Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

Tahlil qiling:
Dostonning asosiy voqealari bayonida Iskandarga xos qanday sifatlar­
ni kuzatish mumkin? Navoiy bosh qahramonga bu xususiyatlarni sing­
dirish bilan qanday maqsadlarni ko‘zlagan deb o‘ylaysiz?
!


96
SADDI ISKANDARIY
(dostondan parchalar)
XXV
Iki jahondor muxolafatidin jahon ahli xirmanig‘a balo barqi etgani 
va iki yor muvofaqatidin ul tutashqon o‘tqa rahmat yomg‘uri yog‘ib, 
shu’lasin past etgani.
Mazmuni: Ikki jahondor kelishmovchiligidan jahon ahli xirmoniga 
balo chaqini tushgani va ikki do‘st ittifoqligidan u yongan o‘tga rahmat 
yomg‘iri yog‘ib, urush alangasini soʻndirgani.
Eshittimki, Chingiz-u Xorazmshoh,
Adovatqa chun bo‘ldilar kinaxoh.
Buzuldi jahon ulcha maqdur erur,
Netay sharhin aytib, chu mashhur erur.
Eshitishimcha, Chingiz va Xorazm-
shoh bir-biri bilan dushmanlik urushi-
ni boshlagan ekanlar. Qudratlari yet-
gancha jahonni buzdilar. Bu ham-
maga ma’lum va mashhur bo‘lgani 
uchun sharhini yozib o‘tirmayman. 
Eslang: 
Chingizxon kim edi? Tarixda Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasidagi ixt­
iloflar qanday dahshatli oqibatlarga sabab bo‘lgan?
Hamonoki Chingiz topib zafar,
Aning mulkini qildi zer-u zabar.
Ne kishvar arokim maqom ayladi,
Chekib tig‘i kin, qatli om ayladi.
Tushub mavjg‘a bahri jabborliq,
Ayon aylabon mavji qahhorliq.
Ato o‘g‘lig‘a yig‘labon: “hoy-hoy!”
Qizig‘a ano tortibon: “voy-voy!”
Hayot uyiga marg solib xalal,
Amon raxnasin mahkam aylab ajal.
Bu jangda Chingiz zafar qozonib, 
Xorazm o‘lkasini ostin-ustin qilib 
tashladi. Qaysi shaharni qo‘lga ki-
ritgan bo‘lsa, u yerdagi odamlarning 
hammasini tig‘dan o‘tkazdi. 
U zulm dengizini mavjlantirib, qahr-u 
g‘azabini avjga chiqazdi. 
O‘lim kishilarning hayot uyiga kirish-
lariga to‘sqinlik qilar, ajal esa omon-
lik yo‘lini bekitib tashlagan edi. 
Tahlil qiling: 
Chingizxonning zulmini tasvirlash uchun shoir qanday o‘xshatish va me­
taforalarni qo‘llagan? Bu tasvir vositalari misralar g‘oyasini ochishda qan­
day ahamiyat kasb etmoqda?
Nasriy bayoni 
(Inoyat Maxsumov 
nusxasi asosida 
Mavjuda Hami do-
va to‘ldirib nashrga 
tayyorlagan)

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling