Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

!
YUSUF XOS HOJIB 
(XI ASR)
Mavzuni oʻrganish jarayonida:
– “Qutadg‘u bilig” asarining g‘oyaviy yoʻnalishlarini tahlil 
qilamiz.
Eslang: 
X­XI asrlarda Markaziy Osiyo hududi qaysi davlat(lar) tarkibiga kir­
gan? Bu davlat(lar)da qanday ijtimoiy­siyosiy vaziyat hukm surgan?
Tarixiy davr
XI asrda Qashqardan (Sharqiy Turkiston, 
hozirgi Xitoyning Sinzyan-Uyg‘ur muxtor rayoni) 
Amudaryogacha bo‘lgan katta hudud Qoraxo-
niylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davlat yago-
na markazlashgan hokimiyatga ega bo‘lmay, bir 
qancha mayda hokimliklarga bo‘lingan va ular 
o‘rtasida ichki nizolar avj olgan edi. Shunga qa-
ramasdan, bu davrda binokorlik ishlari amalga 
oshirildi, hunarmandchilik va ilm-fan rivojlandi. 
Turkiy tildagi yozma adabiyotning bizgacha yetib 
kelgan dastlabki namunalari yaratildi. 
Muallif haqida 
Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillarida Qoraxoniylar davlatining 
g‘arbiy poytaxti Quz O‘rdi (Bolasog‘un) shahrida (hozirgi Qirg‘iziston 
hududi) tug‘ilgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha 
oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ko‘p shaharlarga 
sayohat qilgan. 1070-yillarda “Qutadg‘u bilig” asarini tugatib, Qash-
qar hukmdori Tavg‘ach Bug‘raxon binni Arslonxonga taqdim etadi. 
Bu xizmati uchun 
unga “Xos Hojib” 
(eshik og‘a si) un-
voni beriladi.
Yusuf Xos Hojib 
Qirg‘iziston milliy 
valyutasida


79
!
“Qutadg‘u bilig” asari 
“Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asari turkiy yozma ada-
biyotdagi ilk badiiy doston bo‘lib, didaktik (pand-nasihat) yoʻnalishda 
yozilgan. Unda muallifning davlatni boshqarish, turli tabaqa vakillarining 
davlatdagi o‘rni, insoniy munosabatlar, odob-axloq haqidagi fikrlari to‘rt 
obraz suhbatlari orqali bayon qilinadi:
– Kuntug‘di – adolatli hukmdor;
– Oyto‘ldi – halolligi va aqli tufayli cho‘ponlikdan vazir darajasiga 
ko‘tarilgan inson;
– O‘gdulmish (“aql bilan ziynatlangan”) – Oyto‘ldining dono o‘g‘li, 
otasidan keyin saroyda uning o‘rnini egallaydi;
– O‘zg‘urmish (“hushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi”) – O‘gdulmish-
ning tarki dunyo qilgan donishmand qarindoshi.
Tahlil qiling: 
“Qutadg‘u bilig” muqaddimasida bayon qilinishcha, kitob asosida to‘rt 
narsa yotadi: adolat, davlat, aql va qanoat. Sizningcha, asardagi to‘rt ob­
razdan (Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘gdulmish, O‘zg‘urmish) har biri nimaning 
timsoli bo‘lib xizmat qiladi?

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling