Adabiyot toshkent – 2022 10
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil qiling
Tahlil qiling:
Dostonning asosiy voqealari bayonida Iskandarga xos qanday sifatlar ni kuzatish mumkin? Navoiy bosh qahramonga bu xususiyatlarni sing dirish bilan qanday maqsadlarni ko‘zlagan deb o‘ylaysiz? ! 96 SADDI ISKANDARIY (dostondan parchalar) XXV Iki jahondor muxolafatidin jahon ahli xirmanig‘a balo barqi etgani va iki yor muvofaqatidin ul tutashqon o‘tqa rahmat yomg‘uri yog‘ib, shu’lasin past etgani. Mazmuni: Ikki jahondor kelishmovchiligidan jahon ahli xirmoniga balo chaqini tushgani va ikki do‘st ittifoqligidan u yongan o‘tga rahmat yomg‘iri yog‘ib, urush alangasini soʻndirgani. Eshittimki, Chingiz-u Xorazmshoh, Adovatqa chun bo‘ldilar kinaxoh. Buzuldi jahon ulcha maqdur erur, Netay sharhin aytib, chu mashhur erur. Eshitishimcha, Chingiz va Xorazm- shoh bir-biri bilan dushmanlik urushi- ni boshlagan ekanlar. Qudratlari yet- gancha jahonni buzdilar. Bu ham- maga ma’lum va mashhur bo‘lgani uchun sharhini yozib o‘tirmayman. Eslang: Chingizxon kim edi? Tarixda Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasidagi ixt iloflar qanday dahshatli oqibatlarga sabab bo‘lgan? Hamonoki Chingiz topib zafar, Aning mulkini qildi zer-u zabar. Ne kishvar arokim maqom ayladi, Chekib tig‘i kin, qatli om ayladi. Tushub mavjg‘a bahri jabborliq, Ayon aylabon mavji qahhorliq. Ato o‘g‘lig‘a yig‘labon: “hoy-hoy!” Qizig‘a ano tortibon: “voy-voy!” Hayot uyiga marg solib xalal, Amon raxnasin mahkam aylab ajal. Bu jangda Chingiz zafar qozonib, Xorazm o‘lkasini ostin-ustin qilib tashladi. Qaysi shaharni qo‘lga ki- ritgan bo‘lsa, u yerdagi odamlarning hammasini tig‘dan o‘tkazdi. U zulm dengizini mavjlantirib, qahr-u g‘azabini avjga chiqazdi. O‘lim kishilarning hayot uyiga kirish- lariga to‘sqinlik qilar, ajal esa omon- lik yo‘lini bekitib tashlagan edi. Tahlil qiling: Chingizxonning zulmini tasvirlash uchun shoir qanday o‘xshatish va me taforalarni qo‘llagan? Bu tasvir vositalari misralar g‘oyasini ochishda qan day ahamiyat kasb etmoqda? Nasriy bayoni (Inoyat Maxsumov nusxasi asosida Mavjuda Hami do- va to‘ldirib nashrga tayyorlagan) Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling