Adabiyot toshkent – 2022 10


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1738297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
www.idum.uz adabiyot 10 uzb 2022 (1)

O‘RTA ASRLAR
ADABIYOTI: 
V–XVI ASRLAR


72
To‘nyuquq bitiktoshi
XIX asr oxirida Shimoliy
Mo‘g‘ulistonda topilgan.
O‘rxun yozuvida bitilgan “Irq bitigi” (IX-X asrlar) 
qadimgi turkiylarning o‘ziga xos turmush tarzi, 
yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari aks 
etgan muhim manba hisoblanadi.
O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI:
VII ASRDAN XIV ASRNING
BIRINCHI YARMIGACHA
Mavzuni oʻrganish jarayonida:
– qadimgi turkiy adabiyotning paydo bo‘lishi va unga xos 
xususiyatlarni tadqiq qilamiz;
– XII–XIV asrlar o‘zbek so‘z san’atining mavzu-mundarijasi 
va g‘oyaviy yoʻnalishlarini tahlil qilamiz.
Turkiy adabiyotning dastlabki namunalari ham 
xalq og‘zaki ijodi (folklor) shaklida paydo bo‘lgan. 
Boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi, miflar xalq og‘za-
ki ijodining muhim qismi bo‘lib, ularda qadimgi 
turkiylarning olam va odam yaratilishi haqida-
gi qarashlari ifodalangan. 
O‘rxun–Enasoy yodgorliklari eng 
qadimgi turkiy yozma adabiyot namu-
nalaridan bo‘lib, ular turkiylarning tili, 
urf-odatlari, madaniyati, tarixi va islom-
dan oldingi diniy qarashlarini o‘rganish uchun muhim 
manba bo‘lib xizmat qiladi. “O‘rxun–Enasoy yodgor-
liklari” nomi ostida Sibirdagi Yenisey va Lena da-
ryolari havzalaridan tortib Markaziy Osiyo va 
Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan katta hududda 
topilgan tosh bitiklari tushuniladi. Bu bitiklar 
runiy yozuvida yozilgan bo‘lib, ulardan eng 
yiriklari VIII asrda Turk xoqonligini boshqar-
gan Bilga xoqon va Kultigin hamda Turk 
xoqonligida maslahatchi bo‘lgan Toʻnyuquq 
haqida hikoya qiladi.


73
Turkiy xalqlar yashagan hududlarga islom dini kirib kelgandan keyin 
nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy va madaniy hayotda ham katta o‘zgarish-
lar ro‘y berdi. Din bilan birga arab yozuvi ham kirib keldi va XX asrgacha 
barcha ilmiy va adabiy yodgorliklar shu yozuvda bitildi. O‘z davrining 
eng yirik davlatlaridan biri bo‘lgan Arab xalifaligida ilm-fan, adabiyot 
va san’at rivojlandi. Tarixga “Islom oltin davri” yoki “Musulmon Re-
nessansi” nomi bilan kirgan bu davrda bizning ajdodlarimiz ham du-
nyoviy va diniy bilimlar ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Xususan, 
IX asrda yashagan Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriy Muhammad 
s.a.v.ning sahih (ishonarli) hadislarini to‘plab, “Al jomi’ as-sahih” (“Is-
honarli to‘plam”) va “Al-adab al-mufrad” (“Odob durdonalari”) kitobla-
riga jamladi. 
Eslang:
“Musulmon Renessansi” davri vakili bo‘lgan buyuk ajdodlarimizdan 
yana kimlarni bilasiz? Ular ilm­fan rivojiga qanday hissa qo‘shishgan?
IX–XII asrlarda turkiylarning yirik va kuchli Qoraxoniylar davlatida 
san’at, madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi, uning tarkibidagi Buxoro, Sa-
marqand, Shosh va Qashqar kabi shaharlar esa dunyoning eng mash-
hur ilm-fan egalari, olim-u fozillar, donolar, faylasuflar markaziga aylandi. 
Mamlakatdagi bunday ijodiy muhit Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib 
kabi buyuk shaxslarning, madaniyat vakillarining yetishib chiqishida o‘zi-
ga xos ahamiyat kasb etdi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy adabiyot olamida 
“Devonu lug‘atit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) nomli, turkiy tillar haqi-
dagi qomusiy asari bilan tanildi. Asar arab tilida yozilgan bo‘lib, unda 
XI asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va G‘arbiy Xitoy hududida 
yashagan turkiy xalqlarning tili, tarixi, geografiyasi, ijtimoiy ahvoliga oid 
qimmatli ma’lumotlar, maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, she’riy parcha-
lar keltirilgan. Bir-biriga qarama-qarshi hodisa yoki tushunchalar tasviri 
asosiga qurilgan munozara janrining dastlabki namunalarini ham aynan 
“Devonu lug‘atit turk”da kuzatish mumkin. 
* * *
Keldi esin esnayu,
Qorqa tugal usnayu,
Ko‘rdu bo‘dun qusnayu,
Qara bulut ko‘krashur.
Turlug‘ chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi.
Uchmaq yeri ko‘ruldi,
Tumlug‘ yana kelgusuz. 
* * *
Shamol esib keldi,
Qor havosiga o‘xshab,
El tish qoqib uyga kirdi,
Qora bulut qichqiradi.
Turfa chechak ochildi,
Ipak gilam yoyildi.
Jannat yeri ko‘rindi,
Sovuq endi kelmaydi. 
!


74
Qish yay bila to‘qushti,
Qing‘ir ko‘zun baqishti.
Tutushqali yaqishti,
Utg‘alimat o‘g‘rashur. 
Qish yoz bilan to‘qnashdi,
Yomon ko‘z bilan qarashdi.
Bir-birini tutish uchun yaqinlashdi, 
Yengishni istar edi. 

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling