Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qutadg‘u bilig”da davlat boshqaruvi
- “Qutadg‘u bilig”da ilm-fan
?
85 LOYIHA Kichik guruhlarda ishlang. Quyida berilgan yoʻna- lishlardan birini tanlang. Asarning tanlangan yoʻnalis- hga mos boblari asosida taqdimot tayyorlang. Taqdi- motingizda quyida berilgan savollarga alohida e’tibor bering. Tayyorlanish jarayonida asarning hozirgi o‘zbek tilidagi to‘liq matni (Cho‘lpon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2007-yil) va boshqa manbalardan foy dalaning. “Qutadg‘u bilig”da davlat boshqaruvi Yusuf Xos Hojib jamiyatni ijtimoiy tabaqalarga ajratish da nimalarga e’tibor qaratadi? Har bir tabaqaga xos xususiyatlar nimalardan iborat? Asarda ilgari surilgan qaysi g‘oyalar bugungi boshqaruv tizimi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi? Qaysi fikrlar esa bugungi kun talabiga javob bermasligi mumkin? “Qutadg‘u bilig”da ilm-fan Dostonda ilm-fan va adabiyotning ahamiyati haqida qanday fikrlar ilgari surilgan? Muallif ilmning qaysi sohasini alohida ajratib ko‘rsatadi? Nima uchun? “Qutadg‘u bilig”da odob-axloq Muallif turli hayotiy vaziyatlarda (masalan, farzand tug‘ilganda, ziyo- fatda) o‘zini tutish bo‘yicha qanday maslahatlar beradi? Bu maslahatlar- ni qay darajada bugungi kun uchun ham tatbiq qilish mumkin? 86 ! ? ? O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI: XIV ASRDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA Mavzuni oʻrganish jarayonida: – XIV – XIX asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlariga xos xususiyatlarni tahlil qilamiz; – mumtoz adabiyotning g‘oyaviy yoʻnalishlari va janrlar ta- komilini tadqiq qilamiz. Eslang: XIV–XX asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududida qanday davlatlar mavjud bo‘lgan? XIV asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrda Markaziy Osiyo siyosiy va ijtimoiy hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. XIV-XVI asrlarda markazlashgan Temuriylar davlati o‘lkada ilm-fan, madaniyat va san’atning gullab-yashnashi uchun zamin yaratgan bo‘lsa, keyingi dav- rlardagi siyosiy tarqoqlik, sulolalarning tez-tez almashishi va ular o‘rta- sidagi nizolar ilm-fan va madaniyat rivojiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling