Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
Tahlil qiling:
Forstojik adabiyotining yuqorida keltirilgan namunalarida qanday o‘ziga xosliklarni kuzatdingiz? Forstojik va o‘zbek mumtoz adabiyotining o‘zaro ta’siri nimalarda kuzatiladi? “Shohnoma”ning XV asrda Amir Temur nevarasi Boysunqur Mirzo uchun ko‘chirilgan nusxasiga ishlangan miniatyura 119 Musulmon Sharqi adabiyotida bo‘lgani kabi, o‘rta asrlar xitoy va yapon adabiyotida ham she’riy janrlar ye- takchilik qildi. VII-X asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan Tang sulolasi davri xitoy she’riyatining oltin davri hisob- lanadi. Inson va tabiat, sevgi va do‘stlik singari insonga xos tuyg‘ular, zamon adolatsizliklariga qarshi isyon bu davr she’riyatining mavzulari ko‘lamini tashkil qildi. Jimir-jimir oqqan suvda Kuzgi to‘lin oy. Janubdagi ko‘lda orom, Sukut va chiroy. Nilufar-chi menga mungli Bir gap demoqchi. Balki mening koʻnglimga ham Mung to‘ldirmoqchi. VIII asr shoiri Li Bo (Mirtemir tarjimasi) Yapon adabiyotining dastlabki namunalaridan biri – “Manyosyu” (“Barglar guldastalari to‘plami”, VIII asr) VII-VIII asrlarda yaratilgan she’riy asarlarni o‘z ichiga oladi. Bu to‘plamda yapon she’riyatining o‘ziga xos janri – besh qator, 31 bo‘g‘indan iborat tanka namuna- larini ham uchratish mumkin. Keyinchalik yapon ijod- korlari yana bir o‘ziga xos she’riy janr – uch qatordan iborat xokku ixtiro qilishdi. Bunday she’rlarda shoir tabiatning ayni manzaralarini muhrlas- hga harakat qiladi. So‘ldi chechaklarning Alvon ranglari… Umrim ham shundayin qisqa bo‘lajak! Ko‘zim yummay boqaman uzoq, Nigohim ham yomg‘irday uzun. IX asr shoirasi Ono Komati (Xurshid Davron tarjimasi) Shoxdan shoxga uchadi Ohista marjon tomchi. Bahoriy yomg‘ir. XVII asr shoiri Matsuo Basyo (Xurshid Davron tarjimasi) Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling