Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
O‘ylab ko‘ring:
XI–XII asrlardagi davlat va jamiyatning didaktik asarlarga ehtiyojini qanday sabablar bilan izohlaysiz? Ancha avval yozilgan bilim qadri va til ofatiga oid fikrlar bugungi kunga qay jihatdan bog‘liqligini hayotiy misollar bilan izohlang. O‘zbek adabiyoti tarixining taraqqiyoti yoki tanazzulga yuz tutishi muayyan davrning siyosiy. ijtimoiy va madaniy hayoti bilan bog‘liq. XIII asrda Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyoga bosqi- ni va o‘lkada olib borgan shafqatsiz siyosati sabab adabiyot, san’at, madaniyat ma’lum ma’noda inqirozga yuz tutdi. Mavjud adabiy-ma- daniy yodgorliklar, noyob qo‘lyozma manbalar, kitoblar mustamlaka- chilar tomonidan yo‘q qilindi, o‘lkadagi fozillar, ilm egalari, san’at va madaniyat vakillari halok bo‘ldilar, asir olindilar yoki mo‘g‘ullar zul- midan Hindiston, Eron, Turkiya, Misr singari mamlakatlarga qochib, musofirlikda ijod qilishga majbur bo‘ldilar. Masalan, turkiy adabiyotda tasavvufiy g‘oyalari aks etgan “Masnaviyi maʼnaviy”, “Fihi mo fihiy” (“Ichindagi ichindadur”) nomli asarlari bilan mashhur bo‘lgan Jalo- liddin Rumiy o‘z yurtidan qochib avval Misr, keyinchalik Turkiyadan qoʻnim topdi. Keyinchalik, XIII arning oxiri – XIV asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrda Nosiruddin Rabg‘uziy, Pahlavon Mahmud kabi ijodkorlar betak- ror asarlar yaratib, o‘z ijodiy me’rosi bilan adabiy tanazzul bo‘shlig‘ini to‘ldirdilar va adabiyot tarixining oltin sahifalaridan joy oldilar. Xususan, Rabg‘uziy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib Qur’oni Karim, hadislar va xalq og‘zaki ijodiga tayanib, hikoyat va rivoyatlar uyg‘unligi- da “Qisasi Rabg‘uziy” asari yaratilgan. ? 77 ! Tahlil qiling: Chingiz mustamlakasining madaniy yodgorliklarni yo‘q qilishdan maqsadlari nima edi? Adabiy tanazzul va uning oqibatlarini yana qaysi davrlarda uchratish mumkin? LOYIHA Guruhlarga bo‘lining. Birinchi guruh. VII asrdan XIII asrga qadar bo‘lgan davr adabiy hayotidagi bir muhim hodisani tanlang va tarixchi- kuzatuv chi shaxs si- fatida tahliliy esse yozing. Ikkinchi guruh. XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmiga qadar mav- jud ijtimoiy-siyosiy va adabiy hodisa haqida matbuot yoki internet sayti uchun maxsus tahliliy reportaj tayyorlang. Har ikki topshiriqni bajarishda boshqa fanlardan olgan bilimlaringiz va hayotiy tajribangiz ham muhim ekanini unutmang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling