Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALISHER NAVOIY HAQIDAGI BILIMLARIMIZNI UMUMLASHTIRAMIZ GURUHLARDA ISHLAYMIZ Guruhlarga bo‘lining.
MUHOKAMA QILAMIZ
1. Sizningcha, Iskandar qanday obraz? Navoiy bu obraz orqali nima- larni ifodalamoqchi bo‘lgan? Asardan bosh qahramon xarakterini ochib beradigan o‘rinlarni toping. 2. Navoiy Iskandar obrazini yaratish orqali bugungi kun uchun ham muhim bo‘lgan qanday global muammolarni qo‘yadi? 3. “Saddi Iskandariy”dan biz o‘qigan boblardagi hikoyatlar o‘rtasi- dagi g‘oyaviy uyg‘unlik nimalarda aks etadi? Siz qaysi hikoyatlardan ko‘proq ta’sirlandingiz? Nima uchun? “Saddi Iskandariy” dostoni asosida Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatrida sahnalashtirilgan “Iskandar” spektaklini tomosha qiling. Spektakldagi Alisher Navoiy va Iskandar ob- razlari talqiniga e’tibor bering. Spektakldagi Iskandar dostondagi Iskandardan qaysi jihatlari bilan farq qi- ladi? Asarga Navoiy obrazi nima uchun olib kirilgan deb o‘ylaysiz? Alisher Navoiy “Xamsa”sining Anvar Hojiahmedov tomonidan tayyorlangan nasriy bayonini o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz. ALISHER NAVOIY HAQIDAGI BILIMLARIMIZNI UMUMLASHTIRAMIZ GURUHLARDA ISHLAYMIZ Guruhlarga bo‘lining. “Xazoyin ul-maoniy”ning ikkinchi devoni – “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”) kitobiga kiritilgan ushbu g‘azalni tahlil qiling va tahlilingizni sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Alisher Navoiy “Xamsa”si qo‘lyozmasi 115 * * * To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen, Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoramen. El netib topqay menikim men o‘zumni topmanom, Bo‘ylakim ishq-u junun sahrosida ovoramen. Qaysi zaxmimg‘a qilursen chora chun men, ey rafiq, Tiyr boroni baliyatdin sarosar yoramen. Oh dudi ichra bir uchqun kibi ko‘rgan meni Bildikim, hijron tuniga kavkabi sayyoramen. Kecha o‘rtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab, Ishq aro parvonavu bulbulg‘a chun hamkoramen. Ey xarobot ahli, gar siz mast o‘lub, men bo‘lmasam, Ayb emas, nevchunki siz – mayxora, men xunxoramen. Ey Navoiy, bordi deb ahbob, ta’jil etma ko‘p, It kibi men erishib ul korvonni boramen. (“Navodir ush-shabob” devonidan, 496-g‘azal) baliyat – balo, musibat oshub – g‘avg‘o, to‘polon junun - devonalik zaxm – yara, jarohat rafiq – do‘st tiyr – kamon o‘qi boron – yomg‘ir dud – tutun kavkab – yulduz hamkora – bir xil ish qiluvchi mayxora – may ichuvchi xunxora – qon ichuvchi ahbob – do‘stlar ta’jil – shoshilish * Izoh: Aytishlaricha, uch solih yigit zolim hukmdor Daqqiyonus (Daklyonius) zamonida tog‘ sari bosh olib ketadilar. Ularga bir it ham erga shadi va hammalari g‘orga yashirinadilar. Alloh ularni zulmdan asrab, uyquga cho‘mdiradi va Daqqiyonus vafotidan keyin uyg‘otadi. LOYIHA O‘zbek va turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san’atida Alisher Navoiyning alohida o‘ringa ega ekanini qanday sabablar bilan izohlay- siz? Fikrlaringiz asosida Alisher Navoiy ijodiga xos eng muhim uch xu- susiyatni misollar yordamida ochib bering. Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi Alisher Navoiy haykali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling