Adabiyot toshkent – 2022 10
! O‘RTA ASRLAR VA UYG‘ONISH
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
!
O‘RTA ASRLAR VA UYG‘ONISH DAVRI JAHON ADABIYOTI (V–XVI ASRLAR) Mavzuni oʻrganish jarayonida: – o‘rta asrlar Yevropa va Sharq adabiyotida yetakchilik qil- gan adabiy janrlar haqida bilib olamiz; – Uyg‘onish davri adabiyotining asosiy xususiyatlarini tahlil qilamiz. Eslang: Insoniyat tarixidagi qaysi davr “o‘rta asrlar” deb ataladi? Bu davrning muhim xususiyatlari nimalardan iborat? V asrda Rim imperiyasining qulashi bilan qadimgi davr yakun topdi va “o‘rta asrlar” deb nom olgan yana bir yangi davr boshlandi. Jamiyat- ning zodagonlar, ruhoniylar va dehqonlar qatlamiga bo‘linishiga asos- langan feodalizm tuzumi shakllandi. Xalqlarning buyuk ko‘chishi nati- jasida yangi millatlar shakllandi va bu millatlar so‘zlashadigan tillarda yangi adabiyot yaratildi. Keyinchalik mayda davlatlar o‘rniga kuchli markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi savdo-sotiq, sanoat, ilm- fan va madaniyatning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Xris- tian dinining nafaqat Yevropa davlatlari ichki va tashqi siyosatiga, balki madaniyati va san’atiga ta’siri kuchaydi. Qadim davrlardan mavjud bo‘lgan qahramonlik eposi o‘rta asrlar adabiyotida yangicha mazmun kasb etdi. Shimoliy Yevropa xalqla- ri eposlarida (inglizlarning “Beovulf” dostoni, island va island sa- galari – dostonlari) hali mifologik tasavvurlarning kuchli ta’siri se- zilsa, fransuz (“Roland haqida qo‘shiq”), nemis (“Nibelunglar haqi- da qo‘shiq”), ispan (“Sid haqida qo‘shiq”) va sharqiy slavyan (“Igor qo‘shini haqida so‘z) eposlarida esa real tarixiy voqealarga badiiy bo‘yoq beriladi. Arvoh kelar asta-sekin qorong‘u tunda Soqchilar-chi, uxlab yotar qasrda beg‘am. Uxlamaydi bedor bo‘lib Beovulf bunda, Uxlamaydi yovni kutib Beovulf o‘ktam. Botqoq yerdan, tepalikdan tun cho‘kkan mahal Tushib kelar la’natlangan maxluq Grendal... Osmon uzra chaqmoq chaqqanday Paydo bo‘ldi Beovulf o‘ktam. 117 ! Temir kabi mustahkam qo‘llar Grendalni ushladi mahkam ... “Beovulf” dostonidan (Rustam Umurzoqov tarjimasi) Buyuk imperator Karl mamnun: Qo‘shini egalladi Kordovani. Manjaniq toshlaridan bo‘ldi vayron minoralar, Va devorlar kuli sovrildi ko‘kka. Ritsarlari ega bo‘ldi boy o‘ljaga: Yarog‘-aslaha, asbob-anjom, kumush va oltinga. “Roland haqida qo‘shiq”dan (Abdug‘ofir Qosimov tarjimasi) O‘rta asrlar Yevropa jamiyatining tabaqalarga bo‘linishi adabiyotga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va natijada har bir tabaqa vakillari to- monidan yaratilgan o‘ziga xos adabiyot yuzaga keldi: – ulamolar tomonidan lotin tilida yaratilgan adabiyot asosan diniy mazmunga ega bo‘lib, ulardan diniy masa- lalarga sharhlar, avliyolar hayoti bayoni, madhiyalar va diniy marosimlardagi duolar o‘rin oldi; – ritsarlik adabiyotining asosini muhabbatni ta- rannum etuvchi lirika va ritsarlarning g‘ayrioddiy qa- hramonliklari tasvirlangan turkum asarlar tashkil qildi; – “shahar adabiyoti” esa hayvonlar haqidagi ma- joziy mazmunga ega eposlar, she’riy yoki nasriy yo‘l bilan yozilgan satirik asarlar va shahar maydonlarida ijro etishga mo‘ljallangan pyesalardan iborat bo‘lgan. Bu pyesalarda aksar holatda ruhoniylar va zodagonlarni mot qilib, har qanday mushkul vaziyatda ham yo‘l topa oladigan oddiy insonlar tasvirlangan. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling