Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

O‘ylab ko‘ring:
“Inson urush uchun emas, tinchlik uchun, xursandchilik uchun, bar­
cha ne’matlardan bahramand bo‘lish uchun yaratilgan”, – deb yozgan 
edi Uyg‘onish davri vakili Fransua Rable. Gumanizm g‘oyalari Uyg‘onish 
davri adabiyoti uchun asos bo‘lib xizmat qilganini qanday sabablar bilan 
izohlash mumkin? 
LOYIHA
2002-yilda Norvegiya Kitob klubi Norvegiya Nobel 
instituti bilan hamkorlikda jahon adabiyotining turli dav-
rlarda yaratilgan eng muhim 100 namunasini o‘z ichiga 
olgan “Jahon adabiyoti” ro‘yxatini tuzdi. 
Kichik guruhlarda ishlang. “Jahon adabiyoti” ro‘yxa-
tini o‘rganib chiqing. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan o‘rta as-
rlar va Uyg‘onish davri adabiyoti namunalaridan birini 
tanlang. Tanlagan asaringizga oid mavjud manbalar 
asosida taqdimot tayyorlang. Taqdimotingizda siz tan-
lagan asarning ushbu ro‘yxatga kiritilishi sabablarini 
izohlashga harakat qiling.
Siz mazkur ro‘yxatga o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri adabiyotining 
qaysi namunasini kiritgan bo‘lardingiz? Nima uchun?
?


122
MIGEL DE SERVANTES SAAVEDRA (1547–
1616): “DON KIXOT SARGUZASHTLARI”
ROMANI
Mavzuni oʻrganish jarayonida:
– “Don Kixot” romanining asosiy obrazlarini va unda ilgari suril-
gan g‘oyalarni tahlil qilamiz.
Tarixiy davr
XVI-XVII asrlar “Ispaniyaning oltin 
davri” deb ataladi. Bu davrda yevropa-
liklar yangi qit’alar va dengiz yo‘llarini 
kashf qilib, yangi kashfiyotlarni amalga 
oshirdilar. Ispaniya hududi ancha ken-
gayib, ayni paytda uning boshqa Yev-
ropa davlatlariga ta’siri ham kuchaydi. 
“Yangi dunyo” – Amerika qit’asidan 
kumush, oltin, tamaki, ziravorlar kabi 
mahsulotlarning olib kelib sotilishi Ispa-
niya qiroli g‘aznasiga katta daromad 
keltirardi. Savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi 
va yengil sanoat rivojlandi. Bu davrda 
Yevropa tillaridan birinchi bo‘lib ispan 
tilining grammatikasi chop etildi, ispan 
me’morchiligi, adabiyoti va san’atining 
nodir namunalari yaratildi. 
Muallif haqida
Migel de Servantes Saavedra 1547-yilda Madrid yaqinida zodagon oila-
da tug‘ildi. Taxminlarga ko‘ra, u iyezuitlar (katolik ruhoniylari) kollejida tahsil 
olgan, biroq oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli o‘qishini davom ettira ol-
magan. 1570-yillarda u Ispaniya armiyasiga qo‘shiladi va usmonli turklarga 
qarshi olib borilgan urushda qatnashib, yaralanadi. Ispaniyaga qaytayotga-
nida kemaga jazoirlik qaroqchilar hujum qiladi va yozuvchi umrining besh 
yilini Jazoirda tutqunlikda o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Xayriya jamoasi to‘la-
gan mablag‘lar evaziga ozod qilingan Servantes Ispaniyaga qaytib, turli ish-
lar bilan shug‘ullanadi, biroq muhtojlikda hayot kechiradi. Servantes faoliyati 
davomida bir qancha she’rlar, novellalar va pyesalar yozdi, biroq bu asarlar 
unga shuhrat keltirmadi. Uning nomini jahon adabiyoti tarixiga muhrlagan 
asar ikki qismdan iborat “Don Kixot sarguzashtlari” romani bo‘ldi. 
Uyg‘onish davrining eng katta me’moriy 
obidalaridan biri – ispan qirollarining
“El Escorial” saroyidagi kutubxona


123

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling