Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
Tahlil qiling:
O‘rta asrlar Yevropa adabiyotining eng muhim xususiyatlari nimalar dan iborat? Bu davr adabiyoti qaysi jihatlari bilan antik adabiyotdan farq qiladi? VII asrda Arabistonda paydo bo‘lgan Islom dini Arabiston yarim oro- li, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Eron, Hindistonning bir qismi va Yevropaning Pireney yarim oroligacha bo‘lgan hududlarga tarqaldi. Arab xalifaligi va keyinchalik uning o‘rnida paydo bo‘lgan dav- latlarda ilm-fan va madaniyat rivojlandi, arab va fors-tojik tillarda ulkan adabiy meros yaratildi. IX asrda Somoniylar davlatida yashab ijod etgan Abu Abdulloh Ru- dakiy fors-tojik adabiyotining asoschisi hisoblansa, musulmon Sharqi adabiyotida epik dostonlar yaratish an’anasini Eron va Turon xalqlari- Qirol Artur va uning “dumaloq stol ritsarlari” haqidagi turkum asarlar o‘rta asr- lar ritsarlik adabi- yotining mashhur namunalaridan hisoblanadi. XV asr miniatyurasi 118 ! ning qariyb to‘rt mingyillik tarixiga bag‘ishlangan “Shoh- noma”si bilan Abulqosim Firdavsiy (X-XI asrlar) boshlab berdi. Bu an’anani keyinchalik Nizomiy Ganjaviy va Xus- rav Dehlaviy singari adiblar davom ettirib, besh doston- ni birlashtirgan “Xamsa” larini yaratdilar va o‘z navbatida Sharq adabiyotida “Xamsa”chilik an’analariga asos soldi- lar. Umar Xayyomning falsafiy ruboiylari, Sa’diy va Hofiz Sheroziy lirikasi, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” di- daktik asarlari hamda Rumiyning tasavvufiy-falsafiy asar- lari fors-tojik adabiyotining eng sara namunalari qatorida nafaqat Sharq, balki G‘arb adabiyoti taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. * * * Ey sorbon, ohista yur, oromi jonim boradur, Tandin dilu jonim olib, ul dilsitonim boradur. Qolurmumen olis bo‘lib, bechora-yu ma’yus bo‘lib, Qalbim firoq tig‘i tilib, to ustuxonim boradur. Sarkash nigorimdan judo, aysh-u qarorim bebaqo. Manqalda otashdek qaro dud birla qonim boradur. Cheksam-da zulm bedodini, ham va’dalar barbodini, Ko‘ksimda tutgum yodini, toki zabonim boradur. To‘xtat bir oz, ey sorbon, karvonni qilma tez chunon, Sarvi ravon ishqida jon – ruhi ravonim boradur. Qayt, ko‘zlarimga qo‘y oyoq, ey dilfirib, ketma yiroq, Ey nozanin, ko‘kka bu chog‘ oh-u fig‘onim boradur! Sa’diy (Shoislom Shomuhamedov tarjimasi) Bor erdi kulol do‘koni, kirdim bir gal, Dastgoh boshida ko‘zagar ishlardi jadal, Ko‘rdimki, gado ilki-yu shoh kallasidan Ul ko‘zaga bejirim bo‘yin, dasta yasar… Umar Xayyom (Jamol Kamol tarjimasi) Lutf etsang tosh ham jonona bo‘lg‘ay, O‘shal dam shevasi mastona bo‘lg‘ay. Zulfingning zanjiri gar bo‘lsa zohir, Luqmoni Hakim ham devona bo‘lg‘ay. Jaloliddin Rumiy (Xurshid Davron tarjimasi) Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling