Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
O‘ylab ko‘ring:
Sizningcha, xitoy va yapon adabiyotida tabiat lirikasining yetakchi o‘rinlardan birini egallashi qanday omillar bilan bog‘liq? ? 120 Gumanizm – inson tafakkurining qudratiga ishonch XIV asrda Ita- liyada boshlangan va keyinchalik butun Yevropani qamrab olgan Re- nessans (Uyg‘onish) davrining falsafiy asosini tashkil qildi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at gullab yashnadi, jahon madaniyatining durdonalari hisoblangan ko‘plab asarlar ham aynan shu davrda ya- ratildi. Uyg‘onish davri ijodkorlari insonni ilohiy kuchlar oldida ojiz mavjudot emas, balki tabiatning eng buyuk xilqati sifatida tarannum qildilar va inson xarakterini, uning kuchli va ojiz jihatlarini tahlil qilish- ga urindilar. Buyuk italyan shoiri Dante Aligyeri (XIV asr) Uyg‘onish davrini bosh- lab bergan ijodkorlardan biri hisoblanadi. U “Ilohiy komediya” dostonida narigi dunyoga sayohat va sayohati davomida uchratgan obrazlari orqali savob va gunoh, yaxshilik va yomonlik, ruhiy poklanish, jannat, do‘zax va arosat yo‘lida qolgan insonlar taqdiri haqidagi qarashlarini aks ettirgan. Hozir bosh ustingda samo muhtasham, Narigi osmonning teskarisi bu, Narigi xilqatda Inson mukarram – … Mavhum va bilgisiz yo‘ldan shaxt aylab – Charog‘on dunyoga keldik ikkovlon. “Afina maktabi”. Uyg‘onish davrining buyuk vakillaridan biri, rassom va haykaltarosh Rafael Santi ishlagan surat (XVI asr). Antik davr merosiga qiziqishning kuchayishi Uyg‘onish davrining muhim xususiyatlaridan biri edi 121 Barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi ro‘yxati Endi intilardik yuksakka qarab, Ustozga ergashib borardim hamon. Ketdik, shu’lalarga tushguncha to ko‘z, Chashmim yoritguncha nurafshon osmon. Va yana namoyon bo‘lgandi yulduz. “Ilohiy komediya”dan (Abdulla Oripov tarjimasi) Italyan shoiri Franchesko Petrarka sonetlari, Renessans novellasi asoschisi Bokkachchoning “Dekameron” asari, fransuz yozuvchisi Rab- lening “Gargantyua va Pantagryuel” satirik romani, ingliz yozuvchisi To- mas Morning ideal jamiyat tasvirlangan “Utopiya”si, Shekspir “Hamlet”, “Makbet”, “Qirol Lir” kabi fojialari, Lope de Vega “G‘aramdagi it”, “Se- vilya yulduzi” singari pyesalari, Servantesning “Don Kixot sarguzashtla- ri” romani Uyg‘onish davrining keyingi bosqichlarida yaratilgan muhim asarlar sirasiga kiradi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling