Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif haqida
O‘ylab ko‘ring:
“Inson urush uchun emas, tinchlik uchun, xursandchilik uchun, bar cha ne’matlardan bahramand bo‘lish uchun yaratilgan”, – deb yozgan edi Uyg‘onish davri vakili Fransua Rable. Gumanizm g‘oyalari Uyg‘onish davri adabiyoti uchun asos bo‘lib xizmat qilganini qanday sabablar bilan izohlash mumkin? LOYIHA 2002-yilda Norvegiya Kitob klubi Norvegiya Nobel instituti bilan hamkorlikda jahon adabiyotining turli dav- rlarda yaratilgan eng muhim 100 namunasini o‘z ichiga olgan “Jahon adabiyoti” ro‘yxatini tuzdi. Kichik guruhlarda ishlang. “Jahon adabiyoti” ro‘yxa- tini o‘rganib chiqing. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan o‘rta as- rlar va Uyg‘onish davri adabiyoti namunalaridan birini tanlang. Tanlagan asaringizga oid mavjud manbalar asosida taqdimot tayyorlang. Taqdimotingizda siz tan- lagan asarning ushbu ro‘yxatga kiritilishi sabablarini izohlashga harakat qiling. Siz mazkur ro‘yxatga o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri adabiyotining qaysi namunasini kiritgan bo‘lardingiz? Nima uchun? ? 122 MIGEL DE SERVANTES SAAVEDRA (1547– 1616): “DON KIXOT SARGUZASHTLARI” ROMANI Mavzuni oʻrganish jarayonida: – “Don Kixot” romanining asosiy obrazlarini va unda ilgari suril- gan g‘oyalarni tahlil qilamiz. Tarixiy davr XVI-XVII asrlar “Ispaniyaning oltin davri” deb ataladi. Bu davrda yevropa- liklar yangi qit’alar va dengiz yo‘llarini kashf qilib, yangi kashfiyotlarni amalga oshirdilar. Ispaniya hududi ancha ken- gayib, ayni paytda uning boshqa Yev- ropa davlatlariga ta’siri ham kuchaydi. “Yangi dunyo” – Amerika qit’asidan kumush, oltin, tamaki, ziravorlar kabi mahsulotlarning olib kelib sotilishi Ispa- niya qiroli g‘aznasiga katta daromad keltirardi. Savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat rivojlandi. Bu davrda Yevropa tillaridan birinchi bo‘lib ispan tilining grammatikasi chop etildi, ispan me’morchiligi, adabiyoti va san’atining nodir namunalari yaratildi. Muallif haqida Migel de Servantes Saavedra 1547-yilda Madrid yaqinida zodagon oila- da tug‘ildi. Taxminlarga ko‘ra, u iyezuitlar (katolik ruhoniylari) kollejida tahsil olgan, biroq oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli o‘qishini davom ettira ol- magan. 1570-yillarda u Ispaniya armiyasiga qo‘shiladi va usmonli turklarga qarshi olib borilgan urushda qatnashib, yaralanadi. Ispaniyaga qaytayotga- nida kemaga jazoirlik qaroqchilar hujum qiladi va yozuvchi umrining besh yilini Jazoirda tutqunlikda o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Xayriya jamoasi to‘la- gan mablag‘lar evaziga ozod qilingan Servantes Ispaniyaga qaytib, turli ish- lar bilan shug‘ullanadi, biroq muhtojlikda hayot kechiradi. Servantes faoliyati davomida bir qancha she’rlar, novellalar va pyesalar yozdi, biroq bu asarlar unga shuhrat keltirmadi. Uning nomini jahon adabiyoti tarixiga muhrlagan asar ikki qismdan iborat “Don Kixot sarguzashtlari” romani bo‘ldi. Uyg‘onish davrining eng katta me’moriy obidalaridan biri – ispan qirollarining “El Escorial” saroyidagi kutubxona |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling