Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- * * * Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati, uning hayotidagi muhim nuqtalar ma’lum darajada akslanadi. Badiiy matn tahlilida qo‘llaniladigan yana bir – biografik metodda
Tahlil qiling:
Sizningcha, she’r nima haqida? She’rni o‘qishda qanday manzarani ta savvur qildingiz? Shoir “yerda diydirab yotgan ko‘saklar” orqali qanday g‘oyani ilgari surmoqda? XX asr boshlarida paydo bo‘lgan jadid (yangi) adabiyotini ijtimoiy tah- lillarsiz anglash mumkin emas. Chunki bu davr adabiyoti mustamlaka- chilikka qarshi kurash tuyg‘usi bilan yо‘g‘rilgan siyosiy-ijtimoiy g‘oyalar asosiga qurilgan. Cho‘lponning yuqoridagi to‘rtligida, bir qarashda, tabiat lirikasiga xos badiiy tasvirni kuzatamiz. Holbuki, xalqning rizqi-ro‘zi, dehqonlarning mashaqqatli mehnati samarasi bo‘lgan behisob ko‘saklarning yer bilan bitta bo‘lib yotishini ko‘rgan paxtakor qishni “nomard” deyishini ham tabiiy holat deb qabul qilamiz. Lekin Cho‘lpon yashagan davr voqeala- ri – Turkistonning bolsheviklar tomonidan mustamlaka qilinishi, xalqning ? 5 ikki tomonlama (mahalliy amaldorlar va mustamlakachilar) zulmidan ezi- lishi, milliy ozodlik harakatlaridan xabardor o‘quvchi uning tagma’nolari- ni taftish etish orqali undagi ijtimoiy mazmunni anglashga harakat qiladi. Ya’ni, yerdagi ko‘saklarning diydirab yotishi shunchaki joʻn holat emas- ligiga, Cho‘lpon “qora qish”ni “qora o‘lka”ga o‘xshatish orqali so‘zlarga ramziy ma’no yuklaganiga e’tibor qaratadi. She’r davr voqealari kontek- stida (ijtimoiy metodda) tahlil qilinganda ko‘saklarning bemavrid xazon bo‘lishi o‘lkaning qora kunlar girdobida qolishiga mushtarakligiga oid ijti- moiy-g‘oyaviy haqiqatlar oydinlashadi. Chindan ham yuqoridagi an’ana- viy she’riyatda kam uchraydigan, o‘ziga xos tasvir vositasi orqali shoir she’rning ta’sirchanligini, ifoda qudratini kuchaytirishga muvaffaq bo‘lgan. * * * XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan ingliz adibi Jona- tan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” romanidan parchani o‘qing. Unda bosh qahramon dengizchi Lemyuel Gulliver tushib qolgan mitti odam- chalar (liliputlar) o‘lkasidagi Liliputiya va Blefusku davlatlari o‘rtasidagi urush sabablari bayon qilingan. Mazkur parchani ijtimoiy tahlil metodi yordamida tahlil qiling. Tuxum- ni uchidan yoki poynagidan sindirish mojarosi orqali muallif o‘z davriga xos qanday muammolarni ko‘targan deb o‘ylaysiz? Mana, o‘ttiz olti qamar yildan beri bu buyuk davlatlar o‘zaro qattiq urush olib boradi. Bunga quyidagi voqea sababchi bo‘lgan. Hammaga ma’lumki, qadim zamonlardan beri pishgan tuxumlarni poynak tomonidan sindirish rasm bo‘lib qolgan. Nima bo‘ladi-yu, hozirgi imperatorimizning bobosi hali go‘dak paytida uning nonushtasiga pishgan tuxum berishadi. Bola tuxumni qadimiy odatga ko‘ra sindirayotib, barmog‘ini kesib oladi. O‘shanda uning otasi – imperator o‘z fuqarolariga, aks holda qattiq jazo berajagini eslatib, tuxumni uch tomonidan sindirish haqida farmon beradi. Bu farmon aholining shunaqayam g‘azabini qo‘zg‘atganki, yilnoma- larda yozilishicha, yetti marta qo‘zg‘olon ko‘tarilgan, natijada bir impe- rator o‘lgan, boshqasi tojidan mahrum bo‘lgan. Blefusku hukmdorlari bu qo‘zg‘olonlarni avj oldirishgan, qo‘zg‘olon qatnashchilarini o‘z mam- lakatlarida yashirishgan. Tuxumni uchidan sindirishdan bosh tortgani uchun oʻn bir ming fanatik o‘lim jazosiga hukm qilingan. Mana shu ma- salaga bag‘ishlab, yuzlarcha tom kitoblar yozilgan. Biroq poynakchilar tarafdorlarining kitoblari allaqachonlar man etilgan, partiya esa davlat lavozimlarini egallashdan mahrum etilgan. ... Surgun qilingan poynakchilar Blefusku imperiyasida ishonchli bos- hpana topishdi. Bora-bora ular imperatorga shunday ta’sir o‘tkazishdiki, u bizning davlatimizga urush e’lon qilishgacha borib yetdi. Urush o‘ttiz olti qamar yildan beri davom etmoqda, ammo bir-biriga dushman to- monlardan birontasi ham uzil-kesil g‘alaba bilan maqtana olmaydi. Shu muddat ichida biz qirqta katta harbiy kema va o‘ttiz ming eng yaxshi dengizchilari bilan juda ko‘p mayda kemalarni yo‘qotdik. Aytishlaricha, 6 dushman bizdan ham ko‘ra ko‘proq talafot ko‘rgan. Biroq, shunga qa- ramay, dushman yangi flotni shayladi, bizning territoriyamizga desant tushirishga hozirlik ko‘rmoqda. Jonatan Svift, “Gulliverning sayohatlari” romanidan * * * Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati, uning hayotidagi muhim nuqtalar ma’lum darajada akslanadi. Badiiy matn tahlilida qo‘llaniladigan yana bir – biografik metodda asar ijodkor shaxsi, uning biografiyasi bilan bog‘lab tahlil qilinadi. Bu matnga yuklangan mazmunni oydinlashtirish- da, asarning yaratilish tarixi bilan bog‘liq faktlarni aniqlashda va asar- dagi ijodkor shaxsiyati, hayotiga daxldor muhim detallarni tushunishda yaxshi samara beradi. Misol uchun, ayrim tadqiqotchilarning fikricha, fransuz adibi Antuan de Sent Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asa- ridagi bosh qahramonning atirgul bilan munosabatlarida Ekzyuperining rafiqasi Konsuelo bilan murakkab munosabatlari aks etgan. Ayrim holatlarda badiiy asarga turli xil tahlil metodlari vositasida yon- dashish asarning turli talqinlarini yuzaga keltiradi. Masalan, Cho‘lpon- ning 1922-yilda yozilgan “Aldanish” she’ri ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan tahlil qilinib, turli xil va ayni paytda rang-barang xulosalarni keltirib chiqargan. Besh yillik yonishim bir yil uchunmi? Erkalab o‘tkuvchi bir yel uchunmi? Ko‘zimga ko‘ringan sarobmi edi? Men shunga aldanib tog‘larmi oshdim? Sevgimning bog‘chasi xarobmi edi? Shu bog‘cha ichida yo‘lmi adashdim? Nega men sezmadim? O‘t emasmidi? Shul o‘t ichida men emasmidim? Ka’bamga osilgan but emasmidi? Butni Tangri degan men emasmidim? Oh, endi bildimki, barchasi xayol, Barchasi bir totli rohat tush ekan. Ket, yo‘qol, ko‘zimdan, haqiqat yo‘qol Bag‘rimga botmoqda og‘uli tikan. Bir guruh olimlar mazkur she’rni ijtimoiy tahlil metodi asosida – shoir yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog‘lab tahlil qiladi. Ularning fikricha, Cho‘lpon 1917-yildagi inqilobdan millat kelajagi uchun ijobiy natijalar kutgan, lekin besh yil ichida orzulari sarobga, “xayol”ga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling