Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
!
! 97 Magar Shom mulkida erdi bu hol Ki, iki rafiqi mavaddat xisol. Qazodin birov dastgiri bo‘lub, Birov yo‘qki, kofir asiri bo‘lub. Ko‘zidin oqar qonlaridin ikov, Yudilar ilik jonlaridin ikov. Tilab har biri aylamak ibtido Ki, jonin yana birga qilg‘ay fido. Bu holatda qotil chekib tig‘i qatl Birisiga qildi ayon big‘i qatl. Yana bir boshin ochib, etmay haros, Ayon ayladi yolborib iltimos. Ki: “Avval mening boshima tig‘ sur, Chu men o‘ldum, ul dam aning bo‘ynin ur!” Munga chunki mayl etti o‘lturgali, Boshig‘a jafo tig‘i tekurgali. Ochib boshin ul bir ham aylab havas, Nekim erdi avvalg‘ig‘a multamas. Bular har bir – ul bir uchun qayg‘uda, Bu holatda Chingiz emish uyquda. Tushiga kirar bu ikki yor ishi, Muni ko‘rgach aytur anga bir kishi Ki: “Kechgil xaloyiqqa ozordin, Vafo o‘rgan ushbu iki yordin. Sanga kinavar bo‘lsa Xorazmshoh, Ul ishtin jahon ahlig‘a ne gunoh?” Iki shoh kini jahonni buzub, Iki zor mundoq vafo ko‘rguzub. Chu uyg‘ondi uyqusidin qahramon, O‘lumdin xaloyiqqa berdi amon. Shom mamlakatida bo‘lsa ke- rak, shunday bir voqea yuz berdi- ki, do‘stlik fazilatiga ega bo‘lmish ikki o‘rtoq tasodifan birovga bandi bo‘lib, birov emas, kofir qo‘liga asir tushib qoldilar. Ikkovining ko‘zlari- dan yosh o‘rniga qon oqar, ikkovlari ham jonlaridan umidlarini uzgan edi- lar. Zero, zolim bularning har ikkisini qatl etmoqchi edi. Lekin biri ikkinchi- sidan avvalroq qurbon bo‘lishni istar edi. Maqsad – jonni o‘z do‘stiga fido qilmoq edi. Bir mahal qotil tig‘ini qinidan sug‘urib, birinchisiga urmoqchi bo‘lgan edi, ikkinchisi boshini ya- lang qilib, o‘limdan qo‘rqmay: “Av- val mening boshimga tig‘ sol, meni o‘ldirgach, uning bo‘ynini chopar- san!” – deb yolvordi. Ikkinchisini o‘ldirmoqchi bo‘lib, uning boshiga jafo tig‘ini ko‘targan edi, avvalgisi o‘limni havas qilgandek boshini ochib: “Avval meni o‘ldir!” deb yalina boshladi. Bularning har biri o‘z do‘sti uchun qayg‘uda ekani- da Chingiz uyquda bo‘lib, yuqorida- gi voqea uning tushiga kirdi. Shunda, voqea guvohi bo‘lgan bir kishi Chingizga: – Ushbu ikki do‘stdan vafo o‘rganib, xaloyiqqa ozor berishdan voz kech! Xorazmshoh senga dushman bo‘lsa, buning uchun jahon xalqining nima gunohi bor? – dedi. Ikki shohning xusumati jahonni buzib turganda, darhaqiqat, bu ikki do‘st bir-biriga shu xilda vafo ko‘rsatdi. Shu asnoda uyqusidan uyg‘ongan Chingiz xaloyiqqa o‘limdan omonlik berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling