ta’rifi;
– ukasi Darveshaliga
nasihatlar;
– xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |