Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

Navoiy ya’juj­ma’jujlarni, ularning yashash makonini tasvirlash 
uchun qanday vositalardan foydalanmoqda? Bu vositalar qay daraja­
da ya’juj­ma’jujlarni yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi?
?


106
Dedilar: “Bu tog‘ekim ul qavmi shum,
Aning ul yuzida qilurlar hujum.
Bu sori bo‘lur chog‘da sahronavard,
Qilur charx oyinasin tiyra gard.
Qachon bo‘lsa ul tiyra gard oshkor,
Bo‘lur tiyra bizlarga ham ro‘zgor”.
Dedi shah: “Qachon bo‘lg‘ay ul ish 
chog‘ig‘?”
Dedilar: “O‘tub bir necha kun dog‘i”.
Eshitgach bu so‘z dovari choraras,
Alar chorasin qilmoq etti havas.
Topib berk manzil, tusharga panoh,
Hamul marz aro qildi oromgoh.
Dedilar ul el yuz tazarru’ bila,
Janobida ushbu tavaqqu’ bila
Ki: “Bizga necha baxtdin yo‘q navo.
Nechuk ko‘rgabiz el gazandin ravog‘
Shah ar munda maskan qilur, qilmasun,
Alarni jahon ahlidek bilmasun
Ki, nogah biri etsa ul qavmning,
G‘anim o‘trusida ne yuz-u, ne ming,
Bataxsiskim yuz tuman ming balo
Ki, bu kishvar o‘lgay alardin to‘lo.
Etishgay borining boshida g‘azab,
Bori el qonin ichgani tashnalab”.
Dedi shahki: “Siz bizga qayg‘urmangiz
Va lekin bu kishvararo turmangiz.
Toshing har neyingiz bo‘lsa aylab shitob
Ki, bu mulk aro qolmasun rishtatob
Ki, Tengriga ul dam tavakkal qilay,
Alar fikrin aylay, nechukkim bilay”.
Alar chiqtilar mulkdin xonako‘ch,
Vale qilmadi shohi farzona ko‘ch.
Ular dedilar: “U shum maxluqlar 
mana bu tog‘ning narigi yuzidan 
bosib kela boshlaganlarida, sahro-
ni kezib o‘tmaslaridanoq osmon 
oyinasini qop-qora chang-to‘zon 
bosib ketadi. Qachonki shunday 
qora to‘zon ko‘rinsa, bizning ku-
nimiz ham shunday qora bo‘ladi”.
Shoh aytdi: “U ish yana qachon 
bo‘lishi mumkin?”
“Bir necha kun o‘tgandan soʻng 
yuz beradi”, - dedilar.
Tadbirli hakam bu so‘zni eshit-
gach, maxluqlarning chorasini 
ko‘rishga bel bog‘ladi. Qoʻnish 
uchun bir yopiq joy topib, o‘sha 
yerga joylashdi. U xalq yuz iltijo 
bilan shoh janoblariga dedilarki:
“Bizga baxtdan hech umid yo‘q 
ekan, boshqa kishilarning zarar-
lanishini qanday ravo ko‘ramiz? 
Agar shoh bu yerda maskan qil-
moqchi bo‘lsa, qilmasin. U ma-
xluqlarni jahon xalqidek, deb bil-
masin. Agar banogoh u qavmdan 
birontasi kelib qolsa, uning qar-
shisida yuz va ming g‘anim pisand 
emas. Xususan, bu balo yuz ming 
bo‘lib, ko‘pligidan bu mamlakatni 
boshdan oyoq bosib ketadi. Ham-
masining miyasi g‘azab bilan to‘la, 
hammasi xalq qonini ichishga 
tashnalabdirlar”.
Shoh aytdi: “Siz bizga qayg‘ur-
mangiz, lekin o‘zingiz ham bu 
o‘lkada turmangiz. Nima narsan-
giz bo‘lsa, hammasini shitob bilan 
tashib olingiz; bu mamlakatda bir 
uzuq ipingiz ham qolmasin. Ta-
vakkalni xudoga qilib, qo‘limdan 
kelgancha ularni yo‘q qilish chora-
sini ko‘raman”.
Odamlar o‘z joylaridan bud- 
shudlarini ko‘chirib ketdilar. Lekin 
qah ramon shoh ko‘chmadi.


107
Iskandar vahshiylar zulmiga qarshi qanday siyosat qo‘llamoqchi
deb o‘ylaysiz?
 
Dedi, davrig‘a qozdilar har fariq,
Ochuq xandaq, ammo bag‘oyat amiq.
Kishilar yibordiki, har marz-u bum,
Farang o‘lsun-u Rus, yo Shom-u Rum.
Nekim bo‘lsa me’mori chobukxayol,
Yana dog‘i ustodi nozukxayol.
Yana korgarlar, bori charbdast,
Balo raxnasin qilg‘udek sangbast.
Uning buyrug‘i bilan u joyning at-
rofiga bir qator ochiq va g‘oyat 
chuqur xandaqlar qazildi. Fa-
rangdanmi, Rusdanmi, Shomdan-
mi, Rumdanmi – qaysi o‘lkadan 
bo‘lmasin, o‘tkir fikrli me’morlarni, 
nozik tushunchali ustalarni, chap-
dast va baquvvat ishchilarni, tosh-
dek mustahkam balo raxnasi qura 
oladigan kishilarni topib kelish 
uchun vakillar joʻnatdi.
O‘ylab ko‘ring: 
Sizningcha, ya’juj­ma’jujlardan himoya taktikasi zamirida qanday 
g‘oya mujassam?
Mis-u ro‘y-u qal’i, birinj-u temur,
Yana qo‘rg‘oshun birla tol-u ko‘mur.
Qilib necha yuz ming teva uzra soz,
Yana necha ustodi ohangudoz.
Muhayyo qilib ehtimom aylabon,
Borin jahd ila tezgom aylabon.
Eturgaylar ul yerga borini bot,
Bori butti shoh aylagach iltifot.
Chu nekim keraklik edi, bo‘ldi rost,
Aningdekki doroyi davrong‘a xost.
Anga tegru har kun o‘zi otlanib,
Hamul tog‘ domonasin aylanib.
Solib iki ming sangburi bedarang,
Kamar uzra kesmak uchun taxta sang.
Bori zo‘rdast ichra po‘loddek,
Qotig‘ xora kesmakda Farhoddek.
Alar xorani bemadoro kesib,
Madorosiz ul tog‘da xoro kesib.
Mis, qalay, birinj (bronza), temir, 
qo‘rg‘oshin va tol ko‘mirgacha 
tayyorlab, ularni necha yuz ming 
tuyalarga ortib va qancha temir eri-
tuvchi ustalarni topib – muhayyo 
qilib, g‘ayrat bilan hammasini tez 
va jadal bu yerga yetkazishlari 
kerak edi. Xuddi shunday bo‘ldi: 
hamma ish davron shohi buyur-
gandek bajarildi va tayyorlandi. 
Ungacha har kuni shohning o‘zi 
otlanib, u tog‘ etaklarini ko‘zdan 
kechirib kelar edi. Ikki ming tosh-
kesar usta sur’at bilan tog‘ orasi-
dagi yaxlit toshlarni kesishga ki-
rishdi. Ularning har birining qo‘li 
po‘latdek kuchli, qattiq toshlarni 
kesishda Farhoddek zabardast 
edi. Ular bu tog‘dagi toshlarni tin-
may-tinchimay kesar edilar. 
G‘ov solish – sad bog‘lash uchun 
shu qadar ko‘p asbob-uskuna 
yig‘ildiki, ularning qanchaligini bi-
lishga aql ojizlik qilar edi. Nimaiki 
kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo 
qilingach, xuddi kutib turgandek,

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling