Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ylab ko‘ring
O‘ylab ko‘ring:
Hukmdor sulolalarning muntazam almashishi, o‘lkadagi qonli ku rashlarning ilmfan rivoji va ma’naviy hayotga salbiy ta’sirini qanday izohlaysiz? XIV asrdan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr adabiyoti asosan liri- ka (she’riyat) yetakchilik qilgani bilan ajralib turadi. Bu davrda mumtoz adabiyot vakillari lirik turning g‘azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, fard, muxam- mas singari poetik janrlarida faol ijod qildilar. Mumtoz adabiyotning bu go‘zal namunalari hozirgi kunda ham xalqimiz tomonidan sevib o‘qiladi, ular asosida kuylangan qo‘shiqlar esa milliy madaniy merosning bebaho mulkiga aylangan. O‘ylab ko‘ring: Bu davr adabiyotida lirikaning yetakchilik qilgani sabablari nimada bo‘lishi mumkin? O‘zbek mumtoz so‘z san’atining eng gullagan davri Temuriylar hukm- ronligi davriga to‘g‘ri keladi. Temuriy shahzodalar orasida adabiyotga, san’atga yaqin kishilar ko‘plab davr ijodkorlariga homiylik qilib, o‘lkadagi madaniy hayotning taraqqiy etishiga ulkan hissa qo‘shdilar. Lutfiy, Atoyi, 87 ? Sakkokiy singari ulug‘ allomalar, shoirlar ijodiy merosi, “Suhayl va Gul- dursun” (Sayfi Saroyi), “Muhabbatnoma” (Xorazmiy), “Gul va Navro‘z” (Lutfiy yoki Haydar Xorazmiyga nisbat beriladi) “Yusuf va Zulayho” (shoir Durbekka nisbat beriladi) kabi yirik asarlar o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi bosqichga olib chiqdi. XV asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek mumtoz adabiyotining yuk- salishi Alisher Navoiy nomi bilan ham bog‘liq. Navoiy do‘sti Husayn Boyqaro va boshqa mashhur zamondoshlari – adabiyot va san’atning benazir vakillari bilan hamkorlikda davr adabiyoti, san’ati, madaniyati va ma’naviyatining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Navoiy yaratgan asarlar nafaqat o‘z davri, balki butun o‘zbek va jahon adabiyotining be- takror javohiriga aylandi hamda keyingi davr adabiyoti taraqqiyoti uchun zamin yaratdi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling