Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
Tahlil qiling:
“Devonu lug‘atit turk”dan olingan ushbu parchalarda qanday tabiat hodisalari tasvirlangan? Muallif nima uchun aynan shu hodisalarni mu nozara uchun asos qilib olgan? Ularda turkiy xalqlarning badiiy tafakku riga xos qanday xususiyatlarni kuzatish mumkin? O‘zbek qahramonlik dostonining yorqin namunasi “Alpomish” ham, ayrim mutaxassislar fikricha, X–XI asrlarda ko‘chmanchi- chorvador qoʻng‘irot qabilasi orasida Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yaratilgan. Unda Alpomishning sevgan yori Barchinga yetishish, qaynotasi Boysarini qutqarish va o‘z oilasi, o‘z qo‘rg‘onini dushmanlardan himoya qilish yo‘lida ko‘rsatgan qahra- monliklari orqali mardlik, vatanparvarlik, sevgi va sadoqat g‘oyalari tarannum etiladi. XII asrdan boshlab Markaziy Osiyoda ilk tasavvufiy qarashlar – insonning komillikka erishish yo‘llari haqidagi ta’limotlar paydo bo‘la boshladi. Xususan, yassaviya tariqatining, ilk tasavvuf she’riyatining asoschisi Ahmad Yassaviy o‘zining “Devoni hikmat”ida islom dini- ning asosi hisoblangan mehr-oqibat, ruhiy kamolot, iymon, e’tiqod, nafs, sabr-toqat kabi mavzularni tahlil qiladi. U zamondoshlarini mehrli bo‘lishga chaqiradi, nafs yo‘lida mojarodan charchamay- digan aka-ukalardan, mehr-muruvvatni unutgan ota-onadan ranjiy- di, inson zotining axloqsizliklaridan azoblanadi. Uning tili sodda va ravon hikmatlarida bugungi kun uchun ham o‘ta dolzarb mavzular ko‘tarilgan. * * * Na onoda rahm qoldi, na otoda, Og‘o, ini bir-biriga mojaroda. Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda, Mastlig‘ bilan qarindoshdin tondi, ko‘rung. * * * Ayo oshiq, kecha-kunduz Haqni izla, Zohir yurub, botiningda Arshni ko‘zla. Hikmat o‘qub oyat-hadis so‘zin so‘zla, Xazon yanglig‘ qizil yuzi so‘lmas bo‘lur. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling